O'zbekiston tarixi
0‘shajoyda, 182-183-betlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘shajoyda, 182-183-betlar. 134 imzolanadi. Shu orada Madaminbek Toshkentdagi milliy mujohid rahbarlari, ziyolilar bilan ham ko„rishib, o„zaro fikrlashib oladi. Madaminbek Toshkentdan Farg„onaga sog„-salomat qaytdi, Qizillaming vakillari, G.V.Zinovev ham Marg„ilondan Toshkentga kuzatib qo„yildi. Madaminbek Skobelev shahridagi sobiq gimnaziya maktabi yonboshidagi katta butxona maydonida istiqlolchi kuchlami to„playdi. U baland minbarga chiqib, xaloyiqqa qarata nutq so„zlaydi. Toshkentga borib Sho„ro vakillari bilan so„zlashib, sulh haqida shartnoma tuzilganligini, uning mazmunini eshittirish uchun xalqni bu joyga to„plaganligini aytadi. U xalqqa qarata bunday deb murojaat qiladi: «...Ey birodarlar! Ey xaloyiq! Bilingizlarki, mulk Ollohning mulkidir, istag„onida olur, xohlaganig„a berur. Ma‟lumlaringizdurki, Nikolay taxtidan tushdiyu o„mig„a inqilob hukumati quruldi. Bu hukumatning millatlarga berg„on salohiyati va huquqidan foydalanib siz, hammamiz qurol boshig„a sorulduk, hammamiz bir yoqadan bosh chiqarduk, biz raiyatning yordami bilan, nafaqasi bilan millatparvar ziyolilarimiz rahbarligi bilan maydonga chiqduk. Parvardigorimizning lutf va inoyati bilan jihodimizda muvaffaq boiduk, Ollohga shukur, sizlarga tashakkur ey millat, Olloh taolo hammangizdan rozi bo „ Ism, omin! Ey birodarlar! Bizlar maqdurimizni xaijlab ruslar bilan ko„p zamonlar muzokara qilduk. Bizning talablarimiz, da‟volarimiz, to„kkan qonlarimiz, berg„on qurbonlarimiz oqibatida ruslar ila oramizda bir ittifoq tuzildi. Ittifoqnoma matnlari shulardir: Turkistonda Islom hukumati quruladur. Uning idoraviy shakli tubandagichadur: Bugundan e‟tiboran milliy muxtoriyat davri boshlanib, hukumat ishlari ruslar va musulmonlar o„rtasida mushtarak idora qilinadur. Mulkiy, askariy, moliyaviy, maorif, adliya, amniyat, sanoat, ziroat, tijorat va shularga o„xshagan davlat ishlari ikki tarafning ishtiroki bilan idora qilinadur. Ruslar ila musulmonlar orasida har qanday huquq musoviydur (tengdur). Oliy maktab (gimnaziya, seminariya)larga musulmon talabalari qabul qilinadur. Ayrimachilik yo„qdur. Bu ittifoqnoma imzo qilingan tarixdan boshlab amalga oshadur. Mushtarak idora davrida musulmonlar askariy, faniy, tibbiy, moliyaviy va boshqa davlat idorasig„a oid maorif kabi ishlami komilan qoilarg„a olub idora qilishlari uchun 10-yil muddat qo„yildi. Inshaolloh, marxaladan 135 o„tib tole-istiqlolimizni qo„limizga olamiz, silohlarimiz, har qanday qurollarimiz hamisha bizda - o„z qo„limizda turadur. Xorijiy ishlarda ruslar bizga yordamlarini darig„ tutmagaydurlar. Ey musulmon birodarlar! Bizlar moddiy-ma‟naviy kelturg„on yutuq bu qadar boidi. Kelajakda ziyoda huquqlarimizga ega boiishimiz biz musulmonlaming, biz turkistonlik millatchilarimiz- ning ittifoqimiz va e‟tiqodimizga bogiiqdur. Tavfiq Alloh taollodandur. Birodarlar! Shundoq ittifoq qilindi. Iloha oqibat baxti obod...» 1 . Madaminbek bu otashin nutqini yigin ahli gurullab, mislsiz ko'tarinki ruh bilan: «Xudo xayringizni bersin Bek! Xudo ofatdan saqlasun, o„zi asrasun, Alloh murodingizni bersun!» degan xitob va ovozlar bilan ma‟qullaydi. Ammo ayyorlik va makkorlikni kasb qilib olgan Sho„ro hukumati Madaminbekni aldab tuzilgan bitim shartlarini bajarmaydi va u qog„ozda qolib ketadi. Buning asosiy aybdorlari V.Kuybishev va M.V. Frunzelar edi. V.Kuybishev ikki o„rtada tuzilgan bitim shartlarini qoralab bunday degan edi: «U (ya‟ni bitim - mualliflar) shu holida siyosiy sohada ham, harbiy sohada ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin... Birinchi bandi bizni Farg„onada va hatto Turkistonda fuqarolar orasida borajak ishlarimizni cheklab qo„yadi va Sho„ro hokimiyatiga yot boigan mezonlarga amal qilishga majbur etadi» 2 . Shu boisdan u bitim matnini qaytadan tuzishni talab qiladi. Shunday qilish kerakki, deydi V.Kuybishev: «Madaminni asta- sekin shashtidan tushirib, uni bir oddiy itoat etuvchi kishi darajasiga keltirib qo„yish» 3 , lozim. Ana shu g„oyadan kelib chiqib Farg„ona viloyat partiya qo„mitasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur qarorda quyidagi jumlalami o„qiymiz: «Turkiston Kompartiyasi oika komitetidan va Turkfront harbiy Inqilobiy Kengashidan Madamin bilan tuzilgan yarash bitimi matnining kirish qismi va 5-bandidan boshqa hammasini bekor qilish so„ralsin, chunki u viloyat komiteti va harbiy Inqilobiy Kengashning ba‟zi a‟zolarining fikricha, siyosiy jihatdan noto„g„ridir» 4 . Madaminbekka qarashli boigan vatanparvar kuchlar 2-Turkiston o„qchi diviziyasi tarkibiga kiritildi. Ammo oradan ko„p vaqt o„tmasdan Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling