O'zbekiston tarixi


 Muso Tbrkistoniy. Ulug' Turkiston fojiasi, 165-166-betlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Muso Tbrkistoniy. Ulug' Turkiston fojiasi, 165-166-betlar. 
2
«Sharq Yulduzi» jumali, 1991-yil, 3-son, 187-bet.
3
 0‘sha joyda.
4
O'sha joyda.
136 


ular tarqatib yuborildi. Chunki o„z ixtiyori bilan Sho„rolarga bo„yin eggan 
vatanparvarlarga ishonchsizlik bildiriladi. Buning ajablanarli joyi yo„q. 
Negaki, Turkiston MIQ fraksiyasi, Turkiston KP oika qo„mitasi va 
Turkkomissiyaning qo„shma majlisida so„zga chiqqan qizil askarlar 
qo„mondoni M.V.Frunze «Sobiq bosmachilardan tuzilgan brigadalami 
tarqatib yuborish kerak»'ligini aytgan edi. 
Madaminbekning taqdiri masalasida tarixiy manbalarda bir- biriga 
qarama-qarshi maiumotlar beriladi. Jumladan, Sho„rolar davrida yozilgan 
adabiyotlarda Madaminbekning Shermuhammadbek buyrug„i bilan 
qo„rboshi Xolxo„ja tomonidan «sotqin» sifatida otib tashlanganligi 
ta‟kidlanadi. Huddi shu fikmi «0„zbekiston tarixi» (1917-1993-yillar) 
mualliflari ham ilgari suradilar. Ingliz tarixchisi Glenda Frezer o„zining 
«Bosmachilar» asarida «Madaminbek Shermuhammadbek oldiga tinchlik 
missiyasi uchun jo„natildi. Shermuhammadbek Madaminni ayg„oqchi 
sifatida 14-may kuni otib tashlaydi», deb yozadi. Ammo bu fikrlar hech 
qanday dalilga ega emas. Turk tarixchisi Ali Bodomchi «Qo„rboshilar» 
asarida ta‟kidlashicha, Madaminbekni Xolxo„ja o„ldirmagan. Madaminbek 
oidirilgan paytda Xolxo„ja jang maydonida bo„lgan. Ali Bodomchi 
Madaminbekni Shermuhammadbek o„ldirgan, degan fikmi ham rad etadi. U 
Madaminbekni oidirish ishini sho„rolar tashkil etganligini asosli dalillar 
bilan isbotlaydi. Bu ishni qizillarga sotilgan Soyib qori va Lutfulloh 
Mahdumlar amalga oshirganlar. Ali Bodomchining ta‟kidlashicha, ular 
Madaminbekni o„ldirib, so„ng Buxoroga qochib ketganlar. Bu fikmi 
qotillaming o„zlari ham tasdiqlaganlar. Ayni paytda mazkur xulosa 
Shermuhammadbek yozib qoldirgan xotiralarga hamohangdir: «Muhammad 
Aminbekning oiganini, - deb eslaydi Shermuhammadbek, - men kech 
eshitdim. Yorboboga qaytganimizdagina bu haqda xabar topdik. Jang 
paytida unga hech ko„zim tushmadi. Chunki biz hayot-mamot jangiga kirgan 
edik. Xolxo„ja Muhammad Aminbekni asir olgan paytda uni askarlaridan 
Soyib qori va Lutfulloh Mahdumga topshirgan edi. Bular uni oidirib 
Buxoroga qochdilar. Muhammad Aminbekning men yoki Xolxo„ja 
tomonidan oidirilgan degan fikr mslar tomonidan bizga qarshi qilingan 
tashviqot edi. Xolxo„ja Muhammad Aminbekdan xafa edi. Chunki ikki yil 
avval (Turkiston muxtoriyati vaqtida-mualliflar) u Xolxo„jani Marg„ilonga 
chaqirib, qurolsizlantirgandi. Buni hamma 
1
0„shajoyda. 
137 


bilar edi. Men shaxsan Muhammad Aminbekning ruslar bilan qo„shilganiga 
achchiqlangan boisam ham, awal buyuk ishlar qilgani uchun uni hurmat 
qilar edim. Uning oiimi meni juda parishon qildi. Agar u menga asir tushgan 
boiganida ham uni o„tmishidagi xizmatlari uchun Afg'onistonga jo„natar 
edim. Qotil maium va bu voqeada shubhasiz ruslaming qoii bor». 
Shermuhammadbekning ukasi Nurmuhammadbekning xotirala- riga 
qaraganda, 1920-yil 3-aprel kuni Shermuhammadbek Oloydan chiqib o„z 
qo'shini bilan 5-aprelda Qorovul hududida to„xtaydi. Bir kun awal bu yerga 
Nurmuhammadbek va Xolxo„ja ham kelib jang olib borayotgan edilar. 
Chunki Qorovulni Shimolda Margilondan, Sharqda Andijondan kelgan 
sho„ro qo„shinlari o„rab olgan edilar. Vaziyat ogir edi. Shermuhammadbek 
qo„mondonlami to„plab, kengash o„tkazdi, so„nggi tomchi qon qolguncha 
jang qilishga qasamyod qilindi. 
Qizillar to„rt tomondan hujumga o„tdilar. Hujum birinchi boiib Xojagir 
tarafdan boshlandi. Bu joy Xolxo„ja yigitlari tomonidan mudofaa 
qilinayotgan edi. Xolxo„ja qizillaming ming kishilik qo„shini ustiga 9-aprel 
kuni ertalab shiddatli hujum boshladi, dushmandan 500 kishi asir olindi. 
Ular orasida Madaminbek ham bor edi. Xolxo„ja asirlami qo„rboshilaridan 
Lutfulla Mahdum va Soyib qori qo„riqchiligida qarorgohga yuboradi. 
Madaminbek Shermuhammadbek bilan uchrashishni so„raydi. Biroq hali 
jang olib borilayotganligi sababli buning imkoni boimaydi. Shunda u 
qarorgohda turgan Nurmuhammadbek bilan uchrashadi. Madaminbek unga 
xitoban shunday deydi: «Yetar endi, qarshilikni to„xtating. Siz ham 
yarashing. Boimasa hammangizni oidiradilar. Bekorga qon to„kishning 
foydasi yo„q. Tamoman o„rab olingansizlar. Quwatlari juda ko„p, qo„shni 
gamizondan ham yordam oladilar. Ular bilan faqat sizlar kurashayapsizlar, 
qolgan 
butun 
jabhalarda 
harakat 
to„xtadi. 
Bolsheviklarga 
bas 
kelaolmaysizlar. Qurol-aslahalari ham juda ko„p, dunyo qadar askarlari bor». 
Madaminbek yalinib ham ko„radi. Nurmuhammadbek esa biror kalima so„z 
ayta oladigan darajada emas edi. Nihoyat u shunday javob qiladi: 
«Bolsheviklar bilan yarashmaymiz, Madaminbek! Oiim uchun ont ichdik. 
Bunga rozimiz va tayyormiz, boshimizni din va nomus dushmanlari oldida 
egmaymiz. Quwatimiz bor». Nurmuhammadbek shunday deb jabhaga 
qaytish zarurligi, hayotidan tashvishlanmasligini aytib chiqib ketadi. 
138 



Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling