O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Rossiyaning 
O‘rta Osiyoga 
ko‘chirish siyosati
Ko‘chib kelganlar xo‘jaligi


52
?
?
Yodda tuting!
1892-yildan boshlab Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan 
ko‘chib kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan 
ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi 
mumkinligi e’lon qilindi. Bu o‘lkaga ko‘chib keluvchilar so-
nining yanada ko‘payishiga olib keldi.
Savol va topshiriqlar
1. Nima uchun podsho hukumati yerga egalik qilishni to‘liq o‘z qo‘liga 
olishga harakat qildi?
2. Mustamlakachi hukumat vaqf yerlariga nisbatan qanday siyosat olib bordi?
3. Ko‘chirib keltirilganlarga qanday imkoniyatlar yaratilgan?
4. Turkiston o‘lkasida paydo bo‘lgan yangi shaharlarda kimlar yashagan?
15-§. TURKISTONDA SUD TIZImI VA hARBIy POlITSIyA 
TARTIBOTINING O‘RNATIlIShI
Turkiston o‘lkasida imperiya manfaatlarini himoya 
qilishga qaratilgan tadbirlardan yana biri bu sud ti-
zimi bo‘lgan. Xonlik davrida qozilarning chiqargan 
qaroridan norozi bo‘lganlar qozikalonga murojaat 
qilgan. Qozilar qat’iy belgilangan uchastkaga ega 
bo‘lishmagan; har bir da’vogar o‘zi ishongan qoziga murojaat qilgan. 
Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif 
etgan. Bu taklifdan bosh tortilsa, qozi ularga qasam ichirib, tomonlarning 
arzini, guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglagan, so‘ng qaror chiqargan va 
bu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Odat-
da, qozilar, asosan, bilimdon, adolatli va xalq orasida hurmat qozongan 
kishilar bo‘lgan. Qozilar o‘zlariga murojaat qilgan tomonlarga betaraf va 
ularga nisbatan beg‘araz bo‘lishi, ulardan pul, sovg‘a, har xil xizmatlarni 
qabul qilmasligi lozim edi.
Podsho hukumati tomonidan dastlab o‘lkadagi mavjud sud tizimida-
gi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi. 
Boshqa mustamlakachi davlatlar singari Rossiya imperiyasi ham o‘z mus-
tamlakasiga aylangan Turkiston o‘lkasida dastlab tub joy aholining di-
niy e’tiqodiga mos ravishda amal qilingan shariat qoidalariga asoslangan 
qozilik va ko‘chmanchi tarzda hayot kechiruvchi aholining urf-odatlariga 
asoslangan biy sudlarini butunlay tugatmasdan, uni saqlab qoldi. Milliy va 

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling