O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Soliq va 
majburiyatlari
Qo‘zg‘olonlar
Madaniyati


87
O‘rta Osiyoda 
jadidchilik 
harakatining 
vujudga kelish 
shart-sharoitlari
VI B O‘ l I m
JАDIDLАR HАRАKАTI VА UNING TURKISTОN
IJTIMОIY-SIYOSIY VА MАDАNIY
HАYOTIDАGI АHАMIYATI
Bo‘limni o‘rganish natijasida:

jadidchilik harakatining paydo bo‘lish sabablari;

jadidlarning maqsad va vazifalari;

Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida jadidchilik 
harakati na mo yandalarining o‘rni;

Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining natijalari va ahami-
yati haqida bilib olasiz.
25-§. JАDIDCHILIK HАRАKАTINING 
VUJUDGА KЕLISHI
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonlik-
larining zabt etilishi ushbu hududning tanazzulga 
yuz tutishiga, jahonning rivojlangan davlatlaridan 
ko‘p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qad-
riyatlarning toptalishiga olib keldi. Maorif sohasi-
da ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, ma-
halliy aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan siyosat 
olib borildi.
Turkistonda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik harakatlari bi-
lan bir qatorda mahalliy aholining aksariyat qismi o‘zlikni saqlab qolish, 
milliy madaniyatni asrash va rivojlantirishni bir kun bo‘lsa ham unutma-
di. O‘rta Osiyoga nisbatan Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan us-
tunligi mahalliy aholining ochiqdan ochiq kurash olib borishiga imkon 
bermadi. Shuning uchu n ham Vatan, millat, xalq qayg‘usini tushungan 
kishilar, ayniqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi yo‘l bu – xalqni 
ma’rifatli qilish deb bildi. Ular xalqni ma’rifatli qilmasdan turib, musta-
qillikni qo‘lga kiritib bo‘lmaydi, deb hisoblaganlar. Ziyolilar xalq orasi-
da ilg‘or g‘oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar. 
O‘lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qara-
tilgan harakati jadidchilik nomi bilan maydonga chiqdi.


88

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling