O`zbekiston tarixidan testlar to`plami


O`ZBEKISTON TARIXIDAN TESTLAR TO`PLAMI


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana09.08.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1666013
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
12 та

O`ZBEKISTON TARIXIDAN TESTLAR TO`PLAMI
Raximjon Xamrabayev 
28 
15. Qaysi javobda O’zbekistonda o’lim jazosi 
bekor qilingan sana keltirilgan?
A) 2010-yil 1-sentabr
B) 2007-yil 8-dekabr
C) 2009-yil 1-yanvar
D) 2008-yil 1-yanvar 
 
 
27 – variant 
1. «Shoh Doro ayturki: keyin qo'shin bilan 
saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi 
o'tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar janga 
kirdilar. Men daryodan o'tgach saklarni 
tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini 
asirga oldim».
Yuqoridagi jumlalar qaysi manbadan olingan?
A) Behistun bitiklaridan
B) Gerodotning «Tarix» asaridan
C) Persopol shahri devorlaridagi yozuvlardan
D) Avesto yozuvlaridan
2. Miloddan avvalgi VII asrda Marg'iyona va 
Su'g'diyona hududlari quyidagi qaysi 
davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida 
bo'lgan?
A) Xorazm B) Baqtriya
C) Parfiya D) Qang' davlati
3. Quyidagi qaysi xalq V asrning ikkinchi 
yarmida Shimoliy Hindiston yerlarini egallab, 
75 yil davomida hukmronlik qilishgan?
A) xioniylar B) sosoniylar
C) eftaliylar D) kidariylar
4. Quyidagi misralarda qaysi alloma haqida 
fikr yuritilmoqda?
«Ilmga bo'lgan chanqoqlik uning Buxoro, Marv, 
Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag'dod, Hirot va 
Makkada hayot kechirib, arab tili va 
adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, 
arab maqollari va urf-odatlarini chuqur 
o'rganishiga sabab bo'ldi. U mintaqa 
geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi».
A) Imom al-Buxoriy
B) Abu Mansur al-Moturidiy
C) Mahmud az-Zamaxshariy
D) Burhonuddin al-Marg‘inoniy
5. Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV 
bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida 
kim faol qatnashgan?
A) g'arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh
B) kenja o'g'li Shohrux
C) taxt vorisi Pirmuhammad
D) sharqiy viloyatlar hokimi Jahongir Mirzo
6. Muhammad Shayboniyxon 1500-yilda 
Samarqandni zabt etganidan so‘ng shahar 
aholisi kim boshchiligida temuriylar 
hukmdorligini tiklash chorasini izlab, Boburni 
Samarqand taxtini egallashga da’vat etadilar?
A) qozikalon Hakimxo'ja
B) shayxulislom Abubakr Sa’d
C) Abulqosim eshon
D) shayxulislom Abulmakorim
7. Nima sababdan Arab Muhammadxon Xiva 
xonligi poytaxtini Urganchdan Xiva shahriga 
ko'chirgan?
A) Amudaryo o'z o'zanini o'zgartirishda davom 
etayotganligi uchun
B) Eron safaviylarining bosqini xavfidan 
poytaxtni uzoqlashtirish uchun
C) Xiva shahri madaniy, savdo-tijorat markazi 
sifatida rivojlanishi va aholisi ko'p sonli 
bo'lganligi uchun
D) Xiva shahrida, asosan, o'zbek qabilalari 
yashaganligi uchun 
8. Qo’qon xonligida qaysi sulola vakillari 
hukmronlik qilishgan?
A) Qo’ng’irotlar B) Mang’itlar
C) Shayboniylar D) Minglar
9. 1916-yilgi Jizzax qo'zg'oloni davrida podsho 
hukumati kim boshchiligidagi harbiy kuchlarni 
qo'zg'oionni bostirish uchun jo'natgan edi?
A) podpolkovnik Duxovskoy
B) general Vrevskiy
C) polkovnik Ivanov
D) polkovnik Samsonov
10. Turkiston general-gubernatorligi 
ma'muriyati tomonidan jadid maktablarida 
dastlab qaysi adabiyotlardan foydalanish 
taqiqlab qo'yilgan edi?
A) turk va fors adabiyotlaridan
B) arab va fors adabiyotlaridan
C) arab va turk adabiyotlaridan
D) ingliz va hind adabiyotlaridan



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling