O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari


Download 44.15 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi44.15 Kb.
#147441
Bog'liq
O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi


O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari 

Reja

Tarixni o‘rganishda davrlashtirishning ahamiyati.


Davrlashtirish masalalarining o‘rganilish tarixi.


Davrlashtirishning xududiy xususiyatlari.


Tarixiy, geologik, arxeologik davrlashtirishning o‘ziga xosligi.

Har bir davr o‘ziga xos iqtisodiy, siyosiy asosga, moddiy, ma’naviy va madaniy turmush tarziga ega. Har bir tarixchi davrlar xususiyatlarini aniq bilishi va talqin qila olishi lozim. Davrlar xususiyatini to‘liq anglash tarixiy voqealarni haqqoniy baholashda va o‘sha davr ruhiyatini to‘liq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Insoniyat tarixida har doim ham bugungi yillar tizimidan foydalanilgan emas. Xar bir davrda har bir halq o‘zining yashagan davrini turlicha yil hisobini olib borganlar. Bu yil hisoblarini o‘rganish va tadqiq qilish ham tarixchilarning burchlari hisoblanadi. Bu davrlarni aniqlash orqali tarixchilar mazkur voqealar qachon ro‘y berganini aniqlaydilar. Lekin bu jarayon tarixchi olimlardan ko‘p mehnat va izlanish talab qiladi. Ba’zi yozma manbalardagi yil hisoblarini aniqlash haligacha no’malumligicha qolmoqda va tarixchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida qanday yil hisobidan foydalangani haligacha aniqlangan emas. Uning xabar berishicha, Xorazmga odamlar Iskandar Zulqarnayndan rosa 980 yil avval kelib joylashganlar4. Olimlar buni o‘rganib 1292 yil, ya’ni mil.avv. XIII asrga to‘g‘ri kelishi mumkin degan fikrlarni ilgari surganlar. Lekin qadimgi Xorazm xududida olib arxeologik tadqiqotlar bundan ancha ilgari bu xududda ibtidoiy qabilalar yashaganligini isbotlaganlar. Shuningdek, Xorazm xududida ilk davlatchilik izlari ham keyingi davrlarga, ya’ni mil.avv. 7-6 asrlarga mansubligini arxeologik izlanishlar ko‘rsatmoqda.

Talaba tarixiy davrlashtirish masalasini qanchalik chuqur o‘zlashtirsa, uning tarixni anglash jarayoni shunchalik chuqur va mulohazali bo‘ladi. Insoniyat o‘z taraqqiyotida turli xil jarayonlarni boshdan kechirgan. Olimlar inson faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan rivojlanishlar jarayonlarini taxlil etib, inson tarixiy taraqqiyotini ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan davrlar va bosqichlarga bo‘lib o‘rganish va tadqiq qilish lozim ekanligini ta’kidlashgan.

O‘rta Osiyo xududida olib borilgan tadqiqotlar natijasida tarixning ko‘plab jumboqlari o‘z yechimini topdi. Markaziy Osiyoning ilk insoniyat tarixi keyingi davrlardagi mahalliy madaniyatlar rivoji va xalqlarning tarixiy jarayonlarida zamin bo‘lib xizmat qildi5. The present volume deals with the ancient period in the history of civilizations in CentralAsia, when the earliest human cultures emerged and determined to a considerableextent the later developments of local cultures and peoples. At the same time, the maintrends in historical developments, namely, the steady progress in the cultural evolution asa general rule as well as regional diversities, become evident even in the case of these mostancient times.

Tarixni davrlarga bo‘lib o‘rganish masalalarini qadimgi davr mualliflari asarlarida ham uchratamiz. Bu masala keyinchalik XVIII-XIX asrlarda ham keng muxokama mavzusi bo‘lib kelgan. Bu ma’lumotlarni talablarga keng taxlil qilingan holda berish lozim. Bu orqali ularda tarixiy taraqqiyot jarayoni taxlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi

XIX asr o‘rtalaridan tarixni ishlab chiqarish usuli va mulk xarakteriga qarab davrlashtirish g‘oyasi ilgari surildi. XX asrda bu g‘oyalar kommunistik g‘oyaga moslashtirilib rivojlantirildi. Butun insoniyat tarixi 5 ta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializm kabi taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tgani va bosib o‘tishi lozimligi ta’kidlandi. Bu g‘oya barcha ilmiy adabiyotlar va darsliklarda o‘z aksini topdi. Lekin jamiyat taraqqiyoti tarixni bunday davrlashtirish noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi6. Jamiyat taraqqiyotida har bir xududning o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini har tomonlama chuqur o‘rganish va ularni ob’ektiv, aniq, birlamchi manbalar asosida tadqiq qilish va xulosa berish zarurligini davrning o‘zi isbotlamoqda.

Tarixga nazar solsak, jahonning ba’zi davlatlarida ibtidoiy jamoa tuzumi uzoq davom qilganining, qadimgi davr ham turli xududlarda turlicha kechgani, o‘rta asrlar va yangi davr ham turlicha kechganining guvohi bo‘lamiz. Shu sabab bu davr sanalarini barcha mamlakatlar uchun bir xil deb hisoblash va bir sanalarni berish mumkin emas.

Jumladan, Amerika xududida ibtidoiy jamoa tuzumi milodiy 10-12 asrlargacha, Rossiya xududida ibtidoiy jamoa tuzumi milodiy 7-8 asrgacha davom etgan. O‘rta Osiyoda xududida esa, quldorlik tuzumi o‘ziga xos tarzda davom qilgan va u olimlar tomonidan “Osiyocha ishlab chiqarish usuli” deb atalgan. Shuningdek, O‘rta Osiyoda feodalizm jamiyati uzoq davom qilib, kapitalistik munosabatlar rivojlanmasdan bolsheviklar ta’sirida sotsializm tuzumi o‘rnatila boshlandi. Bu sovet davrida ijobiy baholanib, feodalizmdan sotsializmga jamiyat sakrab o‘tdi deb baholangan. Vaholanki, g‘oya o‘zgargani bilan iqtisodiy asos o‘sha holicha, ya’ni agrar mamlakat tarzida saqlab qolingan.

Sovet tuzumi o‘rnatilgach, 1937 va 1954 yillarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixini davrlashtirish masalasiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar bo‘lib o‘tdi 7. Bunda O‘rta Osiyo xududida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li bo‘lgan degan xulosaga kelingan bo‘lsada, bu 5 ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga moslashtirildi. V.V.Bartold tomonidan ilgari surilgan “abadiy feodalizm” g‘oyasi rad qilindi.

Eng qadimgi davr tarixini davrlashtirishda yevropalik olimlarning olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazavordir. XIX asrda L.G.Morgan 1877 yilda nashr qilingan «Qadimgi jamiyat» («Drevnoe obshestvo») asarida birinchi bo‘lib urug‘chilik jamiyati haqida fikrini ilgari surgan. U urug‘ning paydo bo‘lishi odamzotning maydonga kelishi bilan birga yuzaga kelmadi, balki urug‘chilik jamoasi kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichidir, degan xulosasini ilgari surdi. L.G.Morgan urug‘chilik jamoasi ikki bosqichga bo‘ldi, ya’ni uning birinchi bosqichini ibtidoiy to‘da, ikkinchi bosqichini esa ibtidoiy urug‘chilik jamoasi deb nomladi. Urug‘chilik jamoasi davrini ikki bosqichga bo‘ladi. Uning birinchisi «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi», ikkinchisini – «Harbiy demokratiya» deb atadi.

XX asrda keng ko‘lamda olib borilgan arxeologik, etnografik va antropologik izlanishlar L.G.Morganning kishilik tarixining ilk bosqichlariga bergan ta’rifini tug‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Uzoq paleolit davrining 3 ta bosqichida xam insoniyat texnologik va madaniy jihatdan katta muvafaqqiyatga erishdi. Maxalliy o‘zgarishlarda axamiyati kam lekin har doim kerakli ixtirolar qilindi. Mahalliy o‘zgarishlardan biri ovqat maxsulotlarining paydo bo‘lishida yaqqol namoyon bo‘ldi.8

Tarixini davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’qidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari surilgan9. Unda jamiyatda yuz beradigan tub o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda jamiyat iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, jamiyatda mulkka egalik qilishlikning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? degan savollar qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan10 va quyidagi davrlashtirishni ilgari surgan:

I. O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri” (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar)11.

II. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri” (bundan 40 ming yil avval to milodiy III-IV asrlargacha). Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 1 bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2 bosqich - patriarxal urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi.

III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr oxirigacha).

IV. “O‘rta asrlar davri” ( 9 asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o‘rtalarigacha).

V. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini “Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Chor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga oladi.

VI. O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hokimiyati davri” bo‘lib, bu davr 1917 yildan 1991 yilgacha davom qilgan.

VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri” deb atab, bu davr 1991 yil 31 avgustdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.

Akademik A.Asqarov tomonidan ilgari surilgan bu davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston xududining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li aks etgan.

Bugungi kunda jahon miqyosida tarixni umumiy, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy o‘ziga xosligini inobatga olgan holda quyigacha davrlashtirish ilgari surilmoqda. Bu davrlashtirish uslubidan maktab darslikliklarida ham, tarix fanlarini davrlarga bo‘lishda ham keng foydalanilmoqda. Bu tarixni tarixiy jihatdan bo‘lish dab qarasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tarixda eng qadimgi davr 2 davrga ajratilib o‘rganiladi. Bu davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to‘da” va “urug‘chilik jamoasi davri”ga bo‘linadi. O‘z navbatida urug‘chilik jamoasi 2 bosqichga: matriarxat (ona urug‘i) va patriarxat (ota urug‘i) ga bo‘linadi.



Qadimgi davr mil.avv. YI asrdan milodiy IY asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, u 2 bosqichga bo‘linadi:

1– arxaik davr - mil.avv. YI–IY asrlar.

2–antik davr - mil.avv. IY asr oxirlaridan - milodiy IY asr.

O‘rta asrlar davri o‘z rivojlanishi jihatidan 3 ta bosqichga bo‘linadi.

1– ilk o‘rta asrlar- milodiy Y– IX asrlar

2– rivojlangan o‘rta asrlar - milodiy IX– XYI asr boshlari

3– so‘nggi o‘rta asrlar - milodiy XYI o‘rtalaridan –XIX asrlar o‘rtalarigacha




Yangi davr XIX asr o‘rtalaridan XX asrning 90 yillarigacha bo‘lgan davrni o‘zida qamraydi. Bu davr ikki bosqichga bo‘linadi:

1 - Chor Rossiyasi mustamlakasi davri XIX asr o‘rtalaridan 1917 yilgacha

2 - Sovet hokimiyati humronligi davri 1917 yildan 1991 yil 31 avgustgacha
O‘zbekistonning mustaqillik davri 1991 yil 31 avgustdan bugungi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Davrlashtirishda olimlar geologik va arxeologik davrlashtirishdan ham keng foydalanadilar.


3-mavzu: O‘zbekistonning ibtidoiy to‘da davri tarixi. (4 soat)

Reja

Ibtidoiy jamoa davri- insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi.

O‘zbekiston xududining tabiiy - geografik sharoiti va iqlimi.


O‘zbekiston xududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi.


Iqlimi, hayvonot va o‘simliklar dunyosi.




Kishilik jamiyati rivojlanishining eng qadimgi davri ibtidoiy to‘da va urug‘chilik davrlariga bo‘linadi. Insoniyat tarixida ibidoiy to‘da davri eng uzoq davom qilgan davr hisoblanadi. Xuddi shu davrda insoniyat hayvonot olamidan ajralib, o‘zining turmush tarzini shakllantirgan. Jamiyat tarixida ibtidoyi to‘da davrining davomiyligi har bir xududning o‘ziga xos tabiiy sharoiti tufayli turlicha va o‘ziga xos davom etgan. Inson tabiiy sharoitga moslashib, yashash uchun kurash natijasida shakllangan, takomillashgan va rivojlangan.

Ibtidoiy to‘da davrini o‘tmishda «oltin davr» deb tasavvur qilganlar, ularning fikricha, shu davrdagina inson tashvishsiz, majburiyatsiz, to‘kin-sochin va tinch yashaganlar deb hisoblaganlar. Lekin ilm-faning rivojlanishi bilan bu g‘oyalarning mutloqa asossiz ekanligi isbotlangan. Inson hayvonot olamidan ajralgach, o‘zini himoya qilish uchun dastlab, birikib, ya’ni to‘da bo‘lib yashay boshlagan. Yirtqich hayvonlardan himoyalanish va uni ov qilishga ham yolg‘iz odamning kuchi yetmagan. Shuning uchun ibtidoiy odamlar to‘da-to‘da bo‘lib yurishgan.

Tarix faniga “ibtidoiy to‘da” tushunchasini birinchi bo‘lib, etnograf olim L.G.Morgan «Qadimgi jamiyat» (1877) kitobida ishlatgan va uni etnografik materiallarga asoslangan holda ilmiy asoslab bergan. U kishilik tarixining dastlabki davrini ikki bosqichga bo‘lgan: I bosqichni «ibtidoiy to‘da», II bosqichni esa «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» deb atadi. Ibtidoiy to‘da davri O‘zbekiston xududida 1,5 mln yillikdan 40 ming yilliklargacha davom etgan. Arxeologik davrlashtirish jihatdan bu ilk va o‘rta paleolit davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda O‘zbekiston xududida tabiiy-geografik o‘zgarishlar sodir bo‘lib turgan. Ayniqsa, insoniyat shakllanishida muzlik davrining o‘rni alohida bo‘lgan.

Bu davrning davriy chegarasi odamzodning Fergantrop-Neandertal ajdodlari yashagan davri bilan belgilanadi (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar)12. Ammo, sovet davri tarixshunosligida odamzodning paydo bo‘lishidan dastlabki sinfiy jamiyat tarkib topguniga qadar o‘tgan davr «Ibtidoiy jamoa tuzumi» nomi bilan yuritilib kelindi. Aslida, odamzod qo‘liga tosh quroli olib, birinchi bor mehnat qila boshlaganidan to dastlabki urug‘ jamoalari bo‘lib tarkib topganiga qadar «ibtidoiy to‘da» davrini boshidan kechirdi.13 Bu davr odamzodning o‘zini shakllanish bosqichi bo‘lib, bu davrda odamzodning ajdodlari – Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop va Neandertallar tabiatdan o‘z rizqi - ro‘zini termachilik va yirik hayvonlarni ov qilish yo‘li bilan topgan o‘ljasi hisobiga yashaganlar. Ular dastlab, million yillar davomida issiq iqlim sharoitida daydi hayot tarzini boshidan kechirganlar (Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop, Fergantroplar zamoni). Qachonkim, yer kurrasi soviy boshlab, buyuk muzliklar boshlangan kezlarda g‘orlarda yashashga, ularni egallab olgan yirtqich hayvonlar bilan kurashib, sovuqdan jon saqlashga majbur bo‘lganlar (Geydelberg, Neandertallar zamoni).

Kishilik tarixining «Ibtidoiy to‘da davri» arxeologik davrlashtirishda qadimgi tosh (paleolit) davrining olduvay, shell, ashel va muste bosqichlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda mulkchilikning hech bir shakli bo‘lmagan. Odamzod o‘zining ilk ibtidoiy holatidan tom ma’nodagi odam holatiga o‘tish, fikrlovchi odam bo‘lib shakllanish jarayonini boshidan kechirgan. Toshdan mehnat qurollari yasash va ular yordamida ijtimoiy mehnat qilishi bilan boshqa jonzodlardan tubdan farq qilgan. Ularning mafkuraviy dunyosi tartibsiz «nikoh» normalari asosida qurilgan edi. Bu davr odamlarida hali jamoa bo‘lib yashash ko‘nikmalari shakllanmagan edi14.

Odamsimon maymun podalariga xos xatti-harakatlari fan olamida ular eng oliy tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, degan tasavvurni keltirib chiqardi. Aslida hech bir odamsimon maymunlardan (shimpanze, gibbon, orangutan, gorillalardan) odam tarqalmagan. Odamzodning eng ilk ajdodlari o‘zlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilan farq qiluvchi maymunsimon odam ajdodi (Goronna driopiteki)dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzod ajdodlarining qoldiqlari Janubiy Afrikada zinjantrop, Indoneziyaning Yava orolida pitekantrop, Xitoyda sinantrop, O‘zbekistonda fergantrop, Germaniyada neandertallar nomlari ostida topib o‘rganilgan.

Fan olamining xulosasiga ko‘ra, ular to «aqlli odam» (homa sapiens) holatiga kelguniga qadar (mil. avv. 50-40 ming yillikka qadar) o‘zining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Ular eng oddiy tosh qurollardan va olovdan foydalanishni o‘rgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga keldi, ma’noli nutq paydo bo‘ldi. Inson asta-sekin biologik jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop, neandertal va boshq.) tipdan yuksak taraqqiy etgan va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan odam darajasiga yetdi. Avvalo, mehnat, so‘ngra so‘zlash – ikkita eng muhim sabab bo‘ldiki, bu sabablar ta’siri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aqlli odam miyasiga aylandi.

Ilk va o‘rta paleolitdan uning so‘nggi bosqichiga o‘tish davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Ibtidoiy to‘dadan so‘nggi paleolitga o‘tish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha o‘zgardi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ibtidoiy jamiyatning har bir davriga mansub mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Selengur g‘orida va boshqa joylarda topildi. Arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan 1938-1939 yillarda tekshirilgan Teshiktosh g‘ori yodgorliklari ham mazkur davrning muste bosqichiga mansubdir.



Ilk paleolit davri odamlari xujaligining asosini ovchilik va terimchilik tashkil etgan. Ularning asosiy mexnat kuroli chakmoktoshdan yasalgan tukmok edi. Eng kadimgi odamlar dastlab urmonlarkichik daryo buylari, buloklar atrofida makon kurgan edilar. Ibtidoiy odamlar jamoasi ibtidoiy tuda deb ataldi. Bu davr kishilarini mexnat kurollarining umumiyligi, umumiy turmush tarzi birlashtirgan edi.

Ashel davri oxirlarida yer yuzida muzlik davri boshlandi. Bu davr 4 boskichga bulinadi. Olimlar bu boskichlarni gins, mindel, riss, vryum deb ataganlar. Yer yuzining tropik mintakalarida plyuvial davr xukm surgan.

Ilk paleolit davri eng uzok davom ekanligidan tashkari inson ilk ajdodining tarkalishi bilan xam muxim axamiyatga egadir.

2. Uchlamchi davr urtalari va oxirida butun Yevroosiyoda bulgani kabi Urta Osiyoda xam xozirgi iklimdan fark kiluvchi uziga xos tabiiy geografik axvol mavjud bulgan.

Toglarning balandligi dengiz satkidan urtacha 500metr, eng balandlariniki esa 1000 metr bulgan xalos. Bu narsa Urta Osiyoga Arabiston dengizi, Xind okeanining issik va nam xavo okimining kirib kelishiga imkoniyat yaratgan.

Yura davridan boshlab iklim kurgokchil bulib bordi va uchlamchi davr oxirlarida Konetdog, Ximolay Pomir, Tyan-Shanning kutarilishi natijasida nam va ilik xavoning yuli tusilib koldi.

Turtlamchi davrning yana bir xususiyati iklimning sovishi bilan boglikdir. Urta Osiyoda iklimning sovishi Yevropadagi muzlik davrlariga tugri keladi. Kuruklikning kutarilishi, toglarda kor va muzliklarning xosil bulishi yirik daryo vodiylarning paydo bulishiga olib keldi. Aynan shu davrda Amudaryo va Sirdaryo paydo buldi. Daryo suvlarining uzgarishi natijasida Kaspiy va Orol xavzasi xam uzgarib turdi. Urta Osiyo togliklarida kuchli muz katlamlari vujudga kelmadi. Muzliklar fakat vodiy xarakterida bulgan.

Paleobotanika ma’lumotlariga karaganda Urta Osiyoning usimlik dunyosi xozirgidan ancha boy bulgan. Namlik kup bulgan davrda xozirgi chul zonalarda buta va daraxtlar kup bulgan. Lekin Urta Osiyoda iklim doimo uzgarib turgan. Bu esa nafakat usimlik, balki xayvonot dunyosiga xam uz ta’sirini kursatgan. Iklimning uzgarishi sovukka moslashgan xayvonlarning tarkalishiga imkon yaratgan. Masalan, 1946 yilda Fargonadan junli fil - mamont koldiklari topilgan. Mamont suyaklari shuningdek Olma-ota yakinidan xam topilgan. Toshkentning Buz suv anxori buyidan junli “Sibir” karkidoni suyaklari topilgan. Bunday xayvon suyaklari, shuningdek, Tyan-Shandan, Issik kul yakinidan xam topildi. Shunday kilib, xavoning uzgarishi dengizlar (Kaspiy, Orol) ga ta’sir kursatgan, ulardagi uzgarishlar usimlik va xayvonot dunyosiga ta’sir kilgan. 2014 yilda Toshkent viloyati

Bu jarayon maxalliy xarakteriga ega bulmay, butun sayyoramizni kamrab olgan edi.

Turtlamchi davrda Urta Osiyoda yuz bergan uzgarishlar Shimoliy Garbiy Xindistondagi uzgarishlar bilan uxshash ekanligini 1939 yilda T.T.Peterson va X.de Terra tadkikotlari edi. Ularning tadkikotidan foydalanib K.Kurdikov janubiy Fargona va shimoliy-garbiy Panjob iklimi uxshashligi xakida ma’lumot beradi.

3. Urta Osiyo xududi bugungi kun arxeologik va boshka ma’lumotlariga kura, antronogenez jarayoni yuz bergan xududlardan biri xisoblanadi. Arxeolog olimlarining ma’lumotlariga kura, bu yerda eng kadimgi odamlar 700-500 ming yillar ilgari yashay boshlagan. Bu makonlar ilk paleolitning ashel davriga mansubdir. Shunday makonlar jumlasiga Urta Osiyoning turli xududlaridan topilgan Selengur, Kulbulok, Uchtut, Burikazgan, Tanirkazgan, Onarcha, Koratangir, Kizkal’a, Yangaja, Takali, Kamar, Shabakti, Uchbulok, Uzunbulok, Koratog, Loxutiy I, Xavolang va boshkalarni kiritish mumkin.

Selengur makoni Fargona viloyatining Sux tumanidan topilgan. Ushbu makonni birinchi bulib, 1958 yilda Okladnikov tekshirgan edi. 1985 yilda arxsolog U.Islomov bu yerdan turli kupol tosh kurollar topdi. Bu yerda odamlar 700000 yil ilgari yashagan degan xulosaga kelindi.

Kulbulok makoni Toshkent viloyatining Oxangaron tumanidan 1963 yilda topilgan. Bu ochik tarzdagi kup katlamli yodgorlik bulib, 13 madaniy katlamdan iborat. Uning kuyi katlamlari ilk paleolitning ashel davriga, keyingi yukori katlamlari muste va yukori paleolit davriga xosdir. Bu yerdan chakmoktosh va slanesli chakmoktoshdan kilingan tosh kurollar, kul, kumir koldiklari, xayvon suyaklari topilgan.

Ilk paleolit davri jahon tarixida 3 mln yillikdan to – 100 ming yilliklargacha davom qilgan. O‘zbekistonda ilk paleolit davri miloddan avvalgi 1 million yildan 100 ming yillikkacha davom etgan deb hisoblanar edi. Lekin keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar bu sanani yanada qadimiylashtirdi. Arxeologik davrlashtirishning yangi metodi asosida uni 2 mln yillikdan 200 mingginchi yillargacha davom qilganligi aniqlandi. Shu paytgacha O‘zbekiston xududida olduvay davri manzilgohlari topilmagan deb kelinar edi, lekin keyingi yillarda arxeologiyada qilingan yangiliklar Selungur makonidan topilgan tosh qurollarining Olduvay makondan topilgan tosh qurollar bilan o‘xshash tomonlarini aniqlanib, uni 1,2 mln yillarga mansub deb topdilar.

O‘zbekiston xududidan ashel davriga oid ko‘plab makonlar topilib tadqiq qilindi va qilinmoqda. Bunda U.Islomov, K.A.Kraxmal, M.Qosimov, R.Sulaymonov, T.Omonqulovlarning tadqiqotlari diqqatga sazovordir.

Ilk paleolit davrida mehnat qurollari tosh, suyak va shoxlardan yasalgan. Ulardan faqat tosh qurollargina bizgacha yetib kelgan. Olduvay bosqichida odamlar eng primitiv usulda yasalgan qo‘l cho‘qmorlari (ruchnoe rubilo)lardan foydalanganlar. Mazkur qurollarni yasash uchun dastlab, odamlar qulay shaklga ega bo‘lgan (ko‘proq yapaloq shakldagi) qayroqtoshni topib, tosh boltalar yordamida uning bir uchiga urib, uchirib ishlov berganlar. U paytning tosh bolg‘alari (otboyniklar) og‘irligi 0,5 kgdan oshmagan oddiy qayroqtosh bo‘lgan. Bu xildagi tosh bolg‘alar yordamida qo‘l cho‘qmorlariningina emas, balki tosh o‘zaklarini ham yasay bilishgan. Qo‘l cho‘qmorlari odatda bir tomoni bodomga yoki yurakka o‘xshab, to‘mtoq bo‘lgan, lekin uni qo‘l bilan ushlash qulay bo‘lgan. Ikkinchi, qarama–qarshi tomoni esa, o‘tkir uchli bo‘lib, bu tomoni kesish, chopish, kovlash kabi vazifalarni bajargan. Ajdodlarimiz shu qurollar yordamida ov qilganlar, ildiz kovlaganlar, go‘shtni maydalaganlar, terilarni shilganlar. Odamning qo‘li esa dasta vazifasini bajargan. Ibtidoiy davrlarda mexnat qurollarning yasalish uslublari A.A.Semenyonovning 1964 yilda nashr qilingan “Ibtidoiy texnika” (Pervobыtnaya texnika) kitobida keng taxlil qilib berilgan. Tadqiqotchilarning fikricha qo‘l cho‘qmorlari 3 mln yil ilgari paydo bo‘lgan. Bular insonning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ilgari davrlarda insonning paydo bo‘lishi 1 mln yil deb belgilangan edi. Lekin keyingi davrlarda Efiopiyaning Vest–Gona yodgorligining ingliz arxeologlari tomonidan o‘rganilishi natijasida arxantroplarning (arxantroplar deyilganda ilk paleolit davrida yashab o‘tgan odam zoti ajdodlari tuchuniladi.) suyak qoldiqlari va mehnat qurollari tarixi 3 mln yil deb belgilandi. Bu arxeologiya sohasida amalga oshirilgan katta yutuqlardan biri edi.

Olduvay davri odamlari terimchilik va ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular to‘da bo‘lib ov qilib, yirik yirtqich hayvonlarni tutib iste’mol qilishgan. Odamlarning to‘da bo‘lib yurishlari natijasida o‘zlarini turli tabiat hodisalaridan va yirtqich hayvonlardan himoya qilganlar. Bu davr odamlari tabiatga to‘la qaram bo‘lib uy–joy qurilishini ham, olovdan foydalanishni ham bilmaganlar. Yirtqich hayvonlardan esa, oddiy va dag‘al qurollar bilan himoyalanganlar. Tabiat ham insonlar yashashi uchun qulay, issiq bo‘lgan.

Ashel davriga kelib odamlar birmuncha taraqqiyot darajasiga erishganlar. Endi kishilar turli tog‘, daryo jinslari, asosan chaqmoqtoshdan qurol yasashni o‘rgana boshlaganlar. Qurollarni ishlash texnikasi birmuncha takomillashgan. Chaqmoqtosh qo‘l cho‘qmorining ikka tomoninga ham qo‘pol kertish yo‘li bilan ishlov berilgan. Kertish davomida vujudga kelgan turli uchrindilardan turli narsalarni kesishda foydalanganlar. Uchrindilar qirra tomonlari mayda kertish usuli bilan o‘tkirlangan va keskich asboblari sifatida foydalanilgan. Uchburchaksimon tosh uchrindilariga ko‘proq ishlov berilgan. Asta–sekin tosh qurollarining turi ko‘paya boshlagan. Dastlab sixcha va qirg‘ichsimon qurollar vujudga kelgan. Tosh sixcha qurollardan yog‘och qurollar yasashda va ovda nayza tig‘i sifatida foydalanilgan bo‘lsa, qirg‘ichlardan kiyim–kechak uchun hayvon terilariga ishlov berishda foydalanganlar. Bu davrda tabiat iqlimi soviy boshlagan. Odamlar tabiiy sharoitga moslashib, boshpana sifatida g‘orlarni o‘zlashtirganlar va tabiiy olovdan foydalana boshlaganlar. Shuni aytish kerakki, ibtidoiy odamlar barcha g‘orlarda ham yashamaganlar. Odatda tagi tuproqli, quyosh nuri tushadigan, chashma suvi yaqin, ovchilik va terimchillikka qulay g‘orlarda yashaganlar. Olduvay davri makonlari ko‘ra, ashel davri makonlari ko‘proq uchraydi. Bu odamlarning u davrga nisbatan ko‘paya boshlaganidan darak beradi.

O‘zbekiston hududida ashel davrida yoz issiq, quruq, qish esa sovuq bo‘lib, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan. Shu davrda havo issiq, geografik muhit mo‘tadil bo‘lgan. Ashel davri oxiriga kelib havo keskin ravishda sovugan, chunki muzlik davri boshlangan. Bu davrda Yevropa hududini muzlik qoplagan, tropik o‘lkalarda esa yomg‘ir davri boshlangan. O‘rta Osiyoning tog‘li zonalarida muzliklar hosil bo‘lgan. Pasttekisliklarda esa yomg‘irlar uzluksiz yog‘ib, ko‘l va daryolar hosil bo‘ldi. Havo goh sovub, goh iliq bo‘lib turgan. Xuddi shu davrda insonlar olov xususiyatlarini o‘rganib olib, olovdan foydalana boshlaganlar, bu miloddan 600––500 ming yil muqaddam sodir bo‘lgan.

O‘rta paleolit davri ilmiy adabiyotlarda muste davri deb nomlanadi. Bu davrga oid moddiy yodgorliklar dastlab Fransiyaning Muste g‘or makonida topilgani uchun shunday nom olgan. O‘rta paleolit davrining xronologiyasi ilgarigi adabiyotlarda mil.avv. 100–40 ming yilliklar deb hisoblanar edi, lekin keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, u 200 –100 ming yilliklar bilan belgilandi. O‘rta paleolit davri yodgorliklari jahon fanida muste va levallua–muste (rivojlangan davri) bosqichlariga ajratib beriladi. O‘zbekiston arxeologiyasida ham shu bo‘linishlar qabul qilingan bo‘lsa–da, tadqiqotchilar o‘rta paleolit davrining mahalliy o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib, uning 4 ta mahalliy guruxini ajratib ko‘rsatadilar: muste, levallua, levallua–muste, soan. Buni dastlab V.A.Ranov taklif qilgan va unga toshni paraqalashdagi o‘ziga xos texnikaviy uslubni asos qilib olgan.

To‘rtlamchi davrda boshlangan muzlik ashelning so‘nggi bosqichlariga kelganda janubiy rayonlarga ham siljib borgan. Iqlim tobora sovib borgan. Bu davrda G‘arbiy Yevropada Riss muzligi davri bo‘lsa, tropik o‘lkalarda yomg‘irlar davri, ya’ni plyuvia (lot. yomg‘ir degan ma’noda) davri hukmron bo‘lgan. O‘zbekiston xududida xam ilgarigi mu’tadil iqlim o‘rnini sovuq havo egallagan. Ajdodlarimiz yangi iqlimga moslashgancha, ularning hayoti nihoyatda og‘ir kechgan. Sovuqqa moslashmagan hayvonlar janubga ketishgan. Ibtidoyi odamlar sovuqqa moslashish uchun avvalgi turmush tarzini o‘zgartirishga majbur bo‘lishgan. Sovuqdan himoyalanib, g‘orlarni o‘zlashtirganlar, oddiy chaylasimon boshpana qurishni ham ixtiro qilganlar. Hayvon terisidan kiyim tikib kiyganlar va gulxan atrofida jon saqlaganlar. Termachilikning ahamiyati pasayib ketgan. Ovchilikning insonlar tirikchiligida ahamiyati oshgan. Bu esa ov uslublarini va qurollarini takomillashtirishni taqoza etgan. Ular to‘da to‘da bo‘lib yurib, olov bilan hayvonlarni yo jarlikka yo g‘or ichiga haydab tutganlar. Toshni qayta ishlash texnikasi ham takomillashgan. Ixcham qurollar ishlab chiqa boshlaganlar. Bu yangi yorma texnika usuli yordamida amalga oshirilgan. Bunda qurol yasaladigan chaqmoqtoshning bosh tomoni ustalik bilan urib o‘girilib, tekis maydoncha hosil qilinadi. Shu maydoncha orqaligina toshning mayda paraqalarini olish imkoni tug‘iladi. Barcha paraqalar olinib bo‘linganidan keyin uchirib bo‘lmaydigan o‘zak qoladi. Bu o‘zak nukleus deb ataladi. Muste davri uchun gardishsimon nukleuslar va uch burchakli tosh paraqalari xarakterli bo‘lgan. Tosh paraqalar yog‘och yo‘nish, teri ishlash, qurol va kiyim tayyorlashda qulay hisoblangan.

Tosh paraqalar uchi yanada o‘tkir qilingan. Bunda tosh parrakchaga sekin asta urib salgina ishlov berilgan va yangi tur qurol hosil qilingan. Ular asosan nayzasimon toshqurol va tosh qirqich bo‘lgan. Qurollar kalta va yalpoq bo‘lib, ularga dasta o‘rnatib bo‘lmagan.

Nayzasimon tosh quroldan asosan erkaklar yog‘och qirqich, yo‘nish, hayvon o‘ldirishda foydalanganlar. Tosh qirqichlardan esa ayollar teri shilish, yopinchiqlar tayyorlashda ishlatishgan.

Toshdan o‘roqranda yasashgan, undan daraxt po‘stini shilish va randalash quroli sifatida foydalanishgan. O‘roq randa - chaqmoqtosh plastinkasidan iborat bo‘lib, tig‘i keng yoysimon qilib o‘yib ishlangan.

O‘rta tosh davri odamlari qumtosh yoki ohaktoshdan sharlar yasab, hayvonlarni ovlashda foydalanganlar. Ularni uzun tasma uchiga juft qilib bog‘lab, hayvonlarni oyog‘idan ilintirganlar. O‘rta paleolit davri odamlari hayotida olov muhim o‘rinni egallagan. Ular hayvon go‘shtini gulxanda pishirib, iste’mol qilganlar, bu ularning jismoniy va aqliy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, olov ularni sovuqdan va yirtqich hayvonlardan himoya qilgan. Shu sabab olovni saqlash masalasi ko‘ndalang bo‘lgan. Insoniyat olovdan foydalanishni o‘rganganidan buyon tabiiy olovdan foydalanib kelgan, lekin o‘rta paleolit davrida sun’iy olov chiqarishni o‘rganib olganlar. Ular yog‘ochni bir bir-biriga ishqalash natijasida olov chiqarganlar. Bu nixoyatda ko‘p mexnat talab qilgan. Yog‘ochni yog‘ochga uzoq vaqt qattiq ishqalagandan so‘ng juda mayda kipik hosil bo‘lgan, u qizib tutay boshlagan, puflab alanga oldirilgan.

O‘rta paleolit davri yodgorliklarida ko‘plab gulxan qoldiqlari topilgan. Odamlar o‘tin bilan birgalikda hayvon suyaklarini ham yoqqanlar.



O‘rta paleolit davrida neandartal tipdagi odam yashagan. Bu davr odami dastlab Germaniyaning Neandertal qishlog‘idan topilgani uchun ham shu nomni olgan. U ilk paleolit odamidan ancha farq qilgan. Uning bo‘yi past peshonasi tor va nishab, qosh ustidagi suyaklari qalin , yonoq suyaklari chiqib ketgan , iyagi nihoyatda kichkina, tizzalari sal bukilgan, 2 oziq tishi bo‘rtib chiqqan, qo‘l panjalari kalta va yo‘g‘on bo‘lgan. Bosh miyasining hajmi 1200-1400 sm ni tashkil etgan. Xudi shunday tipdagi odam 1938 yili A.P.Okladnikov tomonidan Teshiktosh g‘oridan topilgan.

Janubiy va O‘rta Osiyo xududlaridan topilgan o‘rta paleolit davri yodgorliklari-Sangxao, Teshiktosh va Og‘zi Kichikni o‘rganish jarayonida ularning kundalik hayoti qanday kechganligining guvohi bo‘lamiz. Ibtidoiy odamlarning o‘zaro munosabatlari, birgalikdagi hayoti, narigi dunyo haqidagi tasavvurlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz
Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling