O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
O’zbekistonning yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari
Download 364.83 Kb.
|
O‘zbekiston tarixidan yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va horijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy
O’zbekistonning yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari.Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Darhaqiqat, Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal surʼatlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi, deb aytsak boʻladi.Birgina misol. Prezidentimizning Fransiya (2018-yil oktyabr), Germaniya (2019-yil yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktyabr va 2020-yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy- gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. Oʻz navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may) va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan (2018- yil aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz.Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va horijiy mamlakatlar bilan iqtisodiyaloqalarning yo’lga qo’yilishi. O`zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko`rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo`lga qo`yildi. 1994-yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lidagi hamkorlik” Dasturiga qo`shildi. Bu dasturga ko`ra, O`zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o`tkazilgan harbiy mashqlarda, O`zbekiston xududida amerikaliklar bilan o`tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997-yil Norvegiyada o`tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o`ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo`lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O`zbekistonning “Tinchlik yo`lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O`zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo`lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bo`lish uchun imkon berar edi”. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O`zbekistonga tashriflari O`zbekiston va mazkur tashkilot o`rtasidagi tinchlik yo`lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko`rsatdi. Download 364.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling