O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv


Download 364.83 Kb.
bet13/31
Sana21.04.2023
Hajmi364.83 Kb.
#1376655
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
O‘zbekiston tarixidan yakuniy

O‘zbekistonda millatlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. (Islom, nasroniylik, barqarorlik)

So‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qat’i nazar O‘zbekiston xalqini tashkil etishini,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini e’lon qiladi va kafolatlaydi.
Ushbu maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, u o‘z faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda.
Mamlakatda islomiy muhim sanalarni nishonlash bilan bir qatorda boshqa konfessiyalarning ham qator diniy tadbirlari keng nishonlanadi. Jumladan, 1996 yilning noyabr oyida Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va Orta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi, 1996 yilning dekabr oyida Markaziy Osiyodagi yagona Yevangel-lyuteranlar jamoasining 100 yilligi keng kolamda nishonlandi. 1995 yilda "Bir osmon ostida" xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi otkazildi.

  1. O‘zbekistonda dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. (teng huquqlilik, barqarorlik, ko'p millatli)

Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug nomi oz orniga qoyildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bolib otdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bogliq bolgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bagishlangan
qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda buyoq mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang (Chelak) qishlogida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik Al-Jomi as-Sahih kitobining kop ming nusxadagi nashri ozbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 1617-noyabr kunlari Margilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al- Marginoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bagishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marginoniyning islom huquqiga oid Hidoya kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng kolamda nishonlandi.
Ozbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Roza-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb elon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga kora Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bolib qoldi. Ozbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish togrisidagi farmoniga binoan Ozbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega boldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming Ozbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida boldilar.
Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etilmoqda. Quroni karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uygonishidir.




  1. Download 364.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling