O’zbekiston tarixini davrlashtirish Reja: Tarixiy va arxeologik davrlashtirish
O‘zbekiston tarixini o‘rganishning metodologik asoslari va manbalari
Download 89,86 Kb.
|
O’zbekiston tarixini davrlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
O‘zbekiston tarixini o‘rganishning metodologik asoslari va manbalari.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o‘zining uzoq va betakror tarixiga ega bo‘lganidek, O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq, shiddatli chorrahalaridan biri bo‘lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashchuvi sodir bo‘lgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O‘zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O‘zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo‘lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko‘tarilgani jahonga ma’lum. Vatanimiz tarixi o‘zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o‘zbeklar, butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanmoqdalar. Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko‘hna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohiga aylangan. O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’morchilik majmualari va yodgorliklarni ko‘rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o‘qimoqdalar, tazim qilmoqdalar. Muqaddas erimiz orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘li Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni birbiriga bog‘lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan. Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha-necha ming yillar davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz o‘tmishini «O‘zbekiston tarixi» fani o‘rgatadi. Tarix - arabcha so‘z bo‘lib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o‘tmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. «O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. O‘zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko‘tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o‘zbeklarning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o‘rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma’lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli bo‘lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat ko‘rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoyatlarini keng rejada o‘rgatadi. «O‘zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. «O‘zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. Xulosa Xulosa qilib aytganda, Ma`lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g'oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz aniqrog‘i Vatanimi hududi jahon miqyosda kengayib va ma`lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o‘ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo‘lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O‘zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent «O‘zbekiston» 2017 2.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni.-T.: Sharq, 1997. 3.O’zbekiston tarixi manbalari. B.Ahmedov.2001y. 4.”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” I.Karimov.”Muloqat” 1998y. Elektron ta’lim resurslari 1. www.agro.uz 2. www.gov.uz 3. www.ziyonet.uz 4. www.qmii.uz 5. www.vse.uz Download 89,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling