O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati
Rejim nomi Yuklama koeffitsiyent rejimlari
Download 334.46 Kb.
|
АППР (лаб) Сиртқи 3
EULning oxiridagi kuchlanishning nominal qiymatiga nisbatan tushuvining protsentdagi qiymati quyidagicha aniqlanadi: . Aktiv va reaktiv quvvatning yo’qolishi (fazadagi) aktiv – induktiv, aktiv, aktiv – sig’im yuklamalar uchun quyidagicha aniqlanadi: (кVt); (кVar) Bu yerda R- EULning aktiv qarshiligi(Оm); - EUL fazasining reaktiv qarshiligi(Оm). Hisoblash natijalari 4 – jadvalga kiritilsin. Aktiv – induktiv, aktiv, aktiv – sig’im yuklamali rejimlar uchun koordinata tekisligida U2ф=f(β) bog’lanish grafigi yasalsin. EULning salt ishlash rejimidagi izolyatsiya uchun xavfli bo’lgan ruxsat etilmagan kuchlanishning keskin oshishi sodir bo’lishi mumkin. Bunga sabab qilib yuklamaning juda kichikligi yoki o’ta kompensatsiyalanishni ko’rsatish mumkin. Nazorat savollari EULning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning qanaqa parametrlariga bo’g’liq? EUL simlarining kesim yuzasi nimalarga qarab tanlanadi? АС, АЖ, АСК markali simlar belgilanishini tushuntiring? А, АЖ markali simlar qanaqa holatlarda qo’llaniladi? АСК, АСКП markali simlar qanaqa holatlarda qo’llaniladi? EULning yuklanish(zo’riqish) koeffitsiyenti qanaqa hisoblanadi? EUL laridagi quvvatning yo’qolishi nimaning hisobiga kelib chiqadi? П – simon sxemalar qanaqa holatlarda qo’llaniladi? EULning salt ishlash rejimi nima bilan xavfli? Qisqa tutashuv tokini nima maqsadda hisoblab topiladi? Laboratoriya ishi №2. Tok cheklovchi reaktorlar ishini modellashtirish.Ishdan maqsad Yakka va ikkilangan tok cheklovchi reaktorlarning modellashtirish prinsiplari bilan tanishish. Reaktorlarning tok cheklash jarayonini tadqiq qilish. Ishning nazariy qismi Reaktor qisqa tutashuv toklarini cheklash vazifasini bajaruvchi yuqori induktiv va kichik aktiv qarshiliklarga ega g’altak ko’rinishida bo’ladi. Reaktorlar quyidagi asosiy parametrlari bilan xarakterlanadi: IN – reaktorning nominal toki, А UN –reaktorning nominal kuchlanishi, кV Хn – reaktorning induktiv qarshiligi, Om ΔP – reaktordagi aktiv quvvatning yo’qolishi, кVт Reaktorlar g’altagi beton kalonkalarga o’rnatilgan temir o’zaksiz asosga o’raladi(temir o’zakning qo’llanilishi ularni to’yinib qolishi, induktiv qarshilikning kamayishi va qisqa tutashuv tokining cheklanishining kamayishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin). 6 – rasmda fazalari vertical joylashgan reaktor qurilmasi ko’rsatilgan. Bunda, 1 – beton kalonkada joylashgan galtak asosi, 2 – chulg’amlar kirishlari, 3 – izolyatorlar. Yakka reaktorlarda ikki kirishli(boshlang’ich va oxirgi) g’altak, ikkilangan reaktorlarda esa o’ramlar sonini teng ikkiga bo’luvchi o’rta nuqtadan yana bir kirishga ega bo’lgan g’altak qo’llaniladi. 6 - rasm Ikkilangan reaktorlarda manba o’rta kirishga, iste’molchilar–oxirgilariga yoki bunga teskari tarzda ulanadi. Birinchi sxema RU – 10 kV shinalaridan chiquvchi radial EULdagi qisqa tutashuv toklarini kamaytirish uchun qo’llaniladi. Ikkinchi sxema generator shina qo’shilmalariga qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun qo’llaniladi. Yakka va ikkilangan reaktorlarning shartli belgilanishi va almashtirish sxemasi mos holda 7,a – rasm va 7,b – rasmda keltirilgan. Yakka va ikkilangan reaktorlar uchun parametrlari 5 – jadval va 6 – jadvalda keltirilgan. А) B) 7 – rasm 5 - jadval. Yakka reaktorlarning parametrlari
6 – jadval. Ikkilangan reaktorlarning parametrlari
Reaktorlarning belgilanishi: Р – reaktor , Б – betonli, С – ikkilangan Д – puflab sovutish, Г – gorizontal o’rnatilish, У – pog’onali joylashuv, У yoki Г harfi bo’lmasa vertikal o’rnatilishni bildiradi. Masalan: РБСДУ10-2х1000-0,45 – nominal kuchlanishi – 10 kV, nominal toki – 1000 A, chulg’amlarning nominal induktiv qarshiligi 0,45 Om bo’lgan puflab sovutiladigan, pog’onali joylashuvchi betonli ikkilangan reaktor. Laboratoriya ishida 2 xil ko’rinishdagi reaktor ishini tadqiq qilish ko’rib chiqiladi: yakka reaktor – L, km uzunlikdagi 10 kV li radial EUL ning qisqa tutashuv toklarini pasaytirish uchun; ikkilangan reaktor – 10 kVli generator shinalaridagi qisqa tutashuv toklarini kamaytirishda ishlatiladi. Yakka reaktorni kabel liniyasiga ulanish va tekshirilayotgan tarmoq bir fazasining almashinish sxemasi mos holda 8,A va 8,B – rasmlarda ko’rsatilgan, А) B) 8 – rasm Ikkilangan reaktorni 10 kVli RU shina qo’shilmalariga ulanish va tekshirilayotgan tarmoq bir fazasining almashinish sxemasi mos holda 9,A va 9,B – rasmlarda ko’rsatilgan, А) B) 9 – rasm Ishni bajarish tartibi 7 – jadval bo’yicha yakka reaktor tekshirish sxemasi uchun har bir student o’z variantiga mos berilganlar bilan tanishish. 7 – jadval
Download 334.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling