O‘zbekiston temir yo‘llari


-§. Xodimlarni temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida qatnashishga qo‘yiladigan talablar


Download 7.56 Mb.
bet9/13
Sana21.11.2023
Hajmi7.56 Mb.
#1790423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sardor

6-§. Xodimlarni temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida qatnashishga qo‘yiladigan talablar
Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o’qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo’yicha o’qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to’g’risidagi namunaviy nizomga (ro’yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o’tkazilgandan so’ng temir yo’l transportini ta‘mirlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
Tashkilotlarda kasbiga ko’ra tanlov o’tkazilishi lozim bo’lgan kasblar va mutaxassisliklar ro’yxati bo’lishi lozim. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma‘lumotga va ish tajribasiga ega bo’lishi lozim.
Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo’lgan boshqa ishlarda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o’tgan va tegishli guvohnomaga ega bo’lishi shart. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma‘lumotga ega bo’lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O’n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo’llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro’yxati‖ga (ro’yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to'lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
7-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo’mitasi va vakolatli sog’liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko’rikdan o’tishi lozim bo’lgan xodimlarning ro’yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko’rikka kelishini ta‘minlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlarda xodimlarning sog’lig’ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Tibbiy ko’rikdan o’tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo'yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo’ymaslikka haqlidir.
Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta‘siridan holi bo’lgan ishga o’tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o’tkazishi shart.
Tibbiy ko’riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo’lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o’tkazilishi lozim. Tibbiy ko’riklar davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo’mitasi tibbiy ko’rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko’zda tutilgan barcha tadbirlar va ko’rsatmalarni bajarishi lozim.
Davriy tibbiy ko’riklar o’z vaqtida, sifatli o’tkazilishi va ularning natijalariga ko’ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbariyati zimmasiga yuklanadi. Xodimlarni sog’lig’i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.

Download 7.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling