O‘zbekiston Turkiya: savdo-iqtisodiy hamkorlik statatistikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi


Download 178.56 Kb.
bet1/4
Sana27.02.2023
Hajmi178.56 Kb.
#1234195
  1   2   3   4
Bog'liq
O


O‘zbekiston - Turkiya: savdo-iqtisodiy hamkorlik statatistikasi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Mazkur tashrif doirasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Shoira Nurdinova ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligini tahlil qildi.

O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari ko‘p yillik tarixga tayanadi. Bu bevosita o‘zbek va turk xalqining madaniy va diniy o‘xshashliklari hamda mushtarak tarixi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu madaniy yaqinlik ikki davlat orasida o‘zaro savdoni rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarga zamin yaratadi.
Turkiya O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida birinchilardan bo‘lib tan olgan. 1992 yilning aprel oyida Toshkentda Turkiya Respublikasi elchixonasi va 1993 yilning yanvar oyida Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi ochilgan.
Ikki davlat o‘rtasida 1992 yil 4 martda diplomatik aloqalar o‘rnatilib, munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 100 dan ortiq ikki tomonlama shartnoma va bayonnomalar imzolangan. Mazkur huquqiy hujjatlar asosida turkiyalik tadbirkorlar tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga, xususan, tekstil, ulgurji savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalarga sarmoya kiritilib kelinmoqda.
O‘zbekiston-Turkiya savdo hamkori sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3363-sonli qaroriga asosan strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlandi. Savdo-iqtisodiy va qo‘shma investitsiya loyihalari bo‘yicha hamkorlikni yana-da kuchaytirish, bu borada tovar ayirboshlashni ko‘paytirish hamda yetakchi kompaniyalar kooperatsiyasini kengaytirish yo‘lida muhim qadamlar tashlandi.
Infografika: Torgovlya Uzbekistana s Tursiyey

Download 178.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling