O’zbekiston va jahon hamjamiyati Yangilayotgan O’zbekiston, milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari
Download 467.69 Kb.
|
1 2
Bog'liq11. Ozbekiston va jahon hamjamiyati
O’zbekiston va jahon hamjamiyatiG.DawletnazarovaReja
O`zbekiston Qo`shilmaslik harakatiga a`zo bo`lgani sababli hech qaysi blokka qo`shilmaydi. Biz buni milliy xavfsizlikning muhim kafolati deb bilamiz. Shu bilan birgalikda, harbiy bloklar bilan hamkorligimiz tinchlik ishiga, mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligi maqsadlariga, demakki, O`zbekistonning milliy xavfsizligi mustahkamlanishiga xizmat qilsa, biz hamisha muloqotga tayyormiz. Shu o`rinda O`zbekistonda 1994-yilning iyulida NATOning kollektiv xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan "Tinchlik yo`lida hamkorlik" loyihasi amalga oshirildi. O`zbekiston o`z mustaqilligini dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan quyidagi asosiy tamoyillarga amal qildi. Birinchidan, o`zaro manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi: Ikkinchidan, teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik: Uchinchdan, mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik: To`rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustivorligi: Beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish. Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turi yo`nalishlari bo`yicha muvaffaqiyatli deb bilamiz. O`zbekiston dunyo uchun ochiq. Dunyo ham O`zbekistonga juda katta qiziqish bilan qaraydi. Bu esa O`zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun kafolatdir. O`zbekiston xalqaro aloqalarni yo`lga qo`yish nuqtai nazaridan va o`z taraqqiyot istiqbollari jihatdan qulay geografik strategik mavqega ega. Qadim zamonlardan Sharq bilan G`arbni bog`lab turgan Buyuk Ipak yo`li O`zbekiston hududi orqali o`tgan. Bu yerda savdo yo`llari tutashgan tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning birini-biri boyitish jarayoni jadal kechgan. O`zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya etish bo`yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot-evropa xavfsizlik va xamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi. I.Karimovning 1992-yil 9-10 iyulda bo`lib o`tgan Evropa xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishiva unda nutq so`zlashi O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallaganining dalilidir. O`zbekiston Respublikasi o`zining xohish irodasi va taklifiga ko`ra 1992-yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot –Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. O`zbekiston BMT Nizomini xalqaro huquqiy me`yorlarni, shuningdek BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilinishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to`la teng huquqli a`zosi bo`ldi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993-yilda bo`lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma`ruzasi O`zbekistonni jahonga qo`hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O`zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchilar seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish Afg`oniston mojorosini va boshqa bir qator masalalalar bo`yicha bir qator takliflarni o`rtaga qo`ydi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, uning BMT homiyligida ta`lim, fan va madaniyat bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilot-YuNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. YuNESKOning bosh maqsadi barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq o`rganishga ko`maklashishdan iborat. YuNESKO har yili o`z faoliyati doirasida jahonda 150-200 tadbir o`tkazadi. 1993-yil 29-oktyabrda YuNESKOning Parijdagi qarorgohida O`zbekistonning YuNESKOga a`zolikka qabul qilish marosimi bo`ldi. O`sha kuni Ulug`bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YuNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktyabrda Parijda Ulug`bek haftaligi o`tkazildi. Xiva, Samarqand va Buxoro YuNESKOning jahon madaniy qadriyatlari ro’yxatiga kiritildi. 1996-yil oktyabr oyida Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi nishonlandi. 1994-yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Konstituciyamiz qabul qilinganligining 24 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ilgari surilgan «2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi» davlat va jamiyatning bosh maqsadi bo`lgan odamlarning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta`minlashga qaratilganligi bilan nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Keng jamoatchilikning katta qiziqishi va alohida e`tiboriga sazovor bo`lgan “Harakatlar strategiyasi” O`zbekiston taraqqiyotining navbatdagi bosqichida kontseptual ahamiyatga egaligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur hujjatning davlat va nodavlat tashkilotlari, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo`lgan siyosiy partiyalarning faollari, qolaversa, jamoatchilik vakillari tomonidan muhokama etilishi mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning amaldagi hayotiy ko`rinishi, deb e`tirof etish o`rinli bo`ladi. Bir so`z bilan aytganda, «Harakatlar strategiyasi»ning muhokamaga chiqarilishi-xalq bilan muloqotning nihoyatda hayotiy, yorqin ifodasidir. Download 467.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling