O‘zbekiston va unga tutash hududlarning regional neftgazli hududlarining tasnifi va tiplari


Download 0.54 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1522560
Bog'liq
O‘zbekiston va unga tutash hududlarning regional neftgazli hududlarining

O‘zbekiston va unga tutash hududlarning regional neftgazli hududlarining tasnifi va tiplari

O‘zbekiston va unga tutash davlatlar hududida bugingi kunda to‘rtta neftgazli provinsiyalar ajratilgan bo‘lib (Shimoliy Ustyurt, Turon, Tyan-Shan-Kunlun, Tyan-Shan) neftgazlilikning stratigrafik diapazoni mezozoy va paleozoy-mezozoy yotqiziqlarini o‘z ichiga oladi. Bu neftgazli provinsiyalarning geostrukturalari turli geodinamik sharoitlada rivojlangan.

Bu geodinamik sharoitlar Yer turli bo'laklarining bir-biridan ajralishi va qaytadan birikishi oqibatida ro'y berar ekan. Ajralish va birikish harakatlarini yuqorida izohlab chiqqanligimiz sababli qaytadan bu haqda to'xtalib o'tmasdan, shuni qayd etish lo­zimki neftgazgeologik rayonlashtirish nati­jasida ajratilgan xar bir NGP ni tashkil etuvchi va uning regional neftgazliligini nazorat qiluvchi geotuzilmalarning shakllanishi aynan shu geodinamik vaziyatlarga bog'likdir.

Demak, har bir NGPni neftgazliligi uning tarkibidagi geotuzilmalar geodinamikasi va stratigrafik kengligi bilan bir-biridan farqlanib turadi. Нeftgazgeologik rayonlashtirishning klassik prinsiplari va geotuzilmalar shakllanishining zamonaviy geodinamik prinsiplarining uyg'unlashgan yo'nalishi асосида dunyo neftgazli provinsiyalarining umumlashgan tasnifi ishlab chiqildi.

O‘zbekiston va unga tutash bo‘lgan davlatlar hududidagi neftgazli provinsiyalarning geotuzilmalari asosan epiriftogen va Kollizion ko'rinishdagi sharoitda shakillangan

Epiriftogen neftgazli provinsiyalar geost­ruktura elementlari avlakogen, ba'zilari inversion geodinamik ko'rinishga ega bo'lib, bular asosan ko'rilayotgan provinsiyalar tarkibiga kiruvchi neftgazli oblastlar mahsuldorligini nazorat qiladi. Epiriftogen neftgazli provinsiyalarga MDXda Vol­ga—Ural, Leno—Tunguse, Timan—Pechora, Us­tyurt, Turon, G'arbiy Sibir va boshqalar, Arabiston plitasida — Sharqiy Arabiston, Afrikada - Saxroi Kabir, Sharqiy O'rtaer dengizi va shu kabilar kiradi.

Bu pro­vinsiyalar stratigrafik kengligi jihatidan turlichadir. Epiriftogen neftgazli provinsiyalardan Turon va Ustyurt provinsiyalarining bir qismi O'zbekiston hududini egallaydi. Turon neftgazli provinsiyasining Amudaryo subprovinsiyasi tarkibida O'zbekistonning Buxoro (Buxoro tektonik pog'onasida joylashgan) va Chorjuy (shu nomli tektonik pog'onada) hamda Shimoliy Qizilqum subprovinsiyasida Sharqiy Orol (Qoraqalpog'istonda) neftgazli oblastlari joylashgan. Shuningdek, Ustyurt neftgazli provinsiyasining janubiy qismi O'zbekistonning Qoraqalpog'iston hududini egallaydi. Qoraqalpog'istonning Janubiy qismi (Shoxpaxti tektonik pog'onasi va Assaksudan egikliligi) Mangishloq-Janubiy Ustyurt neftgazli pro­vinsiyam tarkibiga kiradi.

Kollizion ko'rinishdagi neftgazli provin­siyalar litosfera plitalarining kaledon. tersin, kimmeriy va alpiy burmachanliklaridagi geostrukturalar bilan bog'liq. Masalan, kaledon burmachanligidagi provinsiya­larga -Tyan-Shan, Kuznesk—Shimoliy Mongoliya, Kanadaning janubiy-sharqiy, ter­sin burmachanligidagi provinsiyalarga -Urol oldi, Uochito-Uoshito, Appalachi tog'oldi, Tyan-Shan—Kunlun, kimmeriy burma­chanligidagi provinsiyalarga — Verxoyanoldi, alpiy burmachanligidagi provinsiyalarga — Alp—Himolay, Kavkaz—Kopetdog'oldi kabi provinsiyalar kiradi. Ular stratigrafik kengligi bo'yicha paleozoy, paleozoy-mezozoy, mezozoy, mezozoy-kaynozoy va paleozoy-mezo­zoy-kaynozoy turlarga bo'linadi.

Kollizion ko'rinishdagi neftgazli provinsiyalardan gersin burmachanligidagi mezozoy-kaynozoyli Tyan-Shan—Kunlun provinsiyada O'zbe­kistonning Farg'ona neftgazli oblasti hamda Afg'on-Tojik neftgazli oblasti tarkibiga kiruvchi Surxondaryo va Janubiy-g'arbiy Hisor neftgazli rayonlari joylashgan.

Demak, dunyo neftgazli provinsiyalarining umumlashgan tasnifida O'zbekistonning regional neftgazli to'plamlari quyidagicha tavsiflanadi:

1. Geodinamik nuqtai nazardan yettita ko'rinishdan (rift vodiysi, protookean, sust chekka, epiriftogen, orolli yoylar, faol chek­ka, kollizion) O'zbekistonda ikki xili —epiriftogen (Turon va Ustyurt provinsiyala­ri) va kollizion (Tyan-Shan-Kunlun neftgazli provinsiyasi) geodinamik ko'ri­nishdagi regional neftgazli to'plamlar mav­jud.

2. Neftgazlilikning stratigrafik kengli­gi jihatidan provinsiyalarning ettita turidan (yuqori proterozoy-paleozoy, paleozoy, paleozoy-mezozoy, mezozoy, mezozoy-kayno­zoy, kaynozoy va paleozoy-mezozoy-kaynozoy). O'zbekistonda uchta turi mavjud: bular asosan mezozoy (Turon) va paleozoy-mezozoy (Us­tyurt), epiriftogen va asosan mezozoy-kaynozoy (Tyan-Shan-Kunlun) kollizion neft­gazli provinsiyalar.

Bunday tasniflash o'z navbatida regional neftgazli to'plamlarni yer qobig'ida joyla­shish qonuniyatlarini yagona metodologik prinsip asosida o'rganish imkonini berib, bu qonuniyatlarni kam tadqiq etilgan neft­gazli provinsiyalar istiqbolini belgilashga zamin yaratadi.

Dunyo neftgazli provinsiyalarining umumlashgan tasnifi asosida geologiya fanidagi analogiya (muqobillik) usulini neftgazli provinsiyalarning yangi neftgaz to'plamlarini bashoratlashda qo'llash uchun keng imkoniyat yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yuqori potensialga ega yer osti bo‘yliklari mavjud bo‘lib, uning hududining 60 % neftgaz potensialiga ega. Respublikada beshta asosiy neftgazli region ajratilgan bo‘lib, bular – Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisoroldi, Surxondaryo va Farg‘ona neftgazli regionlar. Bu regionlarda xorijiy kompaniyalari bilan hamkorlikda jadal ishlar olib borilmoqda.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling