O'zbekiston va yunesko munosabatlari reja
-bob. Komissiyaning tarkibi
Download 0.64 Mb.
|
O\'zbekiston va yunesko munosabatlari reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Komissiya ishini tashkil etish
4-bob. Komissiyaning tarkibi
10. Komissiya tarkibiga Komissiya raisi, uning o‘rinbosarlari, Bosh kotibi va Komissiya a’zolari kiradi. Komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek, fan, madaniyat va ta’lim arboblari ham kiritilishi mumkin. Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya raisi, uning o‘rinbosarlari va Komissiya a’zolari Komissiya faoliyatini amalga oshirishda jamoatchilik asosida ishtirok etadilar. Komissiya Bosh kotibi Komissiya kotibiyati rahbari hisoblanadi va o‘z faoliyatini doimiy asosda olib boradi. 11. Komissiya a’zolari uning majlislarida almashuv huquqisiz ishtirok etadilar. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi. 5-bob. Komissiya ishini tashkil etish 12. Komissiya majlislarini Komissiya raisi olib boradi, Komissiya raisi qatnashmagan hollarda uning topshirig‘iga ko‘ra yig‘ilishni rais o‘rinbosarlaridan biri olib boradi. 13. Komissiyaning umumiy majlislari navbatdagi va navbatdan tashqari bo‘lishi mumkin. Navbatdagi umumiy majlislar har yilda kamida bir marta chaqiriladi. Bunda, qoida tariqasida, Komissiya raisining va Bosh kotibining Komissiya ishchi guruhlari va kotibiyatining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari tinglanadi, Komissiya qarorlarining bajarilishi ko‘rib chiqiladi, uning istiqboldagi faoliyati muhokama qilinadi hamda kotibiyat va Komissiyaning ish rejalari tasdiqlanadi. Navbatdan tashqari umumiy majlislari alohida hollarda Komissiya vakolatlari doirasiga kiradigan, zudlik bilan hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan chaqiriladi. 14. Komissiyaning umumiy majlislar o‘rtasidagi davrda barcha ishlarga Komissiya kotibiyati rahbarlik qiladi. 15. Umumiy majlislarning kun tartibi, shuningdek, ularni o‘tkazish joyi va vaqti Komissiya raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra rais o‘rinbosarlaridan biri tomonidan belgilanadi. 16. Majlislar Komissiya a’zolarining umumiy sonidan kamida yarmi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 17. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda, majlisga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 18. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya raisi yoki majlisga raislik qilgan uning o‘rinbosari va Komissiya Bosh kotibi imzolaydi. 19. Komissiya majlisi qarorlarining mazmuni (sharhi) ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi. 20. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlarni o‘zida mujassam etgan materiallar Komissiyaning yopiq majlislarida Komissiyaning vakolatli a’zolari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ushbu majlislarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaydi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling