O‘zbekiston va yunesko munosabatlari


Download 73.91 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi73.91 Kb.
#1736115
Bog'liq
O‘zbekiston va yunesko munosabatlari-fayllar.org



O‘zbekiston va YUNESKO munosabatlari.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi. 1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Azal-azaldan maorif, fan va madaniyat masalalariga alohida e’tibor qaratgan o‘zbek xalqining mazkur tashkilot bilan izchil va istiqbolli hamkorligi ayni muddao bo‘ldi. YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan maktablar dasturi tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. 1994-yil dekabrda tuzilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa mamlakatimizning 45 ta’lim muassasasi qo‘shildi. Mazkur ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta’lim barcha uchun» maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligini targ‘ib etmoqda.


Bundan tashqari tashkilotning ta’lim sohasidagi faoliyati inklyuziv ta’lim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim, jamoat ta’limi markazlari, kasb-hunar o‘quv muassasalari, sog‘lom turmush tarzi ta’limi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirildi.
Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi. YuNESKOning fan dasturlari doirasida biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy manbalardan oqilona foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Tashkilotning «Xalqaro gidrologiya», «Inson va biosfera», «Bioetika, MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish)» xalqaro dasturlari bo‘yicha mamlakatimizda milliy qo‘mitalar tashkil etildi. O‘zbekiston olimlari YuNESKO shafeligida o‘tkazilgan Avstraliya, Sloveniya, Tailand, Eron xalqaro ilmiy anjumanlarida ishtirok etib kelmoqda.
Misol uchun, 1995-yil 5-iyulda YuNESKOning «Buyuk ipak yo‘li – muloqot yo‘li» dasturi asosida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgani, Urganch davlat universiteti hamda Bonn universiteti bilan hamkorlikda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan loyiha amaliyotga tatbiq etilgani buning tasdig‘idir. Bundan tashqari, Samarqandda har yili yozgi oromgohlarda yosh olimlarning quyosh energiyasi bo‘yicha ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinayotir. Maktablarda tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim izchil rivojlantirilib, O‘zbekiston ekologik atlasi va O‘zbekistondagi buloqlar atlasi chop etildi. Ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar amaliyotga joriy qilinmoqda. Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YuNESKO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO davlatlar va nohukumat tashkilotlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiya qabul qilindi. Shu kunga qadar 88 mamlakatning ajdodlardan avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urf-odat, an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq, raqslari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirga qadar O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy ro‘yxatida 74 ta obyekt mavjud.
Umumjahon merosining noyob namunasi sifatida O‘zbekiston hududidagi to‘rt qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzning YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgani, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayrami, Katta ashula, «Shashmaqom», askiya insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy olgani, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida to‘plangan nodir qo‘lyozmalar «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgani O‘zbekistonning mazkur xalqaro tashkilot bilan izchil va samarali hamkorligi samaralaridir. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk ajdodlarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimiz, «Alpomish», «Avesto» adabiy yodgorliklarimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining yubileylari YuNESKO ishtirokida keng nishonlandi. Bular qatorida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ham alohida qayd etish joiz. Har ikki yilda bir marotaba Samarqandning Registon maydonida o‘tkaziladigan mazkur xalqaro tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Unda dunyoning deyarli barcha hududlaridan san’at namoyandalari, musiqashunoslar, qo‘shiqchilar, sayyohlar qatnashadi. YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq davlatning milliy qadriyatlari, tamaddun va madaniyat o‘choqlariga hurmat tashkilotning asosiy mezonidir.

Maorif, fan va madaniyat insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo xalqlari yagona oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib kelmoqda. Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro tashkilotning mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab, hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish tarafdoridir. Bugungi kunda YUNESKO tomonidan O'zbekiston uchun birinchi marta qabul qilingan Mamlakat dasturi doirasida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda. Xalqimizning noyob madaniy-tarixiy merosini asrash sohasida hamkorlik qilish va bu boradagi almashinuvlarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jahonning ilg'or tajribasini chuqur o'rganish va jalb etish maqsadida yurtimizda YUNESKO kafedralari tarmog'i kengaymoqda. O'zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida "Dunyo dinlarini qiyoslama tadqiq etish", "Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi", "Madaniyat turizmi" kabi kafedralar ochilmoqda. YUNESKO ko'magida mamlakatimizda "Sharq taronalari", baxshichilik san'ati, hunarmandchilik festivallari, Maqom san'ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar tashkil etilmoqda. Uchrashuvda keng ko'lamli sheriklikni yanada rivojlantirish, jumladan, Jahon merosi qo'mitasining navbatdagi sessiyasi yakunida erishilgan kelishuvlarni so'zsiz amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O'zbekistonda madaniy meros ob'ektlarini rivojlantirish va asrash sohasidagi faol sa'y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Bugun Samarqandda shu mavzuga bag'ishlab muvaffaqiyatli o'tkazilgan qo'shma xalqaro konferentsiya natijalari yuksak baholandi.


Madaniyat, ta'lim va fan, gender siyosat yo'nalishlarida hamda ekologiya, jumladan, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo'nalishida amaliy hamkorlik imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
YUNESKO Bosh direktori samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi. Yurtimizda boy madaniy merosni asrab-avaylash, turizm salohiyatini ro'yobga chiqarish, ta'lim va fan, atrof-muhit muhofazasi sohalarida muhim o'zgarishlarni amalga oshirish borasidagi islohotlar ijobiy natijalar berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kuni «Sharq taronalari» o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida so'zlagan nutqida yigirma ikki yildan buyon mazkur festival` YUNESKO rahnamoligida o'tkazib kelinayotganini alohida qayd etdi. Ushbu tashkilotning Bosh direktori Odri Azule xonim yurtimizga shaxsan tashrif buyurib, anjumanga alohida fayz va ko'tarinki ruh bag'ishlagani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
YUNESKO Bosh direktori Odri Azule o'z chiqishida festival` o'tayotgan Samarqand Amir Temurning buyuk davlati, Registon maydoni esa Mirzo Ulug'bek merosidan dalolat berishini, bu meros asrlar davomida olimlar, hunarmandlar, san'atkorlarni bu yerga yetaklaganini qayd etdi. Umumbashariy tarixni asrash, universal til bo'lgan musiqani rivojlantirish YUNESKOning mas'uliyat doirasiga kirishini, tashkilot O'zbekiston bilan keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun: BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti – YUNESKO Ikkinchi jahon urushidan so'ng, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Uning asosiy maqsadi ta'lim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko'maklashishdir. 
YUNESKOning Parij shahridagi Bosh qarorgohi 1958 yil 3 noyabrda ochilgan. Ushbu bino Parij shahridagi Sena daryosining so'l qirg'og'ida joylashgan. Lotincha “Y” belgisiga o'xshash bino loyihasi Xalqaro me'morlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda AQShdan Marsel` Breyer, Italiyadan P`er Luidji Nervi va Frantsiyadan Bernar Zerfyus kabi arxityektorlar ishtirok etishgan. Bino arxitekturasi ham o'ziga xos bo'lib, u 72 ta beton ustun ustiga o'rnatilgan. Uchta korpusdan tashkil topgan binoning 1068 ta derazasi barcha xonalariga yetarli miqdorda yorug'lik tushishini ta'minlaydi.
Odri Azule – 1972 yil 4 avgustda Parijda tug'ilgan. 2000 yilda Frantsiya administratsiyasi milliy maktabini tamomlagan. Shundan so'ng Il`-de-Frans mintaqasi Hisob palatasida ishlagan. 2014 yilda Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Ollandning maslahatchisi, 2016-2017 yillardagi Frantsiya Madaniyat va kommunikatsiya vaziri sifatida faoliyat olib borgan. U 2017 yil 15 noyabrdan YUNESKOning Bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
O’zbekiston YUNESKOga 1993 yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997 yilda Tashkilotga a'zo mamlakatlar O’zbekiston Respublikasini 4yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv organiga saylagan. Shu yo’sinda, 2009 yildan 2013 yilgacha O’zbekiston YUNESKOning Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan voqyealardan biri, 1998 yil 6-7 noyabr kunlari O’zbekistonda YUNESKO Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib o’tgan, unga ko’ra Toshkent deklaratsiyasi “A'zo mamlakatlarda YUNESKOning faoliyati va madaniyati” qabul qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston xalqi uchun muhim bo’lgan, tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa qo’shgan olimlarning sana va yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: astronom olim Mirzo Ulug’bekning 600-yilligi
• Amir Temurning 660- yilligi
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225- yilligi
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek, Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli hududlarida 10ta kafedra va YUNESKOning 10ta ijtimoiy-ta'lim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday loyihalar amalga oshirilgan:
• “Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros majmualarini ro’yxattan o’tkazish”;
• “Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik restrukturizatsiyasi”;
• “O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”;
• “O’zbekistonning kulolchilik san'ati”;
• “”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”;
• “O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va bo’yash o’quv markazlari ochish”;
• “Boysun hududining madaniy merosi”.
Download 73.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling