O’zbekiston Vatanim manim
Download 20 Kb.
|
5-sin-ona-til-diktant
O’zbekiston – Vatanim manim Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan – bu oila men tug’ilib voyaga yetgan go’sha, men yashab turgan zamindagi hamma hamma narsa. Vatanni onaga qiyoslaydilar. Onaning muqaddasligini ta’riflashga so’z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham Vatanni e’zozlab, uning har bir qarich tuprog’ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi tinchligi uchun hissa qo’shish, hamisha ogoh bo’lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz. Har bir xalq o’z Vatanini nechun sevadi. Yer yuzida shunday yurtlart borki yil - o’n ikki oy yoz bo’lmaydi yoki aksincha. O’shanday yurtlarda yashovchilar ham Vatanini boshqa yurtga alishmaydilar. Har kimning kindik qoni to’kilgan joy – muqaddas – uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg’u bilan biz O’zbekistonni sevamiz. (106 so’z) Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling