O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bo‘limi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish icesco kafedrasi
ALOUDDIN SAMARQANDIY “SHARHU TAʼVILOTI AHL - AS - SUNNA” ASARINING TAFSIR ILMIDA TUTGAN O‘RNI
Download 28.36 Kb.
|
mustaqil ish movaraunahr allom iliy merosi
ALOUDDIN SAMARQANDIY “SHARHU TAʼVILOTI AHL - AS - SUNNA” ASARINING TAFSIR ILMIDA TUTGAN O‘RNI
Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin as-Samarqandiyning (vaf. 539/1144-45) usul al-fiqh va furuʼ al-fiqh bo‘yicha yetuk olim bo‘lib, “Tuhat al-fuqaho”, “Mabsut”, “Ziyodot”, “Mizon al-usul fi natoij al-uqul”, “al-Lubob fi usul al-fiqh”, “Sharh taʼvilot al-Qurʼon” asarlarini yaratgan. Yuqorida taʼkidlab o‘tilganidek, Alouddin Samarqandiy fiqh ilmi bilan bir qatorda kalom, tafsirga oid qarashlari bilan ham alohida o‘rin tutadi. Biroq uning tafsir va kalomda tutgan o‘rni borasida yetarlicha tadqiqotlar olib borilmagan. “Sharh taʼvilot al-Qurʼon” asarning nusxalari Toshkent va Stambulda saqlanayotgan qo‘lyozmalari buyuk vatandoshimizning ochilmagan qirralarini namoyon etishda ko‘mak beradigan muhim manbalardir. Ayniqsa, asarning Toshkent qo‘lyozmasi 1296 yilda ko‘chirilgan eng qadimiy nusxa bo‘lib, olim dunyoqarashi bo‘yicha aniq maʼlumotlarni olishda ko‘mak beradi. Alouddin as-Samarqandiyning asari nashr etilgan bo‘lmay, ko‘pchilik jahon fondlarida ham mavjud emas. Toshkentda O‘zR FA SHI Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan Alouddin as-Samarqandiy “Sharh taʼvilot al-Qurʼon” tafsirining nusxasi raqami 3249, nastaʼliq yozuvida ko‘chirilgan, tafsirining birinchi daftari bir jildda, 316 varaqdan iboratdir. Kitobning o‘lchai 27.5X.17.5 sm. bo‘lib, har bir sahifada 27 satr matn bor. Qo‘lyozma qora siyoh bilan sharq qog‘oziga yozilgan. Asarning muqovasi bezakli, charmdan tayyorlangan. Qo‘lyozmadagi yozuvlarning turliligiga qaraganda uni bir nechta xattot ko‘chirganligi maʼlum bo‘ladi. Qo‘lyozma 695/1296 yilda ko‘chirilgan. Ushbu qo‘lyozma hozirgi davrimizgacha juda yaxshi saqlangan. Qo‘lyozmaning birinchi betida Alouddin as-Samarqandiy Imom al-Moturidiyning “Taʼvilot ahli-s-sunna” asariga sharh yozishi sabablari haqida so‘z yuritgan. Alohida ahamiyatga molik jihatlaridan qo‘lyozma matnidan tashqari xoshiyalarda aqidaviy masalalar mavzulari keyinchalik olimlar tomonidan yozib yengillashtirilganidadir. Chunki, tafsir asarlari ayniqsa, qadimiy nusxalarida masalalar matn davomida ko‘rilib, ular ajratilmaydi. Shuningdek, tafsirga oid masalalar bo‘yicha boshqa sharhlar ham xoshiyalarda keltirilgan. Kirish qismida Alouddin as-Samarqandiy Basmaladan so‘ng, shunday yozadi: الحمد لله رب العلمين والصلوة والسلام على رسوله محمد وآله أجمعين وسلم كثيرا قال الشيخ الإمام أبو بكر محمد بن أحمد السمرقندي رحمه الله ... So‘ng esa, “Imom al-Moturidiyning tafsiri (Taʼvilot ahli-s-sunna asari) qadr-qimmatli kitob, unda Ahli-s-sunna va-l-jamoa tavhid (aqida) ilmi hamda Abu Hanifa va uning izdoshlarining usulu-l-fiqh, furuʼ al-fiqh ilmi bayoni Qurʼon karimga muvofiq holda berilgan. Lekin, bu tafsir uning “Kitob at-tavhid”, “Maʼxaz ash-sharoiʼ” va boshqa asarlari kabi o‘zi tasnif etgan kitoblardan bo‘lmay, balki undan keyin mashhur shogirdlari tomonidan tasnif etilgan. Shuning uchun, bu asar Imom al-Moturidiyning boshqa asarlaridan tushunilishi ancha oson kitobdir. Shu bilan birga, bu asar so‘zlar va maʼnolarning tushunilishi qiyin o‘rinlardan xoli bo‘lmadi. Bu kitobni usul va furuʼ ilmlarida o‘z zamonasida tengi yo‘q Abu-l-Muʼin an-Nasafiy sharhlab berib, loyiq o‘rinlarda qiyin so‘zlarni tushuntirib, mutlaqlarini ajratib berganida... Allohga istixora namozini o‘qib, undan tushunarli oson so‘zlar bilan sharh yozishga duo qildim”. Download 28.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling