O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bo‘limi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish icesco kafedrasi
Download 28.36 Kb.
|
mustaqil ish movaraunahr allom iliy merosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish MAVZU: Alouddin Samarqandiyning ilmlar tasnifida tutgan o’rni. Toshkent-2022 REJA
- ALOUDDIN SAMARQANDIY “SHARHU TAʼVILOTI AHL - AS - SUNNA” ASARINING TAFSIR ILMIDA TUTGAN O‘RNI FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI Magistratura bo‘limi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi “Tarix” (Islom sivilizatsiyasi) ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Nabijonov Sirojiddinning “Movarounnahr allomlari ilmiy me’rosi” fanidan Mustaqil ish MAVZU: Alouddin Samarqandiyning ilmlar tasnifida tutgan o’rni. Toshkent-2022 REJA: ALOUDDIN SAMARQANDIYNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI ILMIY MEROSI ALOUDDIN SAMARQANDIY “SHARHU TAʼVILOTI AHL - AS - SUNNA” ASARINING TAFSIR ILMIDA TUTGAN O‘RNI FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI ALOUDDIN SAMARQANDIYNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI Allomaning to‘liq ismi Shamsulislom Alouddin Abu Bakr Muhammad Ahmad Samarqandiy (vaf. 539/1144-45)dir. U O‘rta Osiyoda hanafiylarning mashhur imomlaridan saboq oldi. Ahmad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn al-Husayn ibn Abdul Karim ibn Muso ibn Abdulloh ibn Mujuhid ibn Abul Yusr. Bu alloma yana Sadr al-aimmati Abul Maoliy al-Pazdaviy (Bazdaviy) an-Nasafiy al-Pazdaviy al-Qoziy as-sadr nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Pazdaviy fiqh ilmini Ismoil ibn Abdusodiq, Abu Mansur al-Moturiydan va Abu Yaʼkub Yusuf Sayyoriydan o‘rgangan. Usul va Furuʼ bo‘yicha salohiyatli olim sifatida hanafiy mazhabi rayosati darajasiga ko‘tarilgan. Sadrul islom 493/ yil Buxoroda vafot etgan. Shuningdek, boshqa manbalarda esa, xajdan qaytayotib, 541/1446y. Saraxsda hayotdan ko‘z yumganligi aytiladi. Abul Muʼin ibn Muhammad ibn Muhammad Mahkul an-Nasafiy. Imomi fozil, sayf ulhaq (haqiqat qilichi), jomiʼ al-usul, al imom az-zohid, al-faqih al-hanafiy laqablari bilan mashhur bo‘lgan. An-Nasafiydan fiqhga doir “Sharq al-jomi al-kabir” va shuningdek, kalomga oid “Bahr al-kalom” va Abu Mansur al-Moturidiyning “Kitob at-tavhid” asari ruhiga yaqin tarzda yozilgan “Tabsirat al-adilla” nomli asarlari saqlanib qolgan. Abu-l-Muʼin an-Nasafiy Nasafda tug‘ilib voyaga yetgach, dastlabki bilimlarni o‘z oilasida, xususan otasi Muhammad al-Makhuldan olgan. So‘ngra alloma Samarqandda ham uzoq yillar ilmiy faoliyat olib borgan va o‘z asarlari bilan moturidiya kalom maktabining rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Abul Yusr al-Pazdaviy, Faxr al-islom Abu-l-Hasan al-Pazdaviy va Abu-l-Muʼin an-Nasafiydan iborat olimlar guruhi dastlab Samarqandda, so‘ngra Buxoroda samarali ilmiy faoliyat olib borganlar. Nasafiy ilmiy merosini tadqiq etgan olimlar unga nisbatan turlicha yondoshganlar. Abul Muʼin an-Nasafiyni baʼzi olimlar nafaqat mutakallim, balki muhaddis yoki faqih sifatida ham taʼkidlaganlar. Masalan, Samʼoniy allomani Ibsan qishlog‘idan yetishib chiqqan muhaddis, deb taʼriflagan. Shuningdek, Yusuf Ziya Kavakchi hamda Bag‘dodiy kabi qomusshunos olimlar esa Abul Muʼin an-Nasafiyni faqih deb ataganlar. Lekin, ayni vaqtda Nasafiyni faqat mutakallim olim sifatida tan oladigan tadqiqotchilar ham mavjud. Turk kalomshunos olimi M.S.Yazichio‘g‘li Kavakchi va Bag‘dodiylarning Nasafiyni faqih deb ataganlariga urg‘u berib, ularning bu fikrlarini rad etadi. Uning fikricha, yuqoridagi kabi ayrim manbalarda Nasafiyni faqih deb atalishiga ash-Shayboniyning (v. 187/802 y.) «al-Jamiʼ al-kabir” asariga yozilgan «Sharh al-jamiʼ al-kabir” asari sabab bo‘lgan. Haqiqatan, ko‘pchilik manbalarda bu asar Nasafiyga mansub ekanligi qayd etilgan. Yazichio‘g‘li bu asarni Nasafiyga tegishli ekanligini inkor etadi. U, Alouddin an-Nasafiy nomli olimning «Sharh al-jamiʼ al-kabir”ga sharh yozganini va bu asarni nashr qildirgan bir tadqiqotchining esa, Ibn Abul-Vafoʼning «al-Javahir al-muziya” asaridagi maʼlumotga tayanib, bu asarni Nasafiyga tegishli, degan xulosaga kelganligini taʼkidlaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Yazichio‘g‘li kabi, allomaning ilmiy merosiga nisbatan bir tomonlama yondoshish noto‘g‘ridir. To‘g‘ri, ayni damda Nasafiyning bironta ham fiqhga oid asari yo‘q. Shuningdek, Nasafiyning eng yaqin shogirdi Alovuddin as-Samarqandiy mashhur faqih bo‘lganligini ham yodda tutishimiz kerak. Shu jihatdan olib qaraganda, Alovuddin as-Samarqandiy asosan fiqhga oid «Tuhfatu-l-fuqaho” asarini yozishda o‘z ustozi Nasafiydan qimmatli maslahatlar olganligi tabiiydir. Shuni yana alohida taʼkidlash joizki, hanafiy mazhabida yana bir mashhur faqih olim Burhonddin al-Marg‘inoniy ham allomaning «Tabsiratu-l-adilla” asarini rivoyat qilgan. Masalan, Abu Hanifa ham mashhur faqih olim sifatida eʼtirof etilsada, uning fiqh ilmiga oid maxsus asarlari haqida hozirgi kungacha maʼlumotlar yo‘qdir. Demak, Yazichio‘g‘lining daʼvosiga ko‘ra, Abu Hanifani ham faqih bo‘lmagan degan xulosaga kelish kerak bo‘lib qoladi. Nasafiyning ko‘plab shogirdlari nafaqat kalom, balki fiqh sohasida ham ijod qilganlar. Demak, allomani faqih nisbasi bilan ham atash mumkin. Shuning uchun ham Yusuf Ziya Kavakji Movarounnahr faqihlarining hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan asarida Abul Muʼin an-Nasafiyga ham alohida joy ajratgan. Download 28.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling