O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bo‘limi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish icesco kafedrasi
Download 28.36 Kb.
|
mustaqil ish movaraunahr allom iliy merosi
ILMIY MEROSI
Alouddin as-Samarqandiy yaratgan fiqhiy asarlarini 2 qismga ajratishimiz mumkin: Usul- ul fiqh bo‘yicha – “Mizan alusul finatoij al-ucul” (Aqllar o‘lchamida asoslar tarozusi). Bu kitob 1145 yil atrofida yozilgan bo‘lib, uning XIII asr oxirida ko‘chirilgan 2 ta nodir qo‘lyozmasi O‘zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Hamda “Lubob fi usul al-fiqh” (“Fiqh asoslarining yuragi”) kabi asarlari mavjud. Furuʼ-al-fiqh bo‘yicha esa –“Tuhfat al-fuqaho” (“Faqihlar uchun Tuhfa”), “Al-Mabsut” (“Kengaytirilgan”) va “az-Ziyodot” (“Qo‘shimchilar”, “Orttirmalar”) kabi asarlari mavjud. Ushbu asarlari orasidan muallifning “Tuhfat al-fuqaho” asari alohida ahamiyatga ega. U O‘rta asrlarda yaratilgan fiqhiy manba, XX asrning o‘rtalariga kelib yuzaga chiqdi. Mazkur kitob birinchi bo‘lib, suriyalik olim, Qatar Universiteti shariat bo‘limi mudarrisi, doktor Muhammad Zakiy Abd al-Barr tahqiqi ostida, asarning mavjud qo‘lyozmalariga asoslangan holda, bir-biriga solishtirib aniqlangan matni tuzilib, 1958 yilda Suriyada nashr qilingan. Har bir faqih o‘ziga xos uslubga ega bo‘lib, masalalarga shu asosda yondashadi. Alouddin as-Samarqandiy ham “Tuhfa” asarida biror masalani yechishda, ko‘pincha, avvalo, kuchli dalillarga suyanishi kuzatiladi. Masalan: oyat-hadislarga; mazhab asoschilari bo‘lgan mujtahidlarga; so‘ngra mazhab ichida bo‘lgan mujtahidlarga; boshqa turli faqihlarning fikrlariga murojaat qilish; turli asarlardan iqtiboslar keltirish; baʼzi o‘rinlarda bevosita o‘zining fatvosini berib ketish yoki tarjih qilib masalalarining yechimini topishga harakat qilish. Alouddin as-Samarqandiy fiqhiy masalalarni hal etishda o‘ziga xos yo‘l tutgan, yaʼni o‘tmishdagi va zamondosh faqihlarning fatvolarini turkumlarga jamlagan, bu yo‘nalishda birinchilardan bo‘lib ijod qilgan olim edi. Samarqandiydan so‘ng bu uslubda ijod qilganlardan Abu Bakr ibn Masʼud al-Kosoniy (vaf.587/1191) va Burhonuddin Marg‘inoniy (vaf.1197)larning nomlarini keltirish mumkin. Tafsir ilmiga oid asari esa “Sharh taʼvilot al-Maturidiya fi bayani usul ahl as-sunna va usul at-tavhid” (al-Moturidiyning tavhid asoslari va ahli sunna asoslari bayoni sharhi”) deb nomlanadi. Bu asar «Sharq at-taʼvilot” (Taʼviyalar sharhi), “Sharq at-taʼviloyat al-Qurʼon taʼviyalari sharhi) nomi bilan ham mashhur. Bulardan tashqari as-Samarqandiy baʼzi fiqhiy asarlarga sharhlar ham yozgan: 1) “Sharh al-Jomiʼ as-sag‘ir” (“Kichik to‘plam sharhi”). 2) “Sharh al-Jomiʼ al-kabir”(Katta to‘plash sharhi) 3) “Sharh Muxtasar at-Tahoviy” (Muxtasar at-Tahoviy sharhi). Shuningdek, baʼzi kitoblarda “Muxtasar ar-rivoya” (Ixtilofli rivoyatlar) va “Sharh al-Manzuma fil xilofiyot” asarlari ham Alouddin as-Samarqandiy qalamiga mansub deyiladi. Lekin, allomaning hayoti, ilmiy merosi, xususan “Tuhfat al-fuqaho” asari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan ustozimiz M.Komilovning yozishlaricha, bu asarlar aslida boshqa mualliflarga mansubdir. Xulosa qilib aytganda, Alouddin as-Samarqandiy tafsir, furuʼ al- fiqh, usul al-fiqx, kalom va yana bir qator ilmlarning bilimdoni bo‘lgan, shu yo‘nalishlar bo‘yicha durdona asarlar yozib qoldirgan. Uning ilmiy merosini o‘rganish alloma yashagan davrdagi Movarounnahr tarixi, hanafiy mazhabining mavqei va ilmiy muhit haqida yanada kengroq tasavvur olish imkonini beradi. Download 28.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling