28-Rasm. Xo’jaobod yer osti gaz omborini geologik kesimi
Qoldiq gaz zaxiralarini moddiy balans metodi yordamida va 3 olchamli
geologik modelni yaratish orqali baholash natijalariga ko′ra XIX – XXI gorizontlarda (yer osti gaz saqlash ombori yaratish davrida) 429,8 mln.
kubometrgacha hajmda qoldiq gaz zaxiralari aniqlandi, bu yerda gaz saqlash
omborini takomillashtirish loyihasini amalga oshirish maqsadida buferli hajmlar
sifatida (govakli maydon hajmining) ushbu zaxiralardan foydalanish uchun asos
yaratadi.
29-Rasm. XIX – XXII gorizontlardagi drenajlanadigan hajmlar va
foydalanish rejimlarini yer osti gaz saqlash omborining siklik ishlash
dinamikasi ob′yektlarni qazish malumotlari boyicha solishtirish
Foydalanishning yaratilgan geologik-texnologik modeli asosida gazning 1,27
mlrd. m3 gacha bolgan buferli hajmida ushbu yer osti gaz saqlash omborini yiliga
1,82 mlrd. m3 gacha tabiiy gazni saqlash rejimiga chiqarish rejimiga chiqarish
bo′yicha texnologik echim ishlab chiqildi. Umumiy saqlash hajmlarini ob′yektlar
tuzilmalari doirasida ushlab turishning geologik xavf-xatarlari namoyon bolishi
sharoitlarida tabiiy gazni saqlash hajmlarini bosqichma-bosqich oshirish
strategiyasi ishlab chiqildi.
Ushbu strategiya ombordagi faol gaz hajmini, 25,0 МPа darajasidagi qatlam
bosimining maskimal kattaligini saqlab qolgan holda, 878,7 mln. m3 gacha
oshirishni kozda tutadi. Bunda gaz olish yakunida minimal qatlam bosimi 6,0 –
7,0 MPa darajasida taminlanadi, bu yer ustida jihozlash tizimlarining
ekspluatatsion xarakteristikalarini hamda is′temolchilariga gaz yetkazib berishning
texnologikligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Umuman ombor boyicha sutkalik
maksimal gaz olinishi 9,1 dan 18,1 mln. m3 gacha oshiriladi, bu esa qish davrining
sovuq (avj) kunlarida Farg′ona mintaqasinig gaz bilan ta′minlanishini sezilarli
darajada yaxshilaydi.
Ushbu strategiya bo′yicha ishlarni tashkillashtirish 59 tagacha qoshimcha
quduq fondini burg′ulash va foydalanishga kiritishni talab qiladi. Ombor bo′yicha
gaz haydash va olish ishlarida gazga boy hajm konturinig o′zgarishini tezkor
nazorat qilish bo′yicha tadqiqot ishlari bilan birgalikda yer osti gaz saqlash ombori
quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirishning birlashtirilgan texnologik sxemasi
ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |