O’zbekiston yagona Vatan


Download 32.5 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1119952
Bog'liq
узбек тили


O’zbekiston yagona Vatan
Mehribon va rahmli Yaratgan Egamga behad hamd-u sanolar hamda behisob shukronalar bo‘lsinki, O‘zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni bizga vatan ayladi. Bu muqaddas tuproq jahonga qanchadan qancha daholar, olim-u fuzalolarni, shuarolarni yetishtirib berdi. “Vatan ne? deb so‘rganlarga bir kaftgina tuproq berdim!” deydi shoir. Shu sabab ham vatanga muhabbat ostonadan, ona zamindan boshlanadi. Tanimiz ham tuproqniki – kamtarniki, demak. Har insonning o‘z kindik qoni to‘kilgan tuprog’ini – ona diyorini sevishi balki shundandir. Vanan-bu inson va uning avod – ajdodlari kindik qoni to’kilgan muqaddas dargohdir. O’zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o’lkalaridan biridir. Uni umrida bir bir ko’rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag’rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan barno manzaralaridan bahramand bo’lamiz. Farzand ona qornidaligidayoq tashqi muhitni his etib turar ekan. Mutahasislarni fikricha homilador ayol ko’proq ovoz chiqarib turrli vatan haqida adabiyotlar o’qisa foydadan holi emas ekan. Shuningdek tug’ilajak farzandga vatanga bo’lgan muhabbatni aslida tug’ilmasidan singdirib borishimiz maqsadga muofiqdir.
O’zbekistonimizdagi har bir o’zbek xalqi bir-biriga bo’lgan mehr-oqibat hurmat, ayniqsa ota-onani qadirlash va ular asanganda g’amxo’rlik qilish ko’pgina dunyo xalqlari uchun ibran sanaladi. O’zbekistonimizdagi har qanday milliy gizo chet elik sayyohlarni lol qoldirib kelmoqda. Mustaqillik tufayli yurtimizda dinga bo’lgan munosabat o’zgarib, pok islom qadriyatlar tiklandi. Odamlarimiz emin-erkin nomoz o’qib, ro’za tutadigan, istasa, Haj ziyoratiga bemalol boradigan bo’lishti. Vatan tuyg’usi shunchalar muqaddaski, bu so’zni eshitganingda qalblarimiz g’urur va iftixorga to’ladi. Alloh taolo insonlarni bu dunyoda turli-tuman ne'matlari bilan siylagan bo'lib, har bir ne'matlarining o'ziga yarasha qadr-qiymati bor. Ammo bular ichida bebaho yana bir ne'mati borki, har birlarimiz uning qadriga yetmog'imiz, uni ko'z qorachig'imizdek asrashim lozim. Bu albatta Istiqlol ne'mati Vatanga bo'lgan muhabbatdir. Biz Vatanga bo'lgan muhabbatni Payg'ambar alayhissalomdan o'rganamiz. U kishi ona Vatanlari Makka shahridan Madinaga majbur hijrat qilganlaridan keyin doimo Makka shahrini sog'inib qumsardilar va sahobalari bilan birga: "Ey Allohim, bizlarga Madinani Makkani sevganimizdek sevdirgin", deb duo qilar edilar. Inson qayerda tug'ilsa, o'sha yer uning uchun qadri baland bebaho Vatan hisoblanadi. Hattoki sahroda tug'ilsin yoki tog'u-toshlar orasida tug'ilgan inson bo'lsin kindik qoni to'kilgan joydan aziz va mukarramroq joy bo'lmaydi.
Bugungi dilshod kunimiz uchun ollohga behisob shukurlar diyishimiz lozim. Bugun O‘zbekiston – yoshlar mamlakati! Har bir farzandining orzu-istaklari uchun qanot bermoqda. Ammo bu dorulomon kunlarga erishguncha yurtimiz boshiga qanchadan qancha musibatlar tushmagan deysiz. Har bitta mamlakatning ma`naviy boyligi bugungi kunda xalqining bilimi, dunyoqarashi va ma`naviy saviyasi bilan o‘lchanadi. Chunki hozirgi davr – axborot davri, yangi-yangi texnalogiyalar davridir. Kimning bilimi kuchli bo‘lsa, hamisha oldinda bo‘ladi. Avvalo, yurtimizdagi aholining deyarli yuz foizi savodli ekani bizning ulkan ma`naviy boyligimizdir. Negaki, savodli odam kitob, gazeta o‘qiydi, televizor ko‘rib, radio eshitib, ulardan o‘zicha xulosa chiqara oladi. Eng muhimi, o‘z vatanidan turib dunyodan ogoh va zamon bilan hamnafas bo‘lib yashaydi. “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlikdir”, degan edi Abdulla Qodiriy. Biz ham moziyga nazar tashlasak, o‘zbek xalqi qadim-qadimdan buyuk allomalari bilan dunyoga tanilgan edi. Musulmon olamida tan olingan oltita ulug’ muhaddislarning uchtasi bizning yurt farzandlaridir. Bular – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiydir. Shundayin buyuk insonlarni yetishtirgan yurt farzandi ekanimdan faxr tuyaman. Bu his, o‘z navbatida, o‘zimga bo‘lgan ishonch, kelajakka umid, yelkamga esa ulkan mas`uliyat yuklaydi.
Vatan! Vatan! Vatan! Qalbdan otiladi bu so‘z. Har qancha takrorlasam ham ohori to‘kilmaydi. Ulkan kuch, cheksiz qudrat, tayanch mavjud bu ulug’ so‘zda. Vatan deya, vatan uchun yashayotgan odamgina shu go‘zal so‘zni mehr bilan, muhabbat bilan tilga oladi, dilida viqor, ruhida salobat sezadi. Vatan, sen uchun nima qildim? Umrim bino bo‘lib, eng uzun hayot kechirsamda, sen menga bergandek buyuk ne`matni senga hadya etolmasman, sendagi qarzimni uzolmasman. Men sening oldingda xaschalik ojizman. Sen buyuksan, vatanim! Sen menga borliqni anglatding, sen menga tinchlikni berding. Ona tabiat go‘zalliklari-yu dunyo mo‘jizalarini ko‘ra olishim, ulardan bahramand bo‘lishim uchun eng ulkan boylikni hadya etding. Sen menga tuhfa etkanlaring menda, faqat menda bordek go‘yo. Menda sen borsan, senda men borman. Senda tinchlik bor, senda osoyishta hayotim, obod turmushim, nurafshon tongim, charog’on tunim, xotirjam uyqum bor. Senda oilamning tinchligi, yaqinlarim baxti, bolajonlar kulgusi mujassam. Senda mahallamning ozodaligi, yurtdoshlarimning totuvligi, xalqimiz irgina kamchilikni yuvib tashlovchi o‘nlab yutuqlaring bor. Senda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmaydigan miqdorda eng katta boyligim- baxtim bor. Bu baxt ne?, deb so‘rasalar, sendagi tinchlikni manzil sifatida ko‘rsataman.
Hulosa o’rnida shuni alohida aytishim mumkinki, vatan taraqqiyotu yo’lida ozmi, ko’pmi qo’ldan kelgancha o’z hissamizni qo’shish barchamizni burchimiz.

G’izo-(Еда)


Dilshod-(cчастливый)
Asan-(старший)
Vabol-(грех)
Barno-(прекрасный)
Jovidon-(навсегда)
Kom-(цель)
G’ani-(богатство)

Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling