O‘zbekiston yagona vatan
Download 135 Kb.
|
1-topshiriq 1. Matbuot sahifalaridan “O‘zbekiston – yagona vatan” mavzusiga aloqador qoraqalpoqcha matnni toping. Uni o‘zbek tiliga tarjima qiling. 2. Adabiyotlar ro‘yxatidagi manbalardan foydalanib konspekt tuzing. Modal so`zlarning hissiy-tasviriy xususiyatlari va vazifadosh qо’llanishi. 3. Matn tuzing. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston so‘zlaridan foydalaning. 2. Modal so`zlarning hissiy-tasviriy xususiyatlari va vazifadosh qо’llanishi. REJA: Kirish Modal so‘zlarning leksik-grammatik xususiyatlari Modal so‘zlarning turlari 2.1. Fikrning aniqligini bildiruvchi modal so‘zlar 2.2. Fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so‘zlar Modal so‘zlarning sintaktik vazifalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH Leksemalar ham serqirra mohiyatli lisoniy birliklar bo‘lib, ularning tasnifida bu jihat asosiy diqqat markazda turishi lozim. Chunki leksemalarning har bir qirrasi alohida bir tasnifga asos bo‘ladi. Ularning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatlidir. Nutqimizda mavjud so‘zlar bir-biridan ma’no va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Shu jihatdan so‘zlar ayrim-ayrim leksik-grammatik guruhlarga, turkumlarga ajratiladi. So‘zlarning ma’no va grammatik belgilarining o‘xshashligiga qarab guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratish uch tamoyilga tayanadi: leksik-semantik tamoyil; morfologik tamoyil; sintaktik tamoyil. Leksik-semantik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratishda, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor beriladi. Tilda shunday so‘zlar ham (bilan, va, ammo, uchun, chunki, albatta, yo‘q, -mi, -chi, eh, oh, dupur-dupur, yalt-yult kabi) borki, ular mustaqil holda leksik ma’no ifoda etmaydi, biror tushunchaning atamasi bo‘la olmaydi. Bunday so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid so‘zlar deb yuritiladi. Morfologik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratishda ularning morfologik xususiyatlari asos qilib olinadi. So‘zlarning qanday morfologik shaklda kelishi uning ma’no xususiyati bilan bog‘liq. Leksik ma’no anglatmaydigan so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘z, undov va taqlid so‘zlar) ham morfologik shakllarga ega emas. Sintaktik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratish esa uning sintaktik tomoni, ya’ni qanday so‘zlar bilan grammatik munosabatga kirishi, gapda bajaradigan sintaktik vazifasiga ko‘ra belgilanadi. Tilda mavjud leksik ma’no ifodalamay, biror hodisaning atamasi (nomi) bo‘lmasa ham, leksik gap bo‘lagi sifatida yoki mustaqil holda so‘z-gap sifatida qo‘llana oladigan so‘zlar (modal, undov, taqlid so‘zlar) ham mavjud (kerak, zarur, bor, oh, eh, uf, ey, gup-gup, dupur-dupur kabi). Demak, so‘zlarning gapda qanday gap bo‘lagi bo‘lib kelishi, uning qanday so‘zlar bilan aloqaga kira olishi, ma’nosiga va grammatik shakliga bog‘liqdir. Modal so‘zlar modal ma’no ifodalashi jihatidan yuklamalarga o‘xshasa-da, lekin undan farqli ravishda gapda gap bo‘lagi (kesim, sostavli kesim tarkibida) vazifasida, butun bir gap tarzida kela oladi. Alohida so‘zlar nisbiy mustaqil lug‘aviy ma’noga ega. Ular goho so‘roqqa javob bo‘lsa ham, o‘zining maxsus so‘rog‘iga ega emas. Gapda qandaydir sintaktik vazifani bajaradi. Lekin har biri o‘ziga xos umumiy xususiyati bilan alohidaalohida turkumni tashkil etadi.
1) mustaqil holda gap bo‘la olish belgisi; 2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi; 3) o‘ziga xos g’ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish belgisi; 4) bog’lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi. So‘z-gaplar o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar. 2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so‘zlar. 4.Taklif/ishora so‘zlar. So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalab keladigan so‘zlar modal so‘zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so‘zlar misol bo‘ladi Modal so‘z – so‘zlovchining bildirgan fikriga qo‘shimcha munosabatini ifodalovchi so‘zlar guruhi. So‘zlovchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatni bildiradigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar yuklamalar singari modal ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi, lekin yuklamadan farqli ravishda gapda gap bo‘lagi, butun bir gap tarzida kela oladi. Modal so‘zlar biror so‘zning atamasi emas.
Modal so‘zning 2 turi ajratiladi:1. Sof modal so‘z: albatta, chamasi, aftidan, tabiiy, mazmuni, ehtimol; 2. Modal ma’noli mustaqil (vazifadosh) so‘z: bor, yo‘q, kerak, darkor, zarur, lozim, mumkin, iborat. Modal so‘zlar, aslida boshqa turkumdan o‘sib chiqib, alohida bir guruhni hosil qilgan: 1) otdan: ehtimol, chog‘i, chamasi, mayli, mazmuni, haqiqatdan, haqiqatda, darhaqiqat, darvoqe, filhaqiqat, aslida, aftidan, xayriyat, vassalom; 2) sifatdan o‘sib chiqqan: shubhasiz, shekilli, rost/rosti, to‘g‘ri/to‘g‘risi/ to‘g‘rirog‘i, so‘zsiz, tabiiy/tabiiyki, ma’lumki, muhaqqaq, ochig‘i; 3) ravishdan: albatta, rostdan, chindan, avvalo, zotan, umuman; 4) bog‘lovchidan: balki; 5) olmoshdan: o‘zo‘zidan, har qalay; 6) fe’ldan: kel/keling, qo‘y/qo‘ying/qo‘yingki, hoynahoy, demak, deylik, olaylik; 7) sintaktik birlikdan: har holda, haytovur, ishqilib, bari bir, nafsilambiriga. So‘zlovchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan munosabatini (modal ma’noni) ifodalovchi so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlarga quyidagilar kiradi: aftidan, darhaqiqat, darvoіe, attang, ehtimol, afsus, shubhasiz, so‘zsiz, tabiiy, albatta, haqiqatdan, nihoyat, bo‘pti, demak, aytmoqchi, o‘z-o‘zidan, bor, yo‘q va hokazo. SHu modal so‘zlar orqali so‘zlovchi o‘z fikriga aniqlik, ishonch, ma’qullash, gumon, chama, noaniqlik, maіsad, talab, shart, mavjudlik, inkor, e’tiroz, yakunlash, eslatish, achinish kabi ma’no munosabatlarini kiritadi. Masalan: Afsuski, yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan. (S.Ahmad.) Ehtimol, Sodiq ham u chol nevaralarini etaklab, bog’larga, xiyobonlarga chiqar. (SHuxrat.) Darhaіiіat, Xorazm qovunlariday mazali qovun ko‘p shahar va elatlarda yo‘q. (J.SHaripov.) Modal so‘zlar quyidagi grammatik xususiyatlarga ega: 1. Modal so‘zlar biror voqelikni atamasi bo‘la olmaydi (predmet, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi.) 2. Modal so‘zlar gap orqali ifodalagan fikrga qo‘shimcha modal ma’no qo‘shadi. 3. Modal so‘zlar gapda quyidagi vazifalarni bajarib keladi: 1) gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmasdan, kirish so‘z vazifasini bajarib keladi. Masalan: Haytovur, ishimiz chakki emasga o‘xshaydi. (O.) Siz u kishidan, shubhasiz, juda ko‘p gaplarni eshitgansiz. (A.Q.) 2) kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Chol aіlli odam, unga o‘rgatish ham mumkin, undan ko‘p narsani o‘rganish ham mumkin. 3) tarkibli kesim tarkibida kela oladi. Masalan: Biz hamma ishimizda tanqid va o‘z-o‘zini tanqidni kuchaytirishimiz kerak. 4) butun bir gap vazifasini bajaradi. Masalan: - Xatingga javob keldimi? – Yo‘q. Modal so‘zlar gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murakkablashtiruvchi vosita sifatida ro‘yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, gap qurilish qolipining qismida mujassamlangan va xilma-xil vositalar bilan ifodalanadigan tasdiq/inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat’iylik, istak, imkoniyat kabi modal ma’nolar gapning boshqa bo‘laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so‘zlar, tasdiq/inkor so‘zlar vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi…(A.Qah.) 2. Modal so‘zlarning turlari Modal so‘zlar gap mazmuniga aniqlik, shubha, gumon, maqsad, talab, shart, mavjudlik, tasdiq, inkor, xulosa, eslatish, achinish, afsus kabi ma’nolarni qo‘shadi. Shunga ko‘ra ular quyidagi ma’no guruhlariga bo‘linadi: 1. Fikr aniqligini ifodalovchi modal so‘zlar. Bunda: - fikrning rostligi (darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda): Darhaqiqat, Tursunbоy nihоyatda ko‘rkam yigit bo‘lgan edi (293). Darhaqiqat, Zеbining surati juda yaхshi chiqqan edi (338). Nizоmjоn o‘ylab qarasa, darhaqiqat, bu jo‘yalik gap ekan (329). - fikrning qat’iyligi (shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz); - fikrga ishonch bildirish (albatta, albat): Albatta, Lutfinisani undan yulib оlib kеtadi.
- fikr aniqligini eslatish (aslida, darvoqе): Aslida idоraga kirib Tоg‘adan mashina so‘rasa bo‘larkan kabi ma’nolar ifodalanadi. 2. Fikr noaniqligini ifodalovchi modal so‘zlar. Bunda: - fikrning taxminiyligi (shеkilli, chog‘i, chamasi): U nishоn taqayotganda nimadir qildi shеkilli, Bоqibоеva sapchib оrqaga chеkindi, uning qo‘lini turtib tashladi (159). … Jоnivоr yaqin оrada suv ko‘rmagan shеkilli, sira anhоrdan chiqqisi kеlmaydi (194).
…Balki, shu gapni aytmоqchi bo‘lib yo‘limni to‘sganmikin? Har qalay, dunyoga оdam qоldirdi (623). - tusmol (hoyna-hoy, aftidan, mazmuni) kabi ma’nolar ifodalanadi. 3. Fikr tartibi va so‘zlovchi munosabatini bildiruvchi modal so‘zlar: birinchidan, ikkinchidan, avvalo, xullas, binobarin, masalan, jumladan, zеro, zotan kabi. Masalan, Хullasi, u qimirlasa pul tushib turibdi (428). Хullas, Inоyat оqsоqоl tili bilan birоvga оzоr bеrmasa ham qilig‘i bilan, yurish-turishi bilan hammaning mе’dasiga tеgardi. 4. Hissiy holat ma’nosini ifodalovchi modal so‘zlar: attang, ajabo, hayriyat, afsus, essiz kabi. Masalan, Azizхоn, хayriyat-e, dеvоrishimga оz qоldi (53). …Хayriyat kеpsan. Eshitgandirsan, shunaqa ishlar bo‘lib kеtdi (191).
Masalan, - Хo‘p, mayli, bоraman. …Mayli, yotaylik endi… (294). … Mayli, tunuka bo‘lmasa ham, hоzircha qоg‘оz yopib turamiz. - Mayli, Tоg‘a, sеn bir narsani bilib aytayotgandirsan (324). Yo‘q? Unday оdam оsоn jоn taslim qiladi (623). …Bo‘pti, qaynоq-qaynоq chоy ich-da, bоrib yot… Modalga o`tish bosqichida turgan ayrim so`zni modal yoki modal emas deyish qiyin. Shuningdek: - xullas: U tоmоni Anjоn, bu tоmоni Namangan, Qo‘qоn taraf, хullas, cho‘lni dоira shaklida o‘rab, o‘zlashtirib kеlinavеrarkan. - demak: …Dеmak, dadasi ularni sоtmagan. …Dеmak, Tursunbоy Marg‘ilоn atrоflarida yashirinb yuribdi (377). - umuman: …Umuman, Dildоr kеyingi kunlarda sal bоshqacharоq bo‘lib qоlgan edi. …Umuman, Dildоr uning ma’yus bоqishlariga, uchrashib qоlganda gap tоpоlmay esankirashlariga bеparvоrоq qarardi (260). ayniqsa: … Ayniqsa, uning «Dоvdirash», «YOdgоr» qissalarini maza qilib qayta-qayta o‘qigan edi (103). Ayniqsa, pоlvоn kishining g‘ururi bоshqacha. Ayniqsa, tungi smеnadagi ishlarni, хalq saysayllarini prоjеktоrsizlеntaga tushirоlmay qiynalyapmiz (130). Ayniqsa, Kuyganyordan chiqavеrishdagi katta ravоt tеpasida o‘g‘lining suratini ko‘rib entikdi (118). - xayriyat: Quchоq оchib ko‘risharkan: «Хayriyat, хayriyat, tirik ko‘rdim!» - dеdi. - nihоyat: Nihоyat, tоshga tirmashib chоlni qirg‘оqqa оlib chiqdi. Nihоyat, qоg‘оz ariq bo‘yidagi chim ustiga оhista qo‘ndi. Nihоyat, ko‘prik оldiga kеlib egardan tushdi (259). Nihоyat, tushlik tugab hamma trassaga chiqdi (141). Nihоyat, uydan mеhmоnlarning оyog‘i o‘zildi. kabi so`zlarni ko`proq so`zlovchining qo`shimcha munosabatini ifodalashga xoslanayotganligi, kirish bo`lak vazifasini bajarayotganligi uchun modal so`z deyish mumkin. Masalan, Nihоyat, оqsоqоl bir so‘z dеmay ichkariga kirib kеtdi (277). …Хullasi, ikkita zirillamalik Eshni iskanjaga оlib turipti. Mavjudlikni bildiruvchi modal so`zlar gapda vergul bilan ajratilmaydi, kirish so`z vazifasida ham keladi. Ular ma’lum gap bo`lagi vazifasida kela oladi yoki kesim tarkibida qo`llanadi: bor, yo`q, kerak, lozim, shart. Masalan, Qatiqni ham puflab ichishing kеrak (S.Ahmad, 651). Endi Ikrоmjоnning o‘g‘li ham, kеlini ham yo‘q (388). Dеmak, yaqin оrada katta yo‘l bоr. Asarda bir gapda birdan ortiq modal so‘z ham ishtirok etishini quyidagi misоllar оrqali ko‘rishimiz mumkin: U albatta, hоzirgi qilgan ishim uchun dashnоm eshitsam kеrak, dеb cho‘chigan edi. Albatta, u Dildоrga ham ko‘p ko‘rgiliklarni sоlgan bo‘lishi kеrak (281). 3. Modal so‘zlarning sintaktik vazifalari Sintaktik vazifasi. Modal so‘z quyidagi sintaktik vazifada keladi: 1. Kirish so‘z: Bu, shubhasiz, bizning yutug‘imiz. Tabiiy, bir kun oldin ekkan hafta burun o‘radi. Balki bu biz bilmagan yangi elementdir. 2. So‘zgap: – Bemorni kasalxonaga yotqizish kerakmi? – Albatta. – Majlis bir soatda tugarmikin? – Ehtimol. Modal ma’noli so‘z: 1. Kesim: Kitob bor. Daftar yo‘q; 2. Kesimning tarkibiy qismi: Bugun borishim kerak. Kitobning keragi yo‘q; 3. Sifatlovchianiqlovchi: Yo‘q narsani yo‘ndirib bo‘lmaydi. 4. Bor, yo‘q, kerak so‘zi otlashsa, otning sintaktik vazifasini bajaradi: Bor maqtansa topilar, yo‘q maqtansa chopilar. Modal so‘zlarning sintaktik vazifalari Keling, shu pullar buzilgan shah’arlarni tiklashga ёrdam bwlsin. - Ertangi poezdda qaytib ketishingiz mumkin…(373). -… Ke, bitta sanab beray. Juda Sog’indim. M o d a l so‘z larda shakl va ma’no munosabati. Modal so‘z ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik munosabatida bo‘ladi: 1) ma’nodosh modal: chamasi – chog‘i – mazmuni; shubhasiz – shaksiz – so‘zsiz; o‘zo‘zidan – tabiiy; haqiqatda – haqiqatdan – darhaqiqat; voqean – darvoqe – aytgancha – deganday; ehtimol – balki. 2) zid ma’noli modal: bor – yo‘q, ha – yo‘q. 3) shakldosh modal: to‘g‘ri, rost, tabiiy (sifat) – to‘g‘ri, rost, tabiiy (modal); albatta, rostdan, chindan (ravish) – albatta, rostdan, chindan (modal). Modal so‘z ma’noli qism (morfemalar)ga ajraltilmaydi: aftidan, shubhasiz. Lekin unda omonim bo‘lgan mustaqil so‘z ajratiladi: Uning tobi qochganligi aftidan bilinardi (aftidan – ot, aftidan). Bu haqiqat shubhasiz (shubhasiz – ot, shubha – siz). Modalga o‘tish bosqichida turgan ayrim so‘zni modal yoki modal emas deyish qiyin. Shuningdek, xullas, xullasikalom, demak, bas, binobarin, qisqasi, umuman; mas., shuningdek, jumladan, chunonchi; aksincha; avvalo, avvalambor, nihoyat; aytganday, aytmoqchi, zotan; xususan, ayniqsa, asosan; koshki, zora, yaxshiki, xayriyat, shoyad kabi so‘zni ko‘proq so‘zlovchining qo‘shimcha munosabatini ifodalashga xoslanayotganligi, kirish bo‘lak vazifasini bajarayotganligi uchun modal so‘z deyish mumkin. Modal so‘zlarni sof va vazifadosh turlari farqlanadi. Shekilli, masalan, attang, xayriyat, ehtimol – sof modal so‘zlardir. Vazifadosh modal so‘zlar mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqgan bo‘lib, ularni o‘z ma’nosida qo‘llangan mustaqil so‘zlardan farqlash lozim: Tabiiy mahsulotlardan foydalanamiz. Qariligini aftidan bilish qiyin. - Aftidan, bugun yomg‘ir yog‘adi. Tabiiy, bu voqeadan shubhalandim. Yuqoridagi ikkita misolda tabiiy, aftidan so‘zlari mustaqil so‘z sanalsa, qolgan ikkita misolda ular vazifadosh modal so‘zlardir. Mavjudlikni bildiruvchi modal so‘zlar gapda vergul bilan ajratilmaydi, kirish so‘z vazifasida ham keladi. Ular ma’lum gap bo‘lagi vazifasida kela oladi yoki kesim tarkibida qo‘llanadi: bor, yo‘q, kerak, lozim, shart. Menda qalam bor. Karim o‘qishi kerak. Oramizda qoloqlar yo‘q. Modal so‘zlar nutqda yakka holda (balki, chog‘i) va takror holda (albatta-albatta, essiz-essiz) qo‘llanishi mumkin. Bir gapda birdan ortiq modal so‘z ham ishtirok etishi mumkin: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi shekilli, noiloj «ha» dedi (A.Qahhor).
Mustaqil ravishda yakka o‘zi bitta gap bo‘lib kela oladi va modal so‘z-gaplar deb yuritiladi. Bunday so‘z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi so‘zning lug’aviy ma’nosida mujassamlangan bo‘ladi. YUklamalar morfologiyada yordamchi so‘zlar guruhida, modal so‘zlar so‘z-gaplar doirasida o‘rganiladi. Boshqa so‘z guruhlari kabi modal so‘zlar ham, yuklamalar ham o‘ziga xos morfologik, sintaktik, ma’noviy belgilarga ega. Modal so‘zlar bilan yuklamalarning o‘zgarmasligi ularning m o r f o l o g i k belgisiga kiradi. S i n t a k t i k jihatdan esa modal so‘zlar ajraluvchilik (ya’ni kirish so‘z vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo‘lagi bo‘la olmaslik) belgisiga ega. S e m a n t i k jihatdan modal so‘zlar fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo‘ladi. YUklamalar esa ta’kid, o‘xshatish, kuchaytirish kabi qo‘shimcha ma’no ifodalaydi. YUklama ifodalagan ma’no butun gapga bevosita taalluqli bo‘lmay, avvalo o‘zi tirkalib kelgan bo‘lakning ma’nosini bo‘rttirishga xizmat qiladi va shu bo‘lak orqali butun gapga taalluqli bo‘ladi. Fikrning voqelikka munosabatini bildirgan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Fikrning aniqligini, realligini tasdiqlovchi modal so‘zlar: albatta, shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz, haqiqatdan, darhaqiqat. 2. Fikrning taxminligini, gumonligini, noaniqligini bildiruvchi modal so‘zlar: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan, haytovur, chog’i. 3. Fikrning o‘zaro munosabatini va tartibini bildiradi(yoki fikrning oldingi fikrga bog’liqligini bildiradi): demak, xususan, aksincha, masalan, jumladan, chunonchi, binobarin, xullas, avvalo. Demak, xullas, masalan, jumladan, umuman, chunonchi kabi modal so‘zlar fikrni umumlashtirish, xulosa bildirish, dalil keltirish ma’nolarini bildiradi. Avvalo, dastlab,.. kabilar fikrning tartibini bildiradi. 4. Modallikni ifodalaydi: lozim, mumkin, shart, zarur. 5. Tasdiqni bildiradi: bor, mayli, xo‘p, ha. 6. Inkorni bildiradi: yo‘q, aksincha. 7. Afsuslanish, ajablanishni bildiradi: afsuski, attang, ajabo. Modal so‘zlar quyidagi sintaktik vazifalarda keladi: a) diologlarda so‘z-gap vazifasida(-ha); b) kirish so‘z vazifasida. Kirish so‘z vazifasida turli so‘z turkumlari, jumladan modal so‘z kelishi mumkin. Modal so‘zlar quyidagi so‘z turkumlari bilan bog’langan; shular asosida shakllangan. a) ot bilan : haqiqatdan, darhaqiqat, chamasi, aftidan, afsus. b) sifat bilan: shubhasiz, so‘zsiz, shekilli. v) fe’l bilan: demak, demoqchi. g) ravish bilan: albatta, avvalo, ayniqsa. d) yordamchi so‘zlar bilan: balki, koshki, haytovur. 3. Matn tuzing. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston so‘zlaridan foydalaning.
O`zbekiston O`rta Osiyodagi Sirdaryo va Amudaryoning oralig`ida joylashgan. Uning kengligi shimoldan janubga qadar 925 km, uzunligi g`arbdan sharqqa tomon 1440 km cho`zilgan. O`zbekiston shimol, g`arb, sharqda Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari bilan, janubda esa Afg`oniston bilan chegaradoshdir. O`zbekistonning maydoni 447,4 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Uning tarkibida Qoraqalpog`iston avtonom respublikasi va 12 ta viloyat bor. Bular Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Navoiy, Farg`ona, Xorazm, Jizzax viloyatlaridir. O`zbekistonda jami 100 dan ortiq millat va ellat vakillari yashaydi. Bu yerda qattiq sovuq ham, jazirama kunlar ham bo`ladi. Respublikaning yer osti boyliklari mo`l. Undan: rangli metallar, ko`mir, neft, gaz va boshqa xom-ashyolar, tog`laridan marmar qazib olinadi. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahonning 70 dan ortiq mamlakatiga chiqariladi. Respublikamiz yirik xalqaro festevallar, anjumanlar o`tkaziladigan manzilga aylandi. O`zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon va boshqa shaharlari xalqaro turizmning markazlari bo`lib qoldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Hozirgi zamon o‘zbek tili. F.Kamol tahririda. – T.: O‘zdavnashr, 1957. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I - jild. – T.: Fan, 1966. O‘zbek tili grammatikasi. 1-jild. – T.: Fan, 1975. Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkeit: O‘qituvchi, 1980. Saidov S. Modal so‘zlarning tarixidan // O‘zbek tili va adabiyoti. –1974. № 4. Pinxasov Ya. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili // O‘zbek tili va adabiyoti masalalari. – 1962. № 1. Saidov S. Hozirgi zamon o‘zbek tilida modal so‘zlarning klassifikatsiyasiga doir. //O‘zbek tili va adabiyoti. – 1963. №3. Rahmatullaev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T.: Universitet, 2006. Sayfullaeva R. va b. Hozirgi o‘zbek tili. – T.: Talqin, 2006. http:/www.gov.uz/ Nizomiy nomidagi TDPU sayti. http:/www.pedagog. uz/ Pedagogik ta’lim muassalari portali. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling