O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi va boshqa manfaatli tashkilotlar hamkorligida 19-20 oktabr sanalarida o’tkazilayotgan “5t yoshlar forumi” Respublika yoshlar forumining Axborot


Download 235.74 Kb.
Sana07.10.2019
Hajmi235.74 Kb.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi va boshqa manfaatli tashkilotlar hamkorligida 19-20 oktabr sanalarida o’tkazilayotgan “5T Yoshlar forumi” Respublika yoshlar forumining

Axborot XATI

Konferensiyada ishtirokchilar o’z xohishiga ko’ra 3 daqiqalik ma’ruza qilishlari mumkin. Bundan tashqari Konferensiyada ilmiy tezislar bilan ham ishtirok etish nazarda tutilgan. Maqola va tezislar ishtirokchi qatnashayotgan yo’nalishga mos bo’lishi lozim. Ma’ruza matnlari va tezislar quyidagi holda rasmiylashtiriladi:

Konferensiya nomi: “5T Youth Forum” (5T Yoshlar Forumi)

Qayerda: Samarqand viloyati, Samarqand shahri

Kimlar uchun: O’zbekiston fuqarolari uchun

Asosiy ma’lumot: Respublika aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Bu O‘zbekistonni taraqqiyotning mutlaqo yangi darajasiga olib chiqishga qodir bo‘lgan ulkan ijodiy va intellektual salohiyatdir. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

“Samarqand yoshlar forumi – 2019” Samarqand yoshlar konferensiyasi (Keyingi o’rinlarda – konferensiya deb yuritiladi) Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarning ixtiyoriy ishtirokiga asoslangan, mamlakat taqdiriga daxldor, uning manfaatlari yo’lida doimiy harakatdan charchamaydigan yoshlarni birlashtiruvchi konferensiya hisoblanadi.

Konferensiya Samarqand shahrida Samarqand viloyati hokimligi, O’zbekiston yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, Samarqand viloyatidagi OTMlari, O’rta-maxsus ta’lim muassasalari, Xalq ta’limi muassasalari, Turizmni rivojlantirish Samarqand viloyat departamenti va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida tashkil qilinadi. Konferensiya elektron ro’yxatdan o’tish orqali ixtiyoriy ravishda ishtirok etishga asoslanadi. Konferensiya 19-20-oktabr kunlari Samarqand viloyati Samarqand shahrida o’tkaziladi. Konferensiyada jami 400 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin.
Konferensiyaning maqsadi: Konferensiya mamlakatimiz yoshlarini birlashtiradigan, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish imkoniyatini beradigan, mustaqil fikrlarini bayon etishini qo’llab-quvvatlaydigan hamda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilish maqsadini ko’zlaydi. Konferensiyaning asosiy vazifalaridan yana biri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan besh muhim tashabbus g’oyasini yoshlar ongida yanada chuqurroq singdirish, ularning bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari bo’yicha modellar yaratishdan iborat. Konferensiyada bo’lgan muhokamalar natijalari, loyihalar, takliflar va ilmiy maqolalar manfaatli hamda tegishli tashkilotlarga yetkaziladi.


Konferensiya davomida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha qatnashish mumkin:
-"Madaniyat va san'at" yo’nalishi

-"Sport, salomatlik va ekologiya" yo’nalishi

-"IT - axborot texnologiyalari" yo’nalishi

-"Kitobxonlik" yo’nalishi

-"Xotin-qizlar bandligini ta'minlash" yo’nalishi

-“Biznes” yo’nalishi



-“Turizm” yo’nalishi



  1. Har bir yoritilayotgan ish ilmiy-amaliy anjuman mavzusiga mos bo’lishi zarur.

  2. Maqolalar o’zbek, rus hamda ingliz tillarida topshirilishi mumkin.

  3. Maqola mavzusi bosh hamda qora harflarda, sahifaning yuqori markaziy qismida Times New Roman – 14 shriftida joylashtirilishi zarur.

  4. Maqola mualliflari Mavzudan so’ng sahifaning yuqori o’ng qismida Times New Roman – 14 shriftda kichik va qora harflar bilan rasmiylashtirilib, muallifning to’liq ismi sharifi, ish yoki o’qish joyi, lavozimi hamda ilmiy darajasi, shuningdek elektron pochta manzili berilishi zarur. Maqolada ilmiy rahbar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

  5. Annotatsiyalar mavzuni qisqacha yoritgan bo’lishi, 3-5 gapdan iborat hamda o’zbek, rus va ingliz tillarida berilishi zarur. Annotatsiyalar sahifaning mualliflardan so’ng yuqori qismida sahifani to’ldirgan holatda, Times New Roman – 12 shrift 1,25 intervalda rasmiylashtirilishi zarur.

  6. Kalit so’zlar maqola mavzusidan kelib chiqqan holatda Annotatsiyardan so’ng 5-9 tagacha o’zbek, rus hamda ingliz tillarida joylashtirilishi mumkin bo’lib, Times New Roman – 12 shrift 1,25 intervalda rasmiylashtirilishi zarur.

  7. Maqolaning asosiy matni sahifani to’liq yopadigan, har tomondan – 2,5 sm chegara qoldirib 1,25 sm xatboshi (abzas) bilan boshlangan holda Times New Roman – 14 shrift 1,5 intervalda 3 – 5 bet hajmda taqdim qilinishi mumkin.

  8. Rasmlar, jadvallar hamda grafiklardan foydalanishda Microsoft Office muharririning maxsus dasturlaridan foydalanish hamda maqolaga joylashtirlganida o’zgarib ketmasligini ta’minlash tavsiya qilinadi.

  9. Maqolada bo’g’lamalardan (snoska) foydalanishda adabiyot tartib raqami va sahifasi to’rtburchak qavs ichida “[1; 23-bet]” kabi berilishi zarur . Agar foydalanilayotgan manbaa internet sayti bo’lsa, shunchaki to’rtburchak qavsda tartib raqami berilishi kifoya qiladi.

  10. Foydalanilgan manbaalar alifbo ketma-ketligida tartib raqamlar bilan Times New Roman – 12 shrift 1,25 intervalda adabiyotning original nomi bilan rasmiylashtirilishi zarur. Bunda adabiyot nomi, mualliflar, turi hamda chop etilgan sana va joyi kiritiladi. Internet saytlaridan foydalanilgan holatlarda esa manbaa mavzusi nomi, manbaaning internetdagi manzili hamda qavs ichida murojaat sanasi kiritilishi zarur.

  11. Konferensiyada shaxsan ishtirok etuvchi mualliflardan maqola uchun badal summasi olinmaydi (Shaxsan ishtirok etish shartlari bilan @asuyarov95 telegram akkauntida bilib olishingiz mumkin) Konferensiyada shaxsan ishtirok etmaydigan mualliflardan esa maqolaning har bir sahifasi uchun 15 000 so’m miqdorida badal summasi qabul qilinadi.

  12. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ishlar qabul qilinmaydi.

  13. Har bir ishning mazmuni hamda yoritilganligi uchun mualliflar javobgar hisoblanadi.

Ilmiy maqolalar va tezislar 2019-yil 10-oktabriga qadar +998 91 546 46 86 raqamiga telegram messenjeri orqali yoki iskandarismatov97@mail.ru elektron pochta manziliga Microsoft Office Word RTF yoki Microsoft Word 97-2003 formatlarida faylga tashkilot qisqacha nomi hamda mualliflar familiyalari nom sifatida kiritilgan holda yuborishingiz so’raladi. To’lov masalasida +998 97 287 99 91 raqamiga murojaat qilish zarur. Muddatidan kech qolgan yoki belgilangan tarzda format qilinmagan fayllar qabul qilinmaydi va tashkiliy qo’mita tomonidan qaytarib berilmaydi.

Konferensiyaning rasmiy sahifalari:

Barcha talablarga javob beradigan maqolalar anjuman to’plamida chop ettiriladi.

Maqolani rasmiylashtirish bo’yicha na’muna:



MAQOLA MAVZUSI NOMI

I.F.SH.

Ish yoki o’qish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi

Muallif@mail.ru

Annotatsiya: Matn, matn, matn. (3 tilda)

Kalit so’zlar: so’z, so’z, so’z. (3 tilda)

Matn matn matn matn matn matn matn [1; 1-bet]. Matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn[2].



Foydalanilgan manbaalar:

  1. Adabiyot nomi, mualliflari, turi, chop etilgan joyi – sanasi.

  2. Internet manbaasining mavzusi, http:// www.manbaa.uz/menyu/mavzu_nuqtasi (01.01.2019)

Qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lish uchun quyidagi telegram raqamlari va telegram botiga murojaat qiling:


+998 97 287 99 91 (telegram: @asuyarov95)

+998 91 546 46 86 (telegram: @iskandarismatov_97)



Telegram bot: @sam_youth_forum_bot
5T Youth Forum”ga quyidagi konferensiyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali ulaning:
Telegram: https://t.me/samarkand_forum

Instagram: https://www.instagram.com/5t_youth_forum

Facebook: https://www.facebook.com/yoshlar.forumi
Siz maxsus shtrix kodini skaner qilish orqali ham “5T Youth Forum” telegram kanaliga ulanishingiz mumkin:






Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling