O'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi


Atmosfera havosi ifloslanishining xarakteristikasi


Download 225.23 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi225.23 Kb.
#1592130
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi 222

3.Atmosfera havosi ifloslanishining xarakteristikasi.

Havo sifatini va ifloslanishining holatini baholash uchun o‘lchamsiz kattalik - atmosfera havosining ifloslanishi indeksi (AII) taklif etilgan. AII - kompleks xarakteristika bo‘lib, ifloslantiruvchi moddalar miqdori va ularning zaharliligini hisobga oladi hamda shaharlar va aholi punktlarini havosi sifati bo‘yicha taqqoslashga imkon beradi.


O‘zbekistonda havoning tabiiy changlanganligi yuqori, shu sababli aksariyat sanoati rivojlangan shaharlar va viloyat markazlarida chang bilan ifloslanganlik yillik o‘rtacha darajasi ruxsat etilganidan kam bo‘lmayapti.
Havoning oltingugurt dioksid (SO2) bilan yuqori darajada ifloslanganligi Olmaliq, Muborak shaharlarida, uglerod oksidi bilan esa mashinasozlik zavodlari yaqinida va Toshkentning chorrahalarida kuzatiladi. Havoning ammiak bilan yuqori darajada ifloslanganligi Farg‘ona, Chirchiq, Olmaliq, Andijon, Navoiy shaharlaridagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari va oziq-ovqat sanoati korxonalari atrofida kuzatiladi.
Havoning fenollar bilan kuchli ifloslanganligi uglevodorod xom ashѐsini ishlatuvchi korxonalar yaqinida (Toshkent, Farg‘ona, Chirchiq, Angren shaharlari), ftorli birikmalar bilan qora metallurgiya korxonalari va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan korxonalar yaqinida (Olmaliq shahri) kuzatiladi. Bekobod, Toshkent, Farg‘ona, Chirchiq shaharlari havosida ozon miqdorining ortishi smog hosil bo‘lishiga qandaydir darajada sabab bo‘ladi.
So‘nggi yillarda ishlab chiqarishning va transportda tashish hajmlarining qisman kamayganligi sababli sanoat manbalaridan ham, transport manbalaridan ham ajratmalar hajmini kamayishi kuzatilmoqda.
Ko‘chma manbalarning ajratmalari.
Atmosferaning eng ko‘p ifloslantiruvchi manba transport bo‘lib, uning ajratmalari 1981-1991 yillarda 2,6-2,8 million tonnani ѐki umumiy ajratmalarning 61-62 foizini tashkil qildi. So‘nggi yillarda avtomobilda tashish hajmini va ѐqilg‘ini ishlatilishining kamayishi tufayli avtotransport ajratmalarining hajmi kamaydi, biroq ular umumiy hajmning 62-64 foizini tashkil qiladi.
1997 yilda ajratmalarning umumiy hajmi bo‘yicha avtotransport hissasiga uglerod dioksidning 92,6%, azot oksidlarining 64,2%, uglevodorodlarning 60,5%, qattiq zarrachalarning 22,2% va oltingugurt dioksidning 9,4% to‘g‘ri keldi.
Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Namangan, Samarqand shaharlarida avtotransport ajratmalari doimiy manbalarga nisbatan 5-6 baravardan ortiqni tashkil qiladi.
Hozircha avtotransportning hammasi ham chiqaѐtgan gazlarni katalitik neytralizatorlari bilan jihozlanmagan, chunki respublikada foydalaniladigan benzin neytralizatorlar uchun «zaharli» bo‘lgan qo‘rg‘oshin qo‘shimchalariga ega. Shuning uchun mamlakatimizda etillanmagan benzinni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish juda muhimdir. Bu havfli qo‘rg‘oshinning chiqishini kamaytirishga olib keladi va neytralizatorlardan keng foydalanishga imkon tug‘diradi, bu esa katta shaharlarda havoni ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilaydi.
Transport ajratmalarini kamaytirishning yana bir yo‘nalishi avtotransportning bir qismini gaz yoqilg‘isiga o‘tkazishdir. Hozirgi vaqtda faqatgina 2% avtomobillar siqilgan gaz va suyultirilgan neftь gazlari bilan ishlashga o‘tkazilgan. Respublikada mavjud gaz to‘ldiruvchi kompressor stantsiyalar loyiha quvvatlarining 30-35% miqdorida ish bilan ta'minlangan. Afsuski, respublikada gaz ballonlari ishlab chiqaradigan korxonalarning yo‘qligi avtotransportni havoni kamroq ifloslantiruvchi gaz yoqilg‘isiga o‘tkazishni sekinlashtirmoqda.

Download 225.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling