Ozbekistonda basketbolning rivojlanishi. Mundarija: Kirish I. Bob. Basketbolning paydo bolishi va
Xalqaro Basketbol Asossiatsiyasining (XBA) tashkil etilishi
Download 120.5 Kb.
|
Ozbekistonda basketbolning rivojlanishi
1.2. Xalqaro Basketbol Asossiatsiyasining (XBA) tashkil etilishi
Basketbol rivojlanishiga rahbarlik qilish vazifasini o’z zimmasiga olgan birinchi halqaro tashkilot (IAAF) Halqaro havaskor yengil atletikachilar federatsiyasi bo’lgan edi. 1926 yilning avgust oyida IAAFning gaaga shahrida bo’lib o’tgan ushbu federasiya doirasidagi VIII kongressida to’p bilan qo’lda o’ynaladigan barcha o’yinlar ustidan nazorat qilish ishlarini olib borish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi. IAAFda bunday o’yinlarga qiziqish paydo bo’lganiga sabab shu ediki, ko’pgina mamlakatlarda qo’l bilan o’ynaladigan to’p o’yinlari qish oylarida yengil atletikachilar trenirovkasining oddiy elementiga aylanib qolgan edi. 1928 yil avgustida Amsterdam shahrida bo’lib o’tgan IX Olimpiada o’yinlari vaqtida qo’lda o’ynaladigan to’p o’yinlari komissiyasi bazasida qo’l to’pi o’yinlarining mustaqil halqaro havaskorlar federatsiyasi (IAGF) tashkil etiladi. Uning tarkibiga sportning har xil turlari bo’yicha (shu jumladan basketbol bo’yicha) uchta texnik komissiya kiritiladi. Fransuz K.Bopyunni basketbol bo’yicha komissiyaning raisi, kotibi etib esa – uning vatandoshi M.Barillni saylaydilar. Mana shu komissiya basketbol rivojlanishiga rahbarlik qilish uchun tuzilgan birinchi halqaro tashkilot edi. Lekin u bor-yo’g’i 6 yil mavjud bo’ldi. Aslini olganda u o’z zimmasiga yuklatilgan vazifani – tuzilgan dasturni bajara olmadi. Shuning uchun 1934 yilning sentyabrida IAGF jaxon basketboliga rahbarlik qilishga da’vat etilgan yagona tashkilot bu FIBA dir, deb tan olishga majbur bo’lgan edi. 20 yillarning oxirida ko’pchilik mamlakatlarda milliy basketbol tashkilotlari faoliyat ko’rsata boshlagan edi. Lekin ular IAGF rahbariyati Shveysariyaning futbol va yengil atletika bilan ham mashg’ul bo’ladigan basketbol assotsiatsiyasiyani tan olmaydi. Bunga sabab o’z zimmasiga basketbolning rahbarlik qiluvchi organi rolini olgan ushbu tashkilot basketbol bo’yicha biror marta ham match musobaqa o’tkazmagan edi.XBA o’zi tashkil etilganidan keyin oradan 3 yildan kamroq vaqt ichida to’la mustaqillikka erishadi, hamda XOQ tomonidan sportning olimpiada turlariga kiruvchi o’yinlar federatsiyasi oilasida o’zining munosib o’rnini egallaydi. XBA ustavi 1932 yilda Rim shahrida qabul qilingan edi. O’sha har 4 yilda bir marta o’tkaziladigan federasiya kongresslarida tegishli o’zgartishlar kiritilib turiladi. 1947 yildayoq 50 mamlakat FIBAga a’zo bo’lib kirgan edi. O’zining 50 yilligi nishonlayotgan kunda (1985 y.) FIBA besh qit’adagi 157 mamlakatni o’z saflarida birlashtirish edi. XBAning bosh organi – kongress bo’lib, u har 4 yilda bir marta chaqiriladi. Kogresslar o’rtasidagi davrda kongress vakolatlariga ega bo’lgan markaziy byurosinung rahbar organi hisoblanadi. U ikki yilda bir marta o’z mamlakatlariga – sessiyasiga to’planib turadi. Markaziy byuro sessiyalari o’rtasida uning vazifasini 7 kishidan iborat ijroiya komissiyasi bajarib turadi. Yevropa qit’asida Yevropa chempionatlari kubogi uchun o’tkaziladigan o’yinlar juda mashhur bo’lib o’tgan (ularda milliy birinchilik uchun o’tkaziladigan o’yinlarning chempionatlari ishtirok etadi) shuningdek, kubok egalari kubogi uchun o’ynaladigan o’yinlar ham keng tarqalgan (ularda mamlakat chempionatlarining ikkinchi jamoalari yoki Kubok egalari qatnashadi) hamda bundan ko’pgina musobaqalar ham ommalashib ketgan. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling