O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning “O‘zbek modeli”


Download 27.52 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi27.52 Kb.
#222669
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-referat


REJA:

1. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning “O‘zbek modeli”.

2. Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.

3. Agrar islohotlar.

4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish.

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li,
taraqqiyotning “O‘zbek modeli”.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.


Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir davlat o‘zining tarixiy taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi.

O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom


Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil:

1.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish.

2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy
o‘zgarishlarning tashabbuskori.

3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida


hammaning tengligi.

4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj


tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.

5. Bozor iqtisodiyotiga


bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olindi.

Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.


Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.


Download 27.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling