O’zbekistonda chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar


Download 17.49 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi17.49 Kb.
#1282402
Bog'liq
Документ Microsoft Word


13Variant

  1. O’zbekistonda chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar

  2. Xorijiy investor daromad olish maqsadida, bankdagi depozit hisobvarag’iga 600 dollar mablag’ qo’ydi. Yillik foiz stavka miqdori 14% ni tashkil qilsa, investor 5 yildan keyin qancha mablag’ga ega bo’ladi?

  3. Tijorat bankida yiliga 28% li stavka asosida mablag’lar jalb qilinmoqda. Investor besh yildan so’ng 2000 dollar mablag’ga ega bo’lishi uchun bugun qancha mablag’ qo’yishi talab etiladi?

  4. Investor Tsement ishlab chiqarish zavodining aktsiyalarini sotib olish uchun mablag’ kiritdi. Bu aktsiyalar har bir donasi 2000 so’m bahoda taklif etilib, emissiya prospekti shuni ko’rsatadiki, 5 yildan so’ng ularning qiymati eng kamida (minimum) to’rt marta ortadi. Agar investor yillik 10 % daromad keltiruvchi boshqa variantlarga mablag’ kiritishi mumkin bo’lsa, u holda bu aktsiyalarni investorga sotib olish arziydimi, yo’qmi?

  5. Quyidagi ma’lumotlar asosida investitsiya loyihasining samaradorligini baholang va tegishli xulosalarni shakllantiring.

I0

CF1

CF2

CF3

CF4

d
(yillik)

PP

ROI

NPV

PI

IRR

DPP

188 000

70 000

70 000

90 000

98 000

12%



















Kafedra mudiri E.Nosirov
Жавоблар,
1.O’zbekistonda chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar?
Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi, chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Quyidagilar investitsiya faoliyatining subyektlari (investorlar va ishtirokchilar) bo‘lishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — fuqarolari (jismoniy shaxslari), yuridik shaxslari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari;
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari;
hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlatlar va xalqaro tashkilotlar.
Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag‘ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo‘lishlari, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi bo‘yicha yoki umuman O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning aniq ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin..
Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilingan yoki topilgan;
Download 17.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling