Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda
Download 243.5 Kb.
|
573 21.09.2020
Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda. Xususan, Prezidentimiz yaqinda Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlariga tashrifi doirasida faollar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ushbu masalaga ahamiyat qaratib, tashqi qarz xalqimizning farovonligiga xizmat qilayotganligi, uning miqdori boshqa davlatlar bilan solishtirganda ancha past ekanligini xalqimizga oddiy va sodda qilib tushuntirib berdi. Davlatimiz rahbari tashqi qarz hammaga ham berilavermasligini, buning uchun mamlakatning tashqi dunyodagi nufuzi va unga nisbatan ishonch boʻlishi kerakligini alohida taʼkidladi. Bir qarashda oddiygina ifodalangan bu soʻzlar mazmun-mohiyatiga koʻra, davlat qarzi va davlat tashqi qarziga oid tushuncha hamda fikrlarimizni ancha teranlashtirishimizni talab etadi. Darhaqiqat, har qanday mamlakatda iqtisodiy holatga qarab qarz olishga boʻlgan ehtiyoj tugʻilishi tabiiy. Unga talab nafaqat iqtisodiy inqiroz yoki turgʻunlik holati, balki ayrim strategik ahamiyatga ega loyihalar yoki dasturlarni amalga oshirish uchun ham boʻladi. Masalan, mamlakat infrastrukturasini ravnaq toptirish, kambagʻallikni qisqartirish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, mudofaa qobiliyatini kuchaytirish va hokazo. Davlat byudjeti bunday yukni koʻtara olsa yaxshi, aks holda koʻzda tutilgan muhim vazifalardan voz kechish kerak boʻladi yoki Davlat byudjetining yuzaga kelgan taqchilligini qarz hisobiga yopish zarurati tugʻiladi. Taqchillikni yopishning ham ikkita manbasi bor: birinchisi — soliqlarni oshirish, ikkinchisi — qarz jalb qilish. Dunyoda birorta mamlakat yoʻqki, davlat qarzi muammosiga duch kelmagan boʻlsa. Ichki va tashqi manbalar hisobiga jalb qilingan qarz mablagʻlari, agar u samarali boshqarilmasa, har qanday mamlakatning moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy muhiti uchun jiddiy muammolar keltirib chiqarishi tayin. Bu haqda koʻp yozilgan boʻlsa ham aytish joizki, 2008-2009-yillarda dunyo iqtisodiyotida yuzaga kelgan iqtisodiy boʻhronning asosiy sabablaridan biri sifatida qarz bilan bogʻliq tahlika hamda tahdidlarni hisobga olmaslik va davlat qarzini boshqarishda ushbu tahdidlarni tez ilgʻab, unga qarshi choralar koʻra oladigan tizimning yoʻqligi tan olingan. Chetdan olingan qarz bir qancha xatarlarni keltirib chiqaradi. Chet el valyutasida katta miqdorda olingan qarz valyuta kursining keskin oʻzgarishiga hamda moliyaviy bosim ortishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham bu muammo, ayniqsa, rivojlanayotgan va iqtisodiyoti oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarni xavotirga soladi. Lekin, shunga qaramasdan, dunyo iqtisodiyotida qarzga boʻlgan talab borgan sari oshib bormoqda. Va bunday holat bir qancha savollarni keltirib chiqarishi tabiiy. Quyida ularni muhokama qilish orqali davlat qarzi borasida Oʻzbekistondagi holat boʻyicha ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan savollar, shubha va xavotirlarga javob topishga harakat qilamiz. Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling