O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.08.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1664359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR.0000

Birinchi davr: 1991-1994 yillar
ikkinchisi: 1995-2004 yillar
uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.


Birinchi davr: 1991-1994 yillar
O'tish davri parlamenti deb atash mumkin bo'lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat
boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo'lgan
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini
mustahkamlashga qaratilgan "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi, "O'zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi, "O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o'n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Uch
bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo'lib o'tgan saylov yakunlariga
binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko'p
partiyaviylik asosida o'tkazildi


Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar
Oliy Kengash o'rniga O'zbekiston Respublikasining bir palatali
parlamenti
— Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 
yillar) Oliy Majlis tarkibida O'zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan
ko'rsatilgan 69 nafar, "Adolat" sosial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan
taraqqiyoti" partiyasidan 14 va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan
ko'rsatilgan 7 nafar deputat bo'lib, deputatlarning qolgan qismini
hokimiyat vakillik organlaridan ko'rsatilgan shaxslar tashkil etdi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va ikki palatali parlamenta
o'tish (2004 yil dekabr
— 2005 yil yanvar).


Uchinchi davr
Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo'shma majlisidan boshlanib, 
bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o'z
ishlariga kirishdilar.
Ikki palatali parlament tashkil etilgach, O'zbekiston Respublikasida qonun
chiqaruvchi hokimiyat o'z taraqqiyotida yangi pog'onaga ko'tarildi. Eng asosiysi, 
garchi Qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo'lsa-da, qabul qilingan
qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy
Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling