O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi Anotatsiya


Download 26.48 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi26.48 Kb.
#194186
  1   2
Bog'liq
I.L.A


O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi

Anotatsiya: Ushbu maqolada davlatimiz o’z oldiga qo’ygan eng olish maqsadlardan biri bo’lgan demokratik jamiyat qurish va bu yo’lda o’zligimizni milliyligimizni saqlab qolish haqida hamda demokratik jamiyat qurishda milliy va umumbashariy qadryatlarni uyg’unlini ta’minlashning muhim ahamiyati haqida fikr mulohazalar bildiriladi.

Kalit so’zlar: umuminsoniy qadriyat, demokratik tamoyillar, milliy qadriyat, «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», globallashuv jarayoni, mafkuraviy tazyiq.

Biz bugungi globallashuv jarayonida zamon shiddat bilan shakllanayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Ma’lumki, O’zbekiston o’z oldiga demokratlashgan davlat qurishdek oliy maqsad qo’ygan. Ushbu vazifani amalga oshirishda barcha ishlar bosqichma- boshqich amalga oshirlmoqda. Shu o’rinda yodimizdan chiqarmaslik lozimki, biz demokratik jamiyat qurish yo’lida avvalambor, milliyligimiz va eng muhimi esa, o’zligizni saqlab qolmog’imiz lozim. Xususan, demokratik jamiyat qurish pirovard maqsad bo’lib, milliylikni saqlab qolgan holda, demokratik jamiyat qurish yo’lidan ildam odimlasak, kelajakda qurilajak, jamiyatimizning poydevori mustahkam bo’ladi desak, aslo yanglishmagan bo’lamiz.

“Biz o’z kelajagimizni qurish yo’lida ildamlab bormoqda ekanmiz, yuqorida ta’kidlaganimdek, bu o’rinda milliylik hamda o’zlikni saqlab qolgan holda demokratiyaga uyg’un shaklda biz uchun doim qadrli bolgan va bundan keyin ham o’z ahamiyatini yo’qotmaydigan milliy qadryatlarimizni yoxud umumbashariy qadryatlarni saqlab qolmog’imiz darkor”[2]. Chunonchi, hayotimizda ko’plab uchraydigan va biz uchun muhim bo’lgan umuminsoniy qadriyat tushunchasiga e’tibor qaratamiz.

“Umuminsoniy qadriyat - jamiyat a’zolarining hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan va har bir shaxsning hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga ijobiy ta’sir etadigan, kishilarning xatti-harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham umuminsoniy qadriyatlarning mezoni sifatida baholanadi. Shu bilan ham umuminsoniy qadriyatlar tizimida demokratik tamoyillarning o‘zi uning shakllanishi uchun keng maydon ochib beradi”[3]. Biroq, bu degani milliy qadriyatlarning o‘rni ana shu tizimda passiv holatda ekan-da, degan xulosani chiqarmaslik kerak. Negaki, qadriyatlar tizimida millat, unga xos bo‘lgan belgilar, jihatlar, xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan hudud, makon va u bilan bog‘liq tuyg‘ular demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o‘rin egallaydi. Milliy qadriyatlar shaxs qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lovchi zanjirning muhim va asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Shunga ko‘ra, millat har qanday milliy qadriyatning ob’ekti, uni yaratuvchisi va milliy qadriyatlar tizimida asosiy tayanadigan ijtimoiy tayanchi hisoblanadi.

Millat bir tomondan, o‘zininng qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turganligi bilan ham u yashovchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, aytib o’tish joizki, davlat hokimyatining asosiy manbai xalq ekan, milliy va umuminsoniy qadryatlarning yaratuvchisi hamda sub’yekti esa ma’lum bir hududda yashovchi insonlardir. Bundan kelib chiqadiki, milliy va umuminsoniy qadryatlar va demokratik jamiyat orasida uzviy bog’liqlik mavjud. “Qadimgi Xitoyliklar Xitoy devorini bino qilishganda uning balandligi sabab dushman o‘ta olmaydi deb o‘ylashgan. Ammo bor yo‘g‘i yuz yilga borib bormay Xitoy uch marta hujumga uchradi. Dushman armiyasi uch marta ham devordan o‘tishga ehtiyoj sezmadi. Ular devorda turgan qo‘riqchilarga pora berib eshik orqali kirishdi. Xitoyliklar devor bino qilish bilan mashg‘ul bo‘lib haqiqiy qo‘riqchi inson bino qilishni unutishgan edi. Insonni bino qilish barcha narsaning binosidan oldin turadi. Bugun talabalarimiz ana shunga muhtoj.[4]

Lekin shu o’rinda bir jihat ham mavjudki, demokratik jamiyat barpo etishda umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari nisbiy xarakterga ega bo‘lib, uning bu xususiyati, ya’ni nisbiylik har doim ham ko‘zga tashlanavermaydi. Shunga ko‘ra, demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishda uning quyidagicha namoyon bo‘lish shakllarini alohida ta’kidlash lozim.

a) demokratik jarayonlarning uzviyligi asosida milliy qadriyat sifatida shakllantirish;
b) odamlarning tafakkuri va ijtimoiy-siyosiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar darajasini mutanosib bo‘lishiga erishish;

v) jamiyatdagi turli xil guruhlar qarashlarini yagona maqsad – «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» degan milliy g‘oya asosida hamjihatlilik, millatlararo totuvlik ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;

g) demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlash;

d) siyosiy munosabatlarda ham axloqiy, ma’naviy, milliy qadriyatlar ustuvorligiga erishish orqali umumbashariy demokratik tamoyillarni mamlakat fuqarosining turmush ehtiyojiga aylantirish va boshqalar.[5]

Demak, milliy qadriyatlar o‘tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida doimiy takomillashib yangi-yangi qirralarini vujudga keltiradi. Aynan ana shu jarayon adolatli va demokratik jamiyatning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Milliy qadriyatlarsiz demokratiya tamoyillarini hayotga joriy etish, uni har bir shaxsning turmush tarziga aylantirish mumkin emas. Demokratiya nafaqat shaxs faoliyati, balki u millatning ruhiyati hamdir. Demokratik jarayonlar davomida mavjud qadriyatlar tizimining o‘zi ham rivojlanib va o‘zgarib boradi. Millat milliy qadriyatning haqiqiy egasi. Chunonchi, millat uning makon va zamondagi harakati ham, o‘tmishdan kelajakka tomon yashashi ham, avloddan avlodga yetkazib beruvchisi ham, uning asosiy ob’ekti ham aynan shu millatdir. Milliy qadriyatlarning saqlanib qolishi, bu faqat ularning o‘zini- o‘zi asrab qolishining asosiy masalasi deb qarash kerak emas. Balki, har qanday millatning saqlanib qolishi uchun har bir millatning o‘zi javobgar, mas’ul bo‘lishi shart. Ana shu javobgarlik, mas’ullik darajasi milliy rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu haqida qozog‘istonlik professor, faylasuf F. Qodirjonov xalqaro konferensiyalarning birida o‘zi tan olib, shunday fikrni bildirdi: “Qozoq ziyolilarining o‘z ona tillarini o‘rganishlari, o‘zlashtirishi va o‘z tillarida ilmiy falsafiy, siyosiy kitoblarni yozishi o‘ta mushkul bo‘lib qolayotganligining sababi - ular milliy ruhining erkinligiga nisbatan uzoq yillar hukmron bo‘lgan “qizil imperiyaning” mafkuraviy tazyiqining natijasidir. Bunday holatni Qirg‘iziston va O‘zbekiston ziyolilari o‘rtasida ham kuzatish mumkin”.[6]

Darhaqiqat, bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan zamon oqimiga tushib qolgan insonlar milliylikni va o’zlikni unutib qo’ymoqdalar. Bunday bir davrda bizga qo’yilgan yagona talab milliy qadryatlar va demokratik qadryatlarni uyg’unligini ta’minlagan holda eng oliy maqsadlarimizdan biri bo’lgan demokratik jamiyat qurishdan iboratdir.

Aynan ushbu fikrlar mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ham keltirilgan «Bugungi kunda an’anaviy qadriyatlarimizni demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo‘shilishining garovidir.[7]

Shu nuqtai nazardan umumbashariy demokratik tamoyillarni qaror toptirish, ko‘p bor ta’kidlanganidek, jamiyatimiz taraqqiyotidagi eng murakkab masalalardan biridir. Ayniqsa, bu uzoq vaqt totalitar tuzum asoratida yashagan sobiq ittifoq makonida, jumladan O‘zbekistonda ham uning illatlaridan butkul qutula olmagan jamiyatda yanada murakkabroq kechadi. Ana shu murakkab jarayonni, ijtimoiy-siyosiy larzalarga olib kelmaslikning yo‘llaridan biri, qonun ustuvorligi tamoyilidir.



Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi taraqqiyotning zaruriy qonunidir. Milliy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Lekin bu o‘zgarishlardan qat’iy nazar, umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy, ma’naviy kamolotining muayyan yo‘llari uchun birgalashib kurashishga, harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vositasini o‘taydi. Ma’naviyat borasida ham umuminsoniy qadriyatlar xalqlarning barcha madaniyatini yaqinlashtiradi va ularning tezroq kamol topishga imkon yaratib beradi. Xususan, o’zining milliy g’oyasi bilan sug’orilgan shaxs ongida yurtiga muhabbat, davlatning kelajagiga daxldorlik hissi doimo yaxshi amallar qilishga, yurtiga nafi tegadigan yetuk komil shaxs bo’lib rivojlanishiga ko’maklashadi. Demak, bundan kelib chiqadiki, shaxsning kamol topishi va jamiaytga kerakli shaxs bo’lishida ummumilliy qadryatlarimizning o’rni alohida ahamiyatlidir. Zero, demokratik jamiyatda har bir shaxsning ongi shuurida faqatgina yurtiga nafi tegadigan shaxs bo’lish jamiyatda o’z o’rniga ega shaxs bo’lishi, eng muhimi esa muomala madaniyati va huquqiy madaniyati to’la shakllangan bo’lishi lozim bo’ladi. Bunda esa qadryatlarimizning o’rni bo’lakcha desak aslo adashmagan bo’lamiz.


Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling