- Huquqiy davlat tushunchasi va uning belgilari. Hukuqiy davlat — bu jamiyatdagi barcha millat va tabaqalarping insonparvarlik adolatli qoidalariga asoslangan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlaydigang byurokratiya va maxalliychilikka qarshi kurashadigan hokimiyatiniig shaklidir.
- Huquqiy davlatning shakllanishi va amalga oshirilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini to’la ta`minlashi, davlat va fuqarolarning bir — biri oldida javobgarligi, qonunlar ustunligi tan olinishi, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar qonunlarga asosan ish ko’rishi bilan belgilanadi.
Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: - 1. Jamiyatda huquqning hukmronligi. Davlatga qarashli barcha kishilar: davlat fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan jismoniy va yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar va barcha davlat organlari huquqqa amal qilish kerak,
- 2. Konstitutciya va qonunlarning ustunligi. Qonun normalar tizimida oliy yuridik kuchga ega bo’lib, barcha normalar — qarorlar, farmonlar, farmoyishlar qonun asosida qilinadi. Bu huquqiy normalarning Konstitutciyaga mosligini nazorat qiladigan maxsus Konstitutciyaviy sud mavjuddir.
- 3. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish. Bu huquq va erkinliklar insonga tug’ilgan vaqtidan paydo bo’lib to vafot etishga qadar davom etadi. Insonning yashash huquqi, erkinlikka ega bo’lish huquqi, dahlsizlikka, xavfsizlikka ega bo’lish va boshqa huquq va erkinliklari. Fuqarolarning asosiy erkinliklari va burchlari uch guruqga bo’linib, bular ijtimoiy — iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquqlar davlat tomonidan amalga oshiriladi.
- 4.Davlat va fuqaroning o’zaro mas`uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining belgilab quyib, uning amalga oshirishini kafolatlaydi. Davlat va uning organlari fuqarolar oldida mas`ul bo’lib, hisoblanadi.
- 5. Hokimiyatni bo’linish printcipiga amal qilishlik. Davlat hokimiyatiga suiste`molga yo’l qo’ymaslik uchun, hokimiyatning uchta tarmog’ini — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga ajratiladi, Bular o’z vakolati bo’yicha ish olib boradi va bir — birini ishiga aralashmaydi.
- 6. Sudning mustaqilligi va huquqni muqofaza qiluvchi organlarning yaxshi ishlashi. Sud mustaqil bo’lib, faqat qonunga bo’ysunadi. Sud ishlariga hech kimning aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yaxshi ishlab inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishlari kerak.
- 7. Aqolini huquqiy bilimini va huquqiy madaniyatini rivojlanishi. Jamiyatda huquqiy madaniyat yuksak darajada taraqqiy etib, fuqarolar huquqiy ongli bo’lishi kerak. Huquqiy ong –huquqni yaxshi bilish, qonun va boshqa normativ hujjatlarni talabini bajarishni bildiradi.
- 9. Fuqarolarning manfaatlarini qo’riqlash, ularning ijtimoiy himoya qilish.
- 10. Huquqiy davlat qurish uchun barcha ijtimoiy sohalarda qonunlarni chiqarish va ularning takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |