O'zbekistonda demokratiya va axloqning zamonaviy muammolari va yechimlari
Download 55.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaqola-Kamolov Dostonbek-Demokratiya va axloq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ключевые слова: демократия, этика, гражданское общество, диалектическая связь, Майк Мези, идеология, индикатор, семья, воспитание, коррупция, социальная мысль.
Abstract: This article notes that in the paradigm of studying the spiritual-moral environment of civil society, the spiritual-moral environment of society complements the social being and actively participates in all its parts. Potential opportunities for constructive and rational organization of the spiritual and moral environment of the society, the definition of future tasks, the systematization of work on the development of methodological recommendations for their creative use in Uzbekistan, summarizing foreign experience in health, and in the process of studying the spiritual and moral environment paradigm ”,“ strategy of action ”and its five main priorities. Fundamentals and norms of the spiritual and moral environment of society, the interdependence of history and modernity in the spiritual and moral heritage, the dialectical relationship between faith and morality, the moral categories of personal activity in the spiritual and moral environment of society research in the prism of the "spiritual ideal" and its impact on the spiritual and moral environment of society. It is the spiritual-moral environment that further enhances the role of moral knowledge as a process of self-formation. Keywords: democracy, ethics, civil society, dialectical connection, Mike Mezi, ideology, indicator, family, upbringing, corruption, social thought. XXI asr shu bilan xarakterlanadiki, bugungi kunga kelib, insoniyatning jami borlig'ini belgilaydigan epitsentr iqtisodiyotdan, siyosatdan o'tib ma'naviyatga borib taqaldi. Chunki aynan ma'naviyat kishilar borlig'ining barcha parametrlarini belgilaydigan konsensusga aylandi. Jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhit muammosining yechimlari masalasi nihoyatda dolzarbligini belgilaydigan indikatorlardan biri hozirgi zamon global etikasi va milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, ularning rivojlanishi va takomillashishini jahon chorrahasida tahlil qilinishi O'zbekistonda axloqiy, ma'naviy munosabatlarni yoritishga nisbatan yangicha yondashuvdir. Jamiyat ma'naviy-axloqiy muhitining mazmun-mohiyati, muammolari va kontseptual yechimlarini kompleks tadqiq etish, ulardan milliy-ma'naviy taraqqiyotda samarali foydalanish nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Ya'ni: – jamiyat ma'naviy-axloqiy muhitini axloqiy qonuniyat va tamoyillarini ilmiy asosda o'rganish va uning muammolarini yechish; – jamiyat ma'naviy-axloqiy muhitining konstruktiv tomonlarini yuksaltirish, zamonaviy milliy taraqqiyotning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ma'naviy-axloqiy jihatlarini izchillik bilan ijtimoiy, axloqiy tahlil etish; – ma'naviy-axloqiy muhitda insonlarning o'zaro ma'naviy hamkorligini kuchaytirish, shaxsda axloq ko'nikmalarini hosil qilish, uni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, irodasini shakllantirish va mustahkamlash, haqiqatgo'y va insonparvar qilib voyaga yetkazish; – jamiyatda sog'lom ma'naviy-axloqiy muhitni rivojlantirish va muntazam ravishda takomillashtirish hamda uzluksiz ta'lim jarayoniga tatbiq etish, chinakam ma'naviy-axloqiy muhitga mos milliy, ijtimoiy-axloqiy g'oyalarni xalqimiz, shu jumladan, yoshlar ongi va qalbiga chuqur singdirish; – axloqiy merosga vorislik mexanizmlarini kuchaytirish, imon butligiga erishishga doir amaliy tadbirlarni ishlab chiqish; – O'zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat va u asoslanayotgan omillar tizimi nisbatan yangiligi, muayyan tajribalarga boyligi va pozitiv xususiyatlarni mujassam etishi bilan diqqatga sazovor. Shu sababli 130 dan ortiq millat va elatga mansub O'zbekiston xalqi ahil, inoq va totuv yashab kelmoqda. Bu hol hozirgi mavjud ma'naviy-axloqiy muhit indikatorlarini rivojlantirib borishni taqozo etadi. Amerikalik olim va jamoat arbobi Mayk Mezi jamiyat muhitining barqarorligini quyidagi ko'rsatkichlar bilan aniqlaydi: a) vayronkor inqilobiy ruhning mavjud emasligi; b) ichki zo'ravonlik omilining yo'qligi; v) Konstitutsiyaga huda-behuda o'zgartirishlar kiritilavermasligi; g) tuzumga nisbatan keskin qarshilikning yo'qligi; d) instituttsional tuzilish va hukumatda barqarorlikning mavjud emasligi . [1] Bu mezonlar asosida jamiyatimiz ma'naviy-axloqiy muhitiga yondashiladigan bo'lsa, ijobiy hodisaga duch kelinadi. Yetuk ma'naviyat O'zbekiston demokratik jamiyatining ikkinchi muhim ma'naviy-axloqiy indikatoridir. Bu indikatorning yashovchanligiga milliy g'oya asos bo'lmoqda. Uning asosiy tarkibini chuqur bilimdonlik, sog'lom dunyoqarash, ezgu fazilatlik, yetuk mutaxassislik tashkil qiladi. Aynan shaxsning bilimli, dunyoqarashli, fazilatli va kasb-hunarli bo'lishga intilishi jamiyatda yetuk ma'naviylikning saqlanishiga asos bo'lib, tinchliksevarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik kabi sifatlar ustuvor darajada saqlanib qolmoqda. Samarali faoliyat bugun jamiyatimizda puxta va aniq kasbni egallash, o'z mehnati evaziga hayot kechirish, mulkdor bo'lish va faoliyatda ijtimoiy adolat, vijdon, diyonat, majburiyat, burch kabi me'yor-tamoyillarga amal qilishdir. O'zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhit ikki muhim omil muloqoti vositasida takomillashib bormoqda. Birinchisi – sharqqa xos bo'lgan an'anaviylik va ma'naviy-axloqiylik omili, ikkinchisi – g'arbga mos bo'lgan zamonaviylik va ijtimoiylik omilidir. Aynan mana shu an'anaviylik va ma'naviy-axloqiylik, zamonaviylik va ijtimoiylik paradigmasi ma'naviy-axloqiy indikatorlarini amaliyotga tatbiq etish xususiyatlarini belgilaydi. Mo'ljallash ideal masala hisoblanadi. Negaki demokratik sharoit erkinlik va individualizmning ustuvor bo'lishini xush ko'radi . Lekin har qanday jamiyat yashovchanligi va tadrijiy rivojini ta'minlash uchun erkinlik, individualizm kabi tamoyillarga nisbatan o'z talablari, me'yorlari va qoidalarini qo'yadi . [2] Shu sababli har qanday jamiyat a'zolarining nisbatan ko'pchiligi ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuklashsa qoniqarli hisoblanadi . Zero, O'zbekistonda ma'naviy-axloqiy muhit indikatorlarini amaliyotga maqsadli tatbiq etish quyidagi zaruriyatlar bilan belgilanadi: – mamlakatimiz aholisining qariyb 61 foiz qismini yoshlar tashkil qiladi; – jamiyatda an'anaviylik va zamonaviylik, ma'naviy-axloqiylik va ijtimoiylik uyg'un tarkib topishi kerak; – tashqi va ichki ma'naviy tajovuzlar bartaraf etilib borishi zarur; – jamiyat milliy g'oya asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan taraqqiy ettirilib borilishi lozim. Bu zaruriyatlar jamiyatimiz ma'naviy-axloqiy muhitida tenglik, erkinlik, individuallik kabi tamoyil va qadriyatlarning me'yorli tarkib topishini taqozo etadi. Nega? Chunki mutlaq tenglik, mutlaq erkinlik, me'yorsiz individuallik, qat'iy an'anaviylik va tartibsiz zamonaviylikning bo'lishi shubhalidir . [3] E'tibor berilsa, O'zbekiston demokratik jamiyati sharoitida ma'naviy-axloqiy muhit sub'ektlari beshta: oila, maktabgacha ta'lim muassasasi, o'qish joylari (ta'lim tizimi turlari), mehnat joylari va mahalla. Bu muhit o'zga demokratik jamiyatlar muhitidan tubdan farq qilishini eslatib o'tish joiz . Mazkur jihatlar uchun asosiy, ma'naviy-axloqiy indikatorlar o'nta: ta'lim, tarbiya, shakllantirish, rivojlantirish, korrektsiyalash, faollashtirish, yo'naltirish, tartib, intizom va farovonlashtirish. Ushbu besh muhitda asosiy ma'naviy-axloqiy indikatorlarni amaliyotga tatbiq etish bilan jamiyatda o'n yetti me'yor, sifat, talab va taomillarni tarkib toptirishga erishiladi. Ta'kidlash lozimki, jamiyatning ma'naviy-axloqiy muhiti asosiy indikatorlarini amaliyotga tatbiq etish spetsifik xususiyatga ega bo'ladi. Bular quyidagilardan iborat: 1. Oila muhitida ma'naviy-axloqiy muhitning barqaror bo'lishi; oila a'zolarining tarbiya ishida mas'uliyatli bo'lishi; oilani ma'naviy, axloqiy va ijtimoiy tajovuzlardan himoya qilib borish; oila madaniyati va sog'lom turmush tarzini yuksaltirish. 2. Ta'lim muhitida asosiy ma'naviy-axloqiy indikator ta'limdir. Bu muhitda amaliy ishlar samaradorligini oshirish uchun ta'lim va tarbiya uyg'unligini kuchaytirish; shaxsni ma'naviy-axloqiy jihatdan sog'lom shakllantirish; shaxs ongi, dunyoqarashi va axloqini yot g'oya, ta'sir va illatlardan muhofaza qilish; shaxsni hayot va faoliyatga tayyorlash ; 3. Mehnat joylari muhitida asosiy ma'naviy-axloqiy indikator rivojlantirish bo'lib, unda mehnat jamoasida ahillik va jamoaviylikni ta'minlash; jamoa a'zolarini yuksak maqsad-muddaolar sari yo'naltirib borish; jamoa a'zolarini mustaqillik, individuallik va jamoaviylikka uyg'un amal qilishga odatlantirish; jamoa a'zolarida ijtimoiy faollikni kuchaytirish. 4. Mahalla muhitida asosiy ma'naviy-axloqiy indikator uyushtirish. Unga ko'ra, mahallaning ma'naviy-axloqiy jihatdan birinchi, yakdilligi va mo''tadilligini ta'minlashi kerak. Buning uchun mahallani ijtimoiy va axloqiy illatlardan muhofaza qilish; oilalar, mehnat va o'qish jamoatlaridagi ma'naviy-axloqiy muammolarni hal qilishga ko'maklashish; sog'lom turmush tarzini muhofaza qilish; ijtimoiy adolat, erkinlik va majburiyat taomillariga rioya qilishni tarkib toptirish. Shunday qilib, demokratik jamiyat sharoitida ma'naviy-axloqiy muhit indikatorlarini amaliyotga tatbiq etishda shu jamiyatning ehtiyoji, maqsad-muddaolari va real sharoitdan kelib chiqish birlamchi hisoblanadi . O'zbekiston demokratik jamiyati sharoitida ma'naviy-axloqiy muhit indikatorlari bir necha muhim funktsiyani bajaradi. Bu funktsiyalarning asosiylari quyidagilardan iborat: – jamiyatda sog'lom ma'naviy-axloqiy muhitni saqlash; – milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni uyg'un rivojlantirib borish; – jamiyat a'zolarini yuksak maqsad-muddaolar va bunyodkorlik ishlariga yo'naltirish; – jamiyatning ma'naviy-axloqiy darajasini tashxislash va baholash. Bu funktsiyalar real muhitda bajariladi va shu sababli asosiy ma'naviy-axloqiy indikatorlar ikki xususiyatga ega bo'ladi: doimiylik va muddatiylik. Indikatorlar saqlanib boraversa, doimiylik xususiyatiga ega bo'ladi, masalan, tarbiyalash, shakllantirish, korreptsiyalash va h.k, aksincha, indikatorlar real vaziyatga bog'liq holda namoyon bo'lsa muddatlilik xususiyatini oladi, masalan, ta'lim berish, tushuntirish, yo'naltirish va h.k. Demak, bunda eng asosiy masala kerakli indikatorlarni o'z vaqtida anglab olish va undan oqilona foydalanishdir. Bu ishda quyidagi ikki yo'l mavjud. Birinchisi, ma'naviy-axloqiy muhitning ijobiy asoslarini rivojlantirish; ikkinchisi, ma'naviy-axloqiy muhitga ta'sir ko'rsatayotgan salbiy illatlarga qarshi kurashish. Mazkur ikki yo'l vaziyatga qarab qo'llanilganida o'z samarasini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: Мези М. (1994). Конгресс в системе Президентской власти США. Разделенная демократия. Сборник статей. Под обшей редакцей проф. Дж. Гарбул. – Москва: “Прогресс”. Токвиль А. (2000). Демократия в Америке. – Москва: “Весъ мир”. Қаххорова М. (2007). Маънавий идеал. – Тошкент: “Маънавият”. Раҳмонов А. (2007). Гражданское обществo: достожения, проблемы, перспективы. – Тошкент: «Аkademiya». Фитрат А. (2001). Нажот йўли. Тошкент: “Шарқ”. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling