O’zbekistonda dinga yangich qarash va munosabatlarning shakillanishi


Download 0.69 Mb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1377724
1   2   3   4
Bog'liq
O’zbekistonda dinga yangich qarash va munosabatlarning shakillanishi

Biroq bu muvozanat vujudga kelishi uchun odamlar bir-birining huquqini hurmat qilishni ham o’rganishi kerak, to’g’rimi? Hamma ham dinga birdek yondashmasligi, yuqorida tilga olingan amallarga nisbatan turlicha fikrda bo’lishi tabiiy.

  • Biroq bu muvozanat vujudga kelishi uchun odamlar bir-birining huquqini hurmat qilishni ham o’rganishi kerak, to’g’rimi? Hamma ham dinga birdek yondashmasligi, yuqorida tilga olingan amallarga nisbatan turlicha fikrda bo’lishi tabiiy.
  • Lekin ayni paytda din va vijdon erkinligi mutlaq erkinlik degani emas. Bu degani mamlakatda mavjud dinlarning ma’lum bir ehtiyojlari qondiriladi, lekin bir din vakillari boshqa din vakillarining haq va huquqiga tajovuz qilishiga yo’l qo’yilmaydi. Buning uchun qonuniy asoslar ishlab chiqiladi. Diniy tenglik va muvozanat nafaqat qonunda balki amalda ham shakllangan bo’lishi kerak, deydi Kamoliddin Rabbimov.
  • “Jamiyatning ijtimoiy madaniyatiga ko’r narsa bog’liq. Lekin madaniyat hokimiyat tomonidan shakllantiriladigan bir narsa. Masalan O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari butunlay hukumat nazoratida. Shuningdek, siyosiy partiyalar, siyosiy kuchlar. Jamiyat tafakkuri, uning hatti-harakati hukumat ta’siri ostida o’tgan 20 yilda ancha o’zgardi. Mana shu o’zgarish boshqa tomonga ham bo’lishi mumkin edi. Agar hukumat din va vijdon erkinligini boshqa o’zanga yo’naltirmoqchi bo’lsa, jamiyatda bu jarayon juda tez kechishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari orqali bu huquqlarni ta’minlash oson bo’ladi aslida”.

3. Sovet va mustaqil O‘zbekistonda Islom diniga munosabat.

  • 3. Sovet va mustaqil O‘zbekistonda Islom diniga munosabat.
  • "O‘zbekiston" telekanalida Yangiyo‘l tumanida yashirincha diniy saboq berganganlikda aybdor deb topilgan ayollar mahkama ishi namoyish qilingan.
  • Ko‘rsatuvda aytilishicha, ushbu ayollar "radikal g‘oyalarni" mahalliy aholi orasida yoyishga uringan. O‘zbekiston telekanallarida namoyish qilinadigan bunday ko‘rsatuvlar asosan bir tomonlama ayblash ruhida tasvirga olinadi. Ikkinchi tomonning pozitsiyasini himoya qiluvchi omillarga e‘tibor berilmaydi. Ushu hodisa sabab BBC O‘zbekistondagi diniy ta‘lim olish sharoitlariga nazar tashladi.
  • Ko‘rsatuvdan ma‘lum bo‘lishicha, Yangiyo‘l tumanidagi bog‘cha yoshidagi qizchalarga yashirincha diniy ta‘lim berilgan. Ushbu bog‘chaning faoliyat yuritishi bir necha do‘konlarning foydasi evaziga amalga oshirilgan.
  • O‘zbekiston qonunlari bo‘yicha, mustaqil ravishda diniy ta‘lim berish taqiqlanadi. O‘zbekiston hukumati huzuridagi Din ishlari qo‘mitasining rais o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev BBC bilan suhbatda mamlakatda to‘qqizta madrasa, bir institut hamda universitet borligini aytdi.
  • "O‘zbekiston Musulmonlari Diniy idorasi qoshida bitta Islom instituti va to‘qqizta madrasa bor. Toshkent Islom universiteti dunyoviy va Oliy o‘rta maxsus ta‘lim tizimidagi universitet", - deydi O‘tkir Hasanboyev.
  • O‘tkir Hasanboyevning aytishicha, mamlakatda tajvid va Qur‘on ilmlaridan saboq beruvchi boshqa muassasa yo‘q. Mas‘ulga ko‘ra, diniy ta‘lim muassasalari talabdan kelib chiqib belgilangan.
  • "Hozirgi paytda bu hech qanday muammo keltirib chiqarayotgani yo‘q. Ehtiyojlarni to‘liq qoniqtirib kelayapti", - deydi O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling