Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Bajaruvchilar TU 57 guruh talabalari Abdullayeva Nigina Maxamadjonova Robiya O'zbekistonda eksport salohiyatini oshirish yo'llari Reja - Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
- Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid qabul qilingan farmon va qarorlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi va ishlab chiqarishni samarali tashkil etishi yo‘lida keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
- Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalib bormoqda. “Made in Uzbekistan” yorlig‘i tushirilgan mahsulotlar jahon bozorida keng o‘rin egallamoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
- Bugun kichik biznes korxonalari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, kundalik ehtiyoj mollari, qurilish materiallari, kiyim-kechaklar kabi keng turdagi tovarlarni ishlab chiqarmoqda va tashqi bozorlarga eksport qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ularning tovar va xizmatlarini tashqi bozorga chiqarishda yaqindan ko‘maklashmoqda.
- Mazkur jamg‘arma joriy yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha 627 tadbirkorlik subyektiga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.
- Amalga oshirilgan ishlar natijasida umumiy qiymati 642 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalari imzolanib, ular doirasida 280 tadbirkor 270 million dollarlik mahsulotlarini eksport qildi. Jamg‘arma ko‘magida amalga oshirilgan eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga ko‘paydi.
- Joriy yilning birinchi choragida ushbu jamg‘arma tomonidan ellikdan ortiq tadbirkorlik subyektlariga Germaniya, Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishda yordam ko‘rsatildi.
- Bu tadbirlarda 117,8 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi. Ular doirasida qariyb 6 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
- . . Moskvada fevral oyida o‘tkazilgan “Prodekspo – 2017” oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasida 75 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
- Qozog‘istonning Ostona shahrida 22-23-mart kunlari tashkil etilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan yuzdan ortiq tadbirkor mahsulotlari namoyishi o‘tkazildi.
- Ko‘rgazma yakuni bo‘yicha Qozog‘iston bozoriga to‘qimachilik, meva-sabzavot, oziq-ovqat, mebel va qurilish materiallarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 24,4 million dollarlik 18 eksport kelishuvi imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |