Ozbekistonda energetik resurslar manbai Qobiljonov Abror


Download 0.83 Mb.
Sana07.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1437012
Bog'liq
Ozbekistonda en-WPS Office

Ozbekistonda energetik resurslar manbai

Qobiljonov Abror


Reja:
1)Energetik resurslar turlari
2)Qayta tiklanuvchu manbalar
3)Qayta tiklanmaydigan manbalar
Energetika sanoati har qanday mamlakat yoki rayonning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishining asosini tashkil qiladi. Energetika sanoati xalq xo’jaligining asosiy bo’g’inlaridan bo’lib, u sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. U iqtisodiy rayonlarning ixtisoslashuvini ko’p jixatdan aniqlab beradi.Energetika sanoati yoqilg’i xom ashyosini qazib olish va iste’mol qilish, elektr energiya ishlab chiqarish va uni taqsimlash tarmoqlarining o’zaro va bir-biri bilan bog’langan yig’indisidir. Demak, yoqilg’i-energetika majmuasi yoqilg’i va elektroenergetika sanoatining o’zaro bir-biri bilan bog’langan tarmoqlari yig’indisidan iborat.
Mamlakat yoki xudud qancha ko’p energiya ishlab chiqarsa va iste’mol qilsa, u shuncha ko’p maxsulot ishlab chiqaradi va iqtisodiy rivojlanish darajasi shuncha yuqori bo’ladi.
Energetika sanoatining xom ashyosi bo’lib, yoqilg’i (neft, gaz, ko’mir, torf, yonuvchi slanets, yog’och, uran) va gidroresurslar (daryo va dengiz oqimi, qalqish energiyalari) hisoblanadi. Hozirgi paytda energiyani noan’anaviy usullar bilan olishning rivojlanishi tufayli quyosh energiyasi, shamol kuchi, yerning ichki issiqligi ham energetika xom ashyosi sifatida qaralmoqda.
Yoqilg’i resurslari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun energiya ishlab chiqarishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Ammo fan va texnikaning rivojlanishi bilan u yoki bu energiya manbaining xalq xo’jaligidagi ahamiyati o’zgarib turadi.
Yoqilg’ining turli xillarini bir-biri bilan taqqoslash uchun ular shartli yoqilg’iga aylantiriladi.
Shartli yoqilg’i deb, 1 kg yoqilg’i yonganda 7 ming kkal (29 MJ/kg) energiya beradigan, issiqlik koeffitsenti bir deb qabul qilingan yoqilg’iga aytiladi.
Yoqilg’ini shartli yoqilg’iga aylantirish uchun, yoqilg’ilar haqidagi ma’lumotlarni tegishli issiqlik koeffitsentiga ko’paytiriladi. Hisoblashlarda 1 kg shartli yoqilg’i o’rta hisobda 2 kVt/soat elektr energiyasiga teng deb ham qabul qilinadi, lekin bunda elektr stantsiyalarining foydali ish koeffitsenti hisobga olinadi.
Demak, jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1 kg toshko’mirning issiqligi 1 kg shartli yoqilg’ining issiqligiga teng. Issiqligi kam bo’lgan yoqilg’i xom ashyolari torf, slanets, qo’ng’ir ko’mir va yog’och hisoblanadi. Shuning uchun ularni uzoq masofalarga tashib yurishning iqtisodiy foydasi yo’q. Ular maxalliy yoqilg’i bo’lib hisoblanadi. Qo’ng’ir ko’mir ham issiqlik koeffitsenti kam bo’lganligi sababli qazib olinadigan joyida va unga yaqin bo’lgan xududlarda ishlatiladi. Masalan, O’zbekistonda Angren ko’ng’ir ko’mir koni yaqinida «Angren», Nurobod shaharchasida «Yangi Angren» GRESlari kurilgan. Ushbu GRESlarda ko’mir yoqilib, olingan elektroenergiya iste’molchilarga jo’natiladi, chunki ko’mirning kuli ko’p bo’lganligi uchun uni o’zoq masofaga tashish iqtisodiy jixatdan o’zini oqlamaydi.
Yoqilg’i resurslarining qiymati faqat ularning kaloriyasigagina bog’liq bo’lmay, balki undan foydalanish imkoniyatiga hamda qazib olish harajatlariga ham bog’liq. Eng tejamli yoqilg’i xom ashyosi neft va gazdir, chunki ularni qazib olish va quvurlar orqali iste’molchiga jo’natish arzonga tushadi.
Maxsulot birligini olish (yoki 1 t yoqilg’i qazib olish) uchun sarflangan va pulda ifodalangan barcha harajatlar maxsulot tan narxi deb ataladi.Muayyan vaqt davomida ma’lum bir xududda (mamlakat, iqtisodiy rayon, viloyat va h.k.) yoqilg’i va energiyaning turli xillarini qazib olish, xom ashyosini qayta ishlash va iste’mol qilish umumiy hajmini va tarkibini ifodalaydigan barcha ko’rsatkichlar yoqilg’i-energetika balansi deb ataladi
YOQILG’I SANOATI
Yoqilg’i sanoati yoqilg’i xom ashyosini qazib olish va uni iste’molchiga yetkazib berish tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Yoqilg’i sanoati ko’mir, neft, gaz, torf, yonuvchi slanets, uran rudasi qazib olish hamda yog’och tayyorlashdan iborat.
Quyosh elektr stansiyalari, yoki geliostantsiyalar AQSH, Fransiya, Ispaniya, Yaponiya va Ukrainada; geotermal elektr stantsiyalar AQSH (Geyzer stantsiyasining quvvati 1 mln/kVt), Rossiya, Filippin va Italiyada; qalqish stantsiyalari Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda; shamol elektr stantsiyalari AQSH va Daniyada qurilgan.
Elektr energiyasi jahondagi barcha mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Ammo bir yilda 100 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan faqat 13 ta davlat bor (AQSH, Rossiya, Yaponiya, Kanada, Germaniya, XXR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Braziliya, Xindiston, Polsha, Norvegiya). O’zbekistonda bir yilda 50 mlrd. kVt/soatdan ortiq elektroenergiya ishlab chiqariladi.
Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha jahonda Norvegiya (26 ming kVt/soat), Kanada (17 ming kVt/soat), Shvetsiya (14 ming kVt/soat), AQSH (11 ming kVt/soat) yetakchi.
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling