O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida ko’p ishlar amalga oshirilmoqda


Download 15.46 Kb.
Sana02.12.2020
Hajmi15.46 Kb.
#157093
Bog'liq
shaxs qadr qimmati


O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatida inson, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashdir.

Konstitusiyamizda shunday belgilab qo’yilganki O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari qadriyat hisoblanadi.

Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish Konstitusiyamizning asosiy g‘oyasiga aylantirilgan. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmati, uning hayoti va sog‘lig‘i yoki shaxsiy erkinligi takrorlanmaydigan boylikdir. Konstitusiyamizning 26-moddasida, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat prosessual kodeksining “Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish” deb nomlanuvchi 17-moddasida sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi hamda hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi kabi qoidalar o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning shaxsiy huquq va erkinliklari mustahkamlangan. Konstitutsiya normalarida, har qanday holatdan qat’iy nazar, shaxsning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlangan va himoya qilingan. Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasida «Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega», deb qayd etilgan. Konstitutsiyaning «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar», deb nomlangan bo‘limlarida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy bazasi o‘z ifodasini topgan. «Davlat, deb ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 43-moddasida, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi». Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 3.5-moddasida, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt»ning 6, 7, 9, 10, 11-moddalarida insonning yashash huquqi, qadr-qimmati, ozodligi va xavfsizligi, sha’ni va obro‘yini himoya qilish kabi huquqlari mustahkamlangan. Bu xalqaro huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosini tashkil qiladi. Jinoyat kodeksining «Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar» bo‘limida shaxsning ozodligi, sha’ni, qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar va ular uchun javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi birinchi bo‘limida shaxsning ozodligi, sha’ni, qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, ularning yuridik tahlili quyidagicha: Shaxsning ozodligi, sha’ni, qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning obyekti shaxslarning ozodligi, erki, sha’ni, qadr-qimmati hisoblanadi. Obyektiv tomondan ushbu jinoyatlar shaxsning ozodligini, erkini cheklovchi, sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarda ifodalanadi. Subyektiv tomondan qasddan sodir etiladi. Subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Faqatgina odam o‘g‘rilash jinoyatining subyekt yoshi 14 yosh qilib belgilangan. Shaxsning ozodligi, sha’ni, qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar quyidagi turlarga ajratilgan:

Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash (Jinoyat kodeksining 135-moddasi).

Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish (Jinoyat kodeksining 136-moddasi).

Odam o‘g‘irlash (Jinoyat kodeksining 137-moddasi).

Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 138-moddasi).

Тuhmat (Jinoyat kodeksining 139-moddasi).

Haqorat qilish (Jinoyat kodeksining 140-modda



Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga olib keladigan, sog‘ligini xavf ostiga qo‘yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy yoki ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish ta’qiqlanishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipining mohiyatini tashkil qiladi.
Download 15.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling