O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1466624
1   2   3   4
Bog'liq
Jumaniyazova Dilnoza Zaripboyevna (2)

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
orttirma darajasini hosil qiladigan element sifatida ham qatnashadi. Miqdor-daraja 
ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur 
to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, 
o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.). Miqdor-daraja ravishi predmetning 
belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa 
yoqmas (Maqol). 
Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab 
ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga 
noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi. Sabab ravishi
asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi 
qatorga borib o`tirdi (Oydin). 
Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni 
anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), 
ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi 
vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min). 
Ravish tuzilishiga ko`ra: 1) sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga 
bo`ladi. Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, 
kamtarona kabi. Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, 
bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. Juft ravishlar ikki so`z asosining teng 
bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi. Takroriy ravishlar esa bir 
so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush 
o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-
zo`rg`a kabi. Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, 
kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun 
darslik). T., “Sharq”, 2013. 
2. Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to‘plami. T. “Navro’z”, 2018. 
3. “Umumta‘lim fanlari metodikasi” jurnali, 1-, 2-, 3-, 4-sonlar, 2018. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling