O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Jumaniyazova Dilnoza Zaripboyevna (2)
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 15- SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.01.2023 orttirma darajasini hosil qiladigan element sifatida ham qatnashadi. Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.). Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol). Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi. Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin). Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min). Ravish tuzilishiga ko`ra: 1) sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo`ladi. Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi. Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi. Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a- zo`rg`a kabi. Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T., “Sharq”, 2013. 2. Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to‘plami. T. “Navro’z”, 2018. 3. “Umumta‘lim fanlari metodikasi” jurnali, 1-, 2-, 3-, 4-sonlar, 2018. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling