O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari
Download 26.18 Kb.
|
Социал гурухлар ва социал институтлар
O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridanoq Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari asosiy qadriyatga aylanadigan, qonun ustuvorligi ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lini tanladi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va jahonda keng e’tirof etilgan islohotlarning “o‘zbek modeli” davlatimiz tomonidan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlangan yo‘lning asosiga aylandi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish bu boradagi islohotlarning asosiy tamoyillaridan biridir. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Abduvohidov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishida yangi bosqich bo‘lganini alohida ta’kidladi. Uchinchi sektorning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti har yili fuqarolik jamiyatida ro‘y berayotgan jarayonlarning tizimli monitoringi va tahlilini o‘tkazib kelmoqda, ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada oshirishga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil etmoqda. Navbatdagi monitoring natijalari so‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash sohasida qonunlarga rioya qilish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash ustidan jamoatchilik monitoringini o‘tkazishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyati sezilarli darajada kuchayganini ko‘rsatdi. Bu borada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi, uning institutlari tashkil etilishi va mustahkamlanishi yo‘lida zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan qator tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirildi. Jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va fondlari, kasaba uyushmalari, OAV, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bular fuqarolik jamiyatining institutsional tuzilmasini tashkil etib, fuqarolarni muhim ijtimoiy vazifalarni hal qilish jarayoniga faol jalb etish imkonini bermoqda. 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tashkil etilishi nodavlat notijorat tashkilotlarining izchil rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiq, so‘nggi besh yilda turli nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlariga muhim davlat dasturlari va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 28,9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. – Fuqarolik jamiyati – rivojlangan demokratik davlatning asosidir, – dedi elchi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Derd Sabo. – O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati faol rivojlanmoqda. Ushbu jarayonda biz ham ishtirok etib, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti kabi tashkilotlar bilan aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilayotganimizni ta’kidlashni istardim. YeXHTga a’zo davlatlardagi xalqaro ekspertlarni taklif etgan holda tadbirlar o‘tkazmoqdamiz, ularda ishtirokchilar tajriba almashib, bilimlarini boyitmoqda. 2013-yilning dekabr oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonuni nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qonun jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash masalalarini hal etishda faol qatnashish imkonini yaratdi. Nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 2013-yil 12-dekabrda Prezidentimiz Islom Karimovning “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish, ularning hisobot topshirish tartiblarini soddalashtirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zaro munosabatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, davlat boji va nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini davlat ro‘yxatiga olish uchun to‘lanadigan yig‘imlar miqdori sezilarli darajada kamaytirildi, davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha murojaatlarning adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi. Konferensiyada nodavlat notijorat tashkilotlarining yanada rivojlanishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarni tez muddatlarda qabul qilish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlarini belgilab beradigan qonunchilik talablarini buzganligi uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirishni nazarda tutadigan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish ham muhim masala bo‘lib qolmoqda. – O‘zbekistonda davlat nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rivojlanishiga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda, – dedi «O‘zbekistondagi mintaqaviy muloqot» xalqaro nohukumat tashkiloti (Sloveniya) mintaqaviy direktori Myusha Sever. – O‘zbekiston rahbari tomonidan o‘tgan yilning oxirida qabul qilingan qarorda NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi jiddiy ravishda soddalashtirilgani, ularga qo‘shimcha imkoniyat va imtiyozlar berilgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli NNTlarning ijtimoiy va sotsial-iqtisodiy faolligi ortib, faoliyat samaradorligi yuksaldi. Konferensiyada faoliyati milliy qonunchilik va xalqaro standartlarning barcha me’yorlariga mos keladigan nodavlat notijorat tashkilotlarining ijobiy tajribasini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining davlat va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarning hayotga tatbiq etilishida nodavlat notijorat tashkilotlari sa’y-harakatlarini birlashtirishdagi roli qayd etildi. Mamlakatimizda yaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli nodavlat notijorat tashkilotlari soni yildan-yilga ortib, ularning faoliyati samaradorligi va sifati yuksalib bormoqda. 2014-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, adliya idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 7,8 mingdan oshdi. Holbuki, 1991-yilning boshida mamlakatimizda atigi 95 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritar edi. Bugungi kunda tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga yordam beradigan tuzilmalar, sport va yoshlar tashkilotlari, siyosiy partiyalar hududiy bo‘linmalarining salmoqli o‘rni bor. Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish maqsadida ajratilayotgan grant mablag‘lari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish hajmi kengaymoqda. Masalan, agar 2009-yilda ularga 444,6 million so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2013-yilda bu ko‘rsatkich 2,7 milliard so‘mga yetdi. Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularning muhokamasiga nodavlat notijorat tashkilotlari faollarini jalb etish o‘sib borayotgani ham ta’kidlandi. Xususan, 2013-yilda ular “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi va muhokamalarida, shuningdek, “Obod turmush yili” Davlat dasturining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etdi. – Bunday muhim tadbirlarning o‘tkazilishi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganidan, ayni paytda eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishga nohukumat tashkilotlari jalb qilinayotganidan dalolat beradi, – deb ta’kidladi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Yako Sillers. – Mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega loyihalarga NNT, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faol jalb qilinishi va ularning ishtiroki O‘zbekistonning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beradi. Ushbu konferensiya ham bugungi kunda davlat sektori tadbirkorlar, uchinchi sektor vakillari bilan yangi ish o‘rinlari yaratish, sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish va aholi farovonligini yuksaltirish kabi masalalarda yaqindan hamkorlik qilib kelayotganidan dalolat beradi. Konferensiyada ishtirok etgan xorijlik mutaxassislar mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari jadal rivojlanayotgani, ularni yanada rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, OAVning iqtisodiy mustaqilligi va erkinligini ta’minlash bo‘yicha samarali davlat siyosati amalga oshirilayotganini alohida e’tirof etdi. Mustaqil OAVning jamoatchilik nazorati tizimidagi roli alohida ko‘rib chiqildi va ijobiy baholandi. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarini o‘zida mujassam etgan mustahkam qonunchilik bazasi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Prezidentimizning 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori OAV mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi rolini oshirishda navbatdagi qadam bo‘ldi. Bularning barchasi mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sonining izchil o‘sib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 1991-yildan buyon ularning soni 291 dan 1372 ga yetdi. Shu o‘rinda ularning 62 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekanini qayd etish kerak. 2013-yilda Samarqand va Buxoro viloyatlarida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy eksperiment so‘z va axborot erkinligini ta’minlash borasida muhim voqea bo‘ldi. Huquqiy eksperimentga OAV, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar jalb etildi. Mazkur jarayon fuqarolik jamiyati salohiyatidan foydalanishning yangi usuli samaradorligini yana bir bor tasdiqladi. Ayni paytda huquqiy eksperiment natijalari inobatga olingan holda takomillashtirilgan qonun loyihasi parlamentimizining quyi palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. Konferensiya doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida siyosiy partiyalarning tutgan o‘rni ham ko‘rib chiqildi. Ma’ruzachilar mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunida hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan huquqiy asoslar to‘g‘risida fikr yuritdi. Mamlakatimizda qonunchilik asosida ko‘ppartiyaviylik tizimi va siyosiy plyuralizmni rivojlantirish uchun ham sharoit yaratilgan. 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida partiya guruhlari vakolatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartishlar kiritildi. Mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos instituti – mahallaga alohida o‘rin ajratilgan. Mustaqillik yillarida mahalla jahon hamjamiyati tomonidan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaydigan adolatli institut sifatida tan olingan noyob tuzilmaga aylandi. Bugungi kunda mamlakatimizda mahallaning nufuzi tobora oshib bormoqda. Bu kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligidan dalolat beradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jumladan, 2013-yilda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. Ayni paytda mamlakatimizda 9,7 mingdan ortiq fuqarolar yig‘ini faoliyat yuritmoqda. 2013-yilning noyabr-dekabr oylarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazilgan navbatdagi saylovda 9756 fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning 99,6 mingdan ziyod maslahatchisi saylandi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘inlari ilgari mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kirgan 30 dan ortiq vazifani bajarib, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolarning manfaatlari himoyasini ta’minlashga oid ko‘plab masalalarni samarali hal etmoqda. Konferensiya ishtirokchilari fuqarolik ongi va aholining siyosiy-huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda fuqarolarning inson huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash, ularning o‘z konstitutsion huquqlarini anglash, Vatanga, mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha choralar qabul qilingan. 2013-yilda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan ta’lim muassasalari o‘quvchilari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati faollari o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalari aholining siyosiy, huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligi yanada yuksalganidan dalolat bermoqda. Xususan, so‘rovda qatnashganlarning 95 foizi qonunga doimo rioya etish zarurligini bildirgan. Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va majburiyatlarini, shuningdek, o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini yaxshi biladi. Bu borada davlatimiz rahbarining 1997-yil 25-iyunda qabul qilingan “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmoni va “2001-yil 4-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Prezidentimizning 2013-yil 28-iyunda qabul qilingan “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirishga qaratildi. Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi, yuridik ta’lim tizimining fundamental bazasini tubdan isloh qilish va yaxshilash uchun asos yaratildi. Konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida yuksak samaralarga erishganini alohida ta’kidladi. Ochiq muhokamalar davomida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi mavjud kamchiliklar va foydalanilmayotgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi va tahlil qilindi. Konferensiya yakunida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlashda OAVning rolini kuchaytirish, siyosiy partiyalarning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish zarurligi qayd etildi. Download 26.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling