O‘zbekistonda g’allachilik mahsulotl


Download 57.14 Kb.
bet3/3
Sana24.02.2023
Hajmi57.14 Kb.
#1226406
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu g\'alla

‘rni va ahamiyati Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish – mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan
texnologik ish jarayonlari va olingan mahsulotni qayta ishlash, saqlash, tashish va xaridorga yetkazib berishni nazarda tutilmoqda. Shu paytgacha “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi” tushunchasi, faqat mahsulot yetishtirishni nazarda tutar edi. Buning natijasida mahsulot yetishtirgan dehqon daromadi, mahsulotni sotish orqali olingan foyda bilan cheklanar va sotuvchi mahsulot yetishtirganga nisbatan ko‘proq daromadga ega bo‘lardi. Bugungi kunda “Klaster” xo‘jaliklari vujudga kelishi orqali bu narsaga chek qo‘yilmoqda.
Klaster - mahsulot yetishtiradigan xo‘jalik hisoblanib, o‘zi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlab, iste'mol mollari darajasiga yetkazib, ularni xaridorga sotishni ham o‘zi bajaradi. Paxta yetishtiruvchi xo‘jalik misolida qaraydigan bo‘lsak, hosil terib olingandan so‘ng xo‘jalikning o‘zida u qayta ishlanib, tola, chigit va g‘o‘zapoyasidan mahsulot olish tashkil qilinadi. Jumladan, toladan ip, ipdan mato, matodan kiyim yoki xalq ehtiyoji mollari tayyorlanib, sotuvga chiqariladi. Chigitdan paxta yog‘i, kunjara va sheluxa olinsa, paxta yog‘i qoldiqlaridan esa sovun, bo‘yoq va boshqa maxsulotlar olinadi. G‘o‘zapoyadan mebelsozlik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Paxtadan 100 dan ortiq mahsulot olish mumkinligini e'tiborga olib, ularni tashkil etishga harakat qilsak, paxta yetishtirishning qanchalik serdaromad soha ekanligini tushunishimiz mumkin.
Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotga qayta ishlov berilib, unga bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish sanoat mahsuloti hisoblanib kelingan. Bugungi kunda sanoatni qishloq xo‘jaligi bilan uyg‘unlashishi tufayli, dexqonning daromadi bir necha o‘n barobariga ortmoqda. Dexqonning mavsumiy ish faoliyati, sanoat xodimlarinikidek, yillik ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Endi dexqon o‘zi yetishtirgan mahsulot manfaatidan to‘lig‘icha foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. Qishloq aholisi ish bilan ta'minlanadigan bo‘ldi. Buning natijasida “muhandis” faoliyati yangicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishini talab qilmoqda. Sanoat va qishloq xo‘jaligi “muhandisi” orasida farq bo‘ladi, ammo mahsulot yetishtirib beradigan muhandisning bilim darajasiga qo‘yiladigan talab ortadi. Chunki, “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish muhandisi” yetishtirib berayotgan mahsulot sifati va hajmi, mahsulotni qayta ishlov beradigan sanoat korxonalari talablariga javob beradigan bo‘lishi va kerak bo‘lsa bu jarayonda ham o‘zi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun quyiladigan agrotexnik talablar asosida quyidagi jarayonlar (paxta yetishtirish misolida ko‘rib chiqamiz) amalga oshiriladi:
- tuproqqa asosiy ishlov berishdan oldin mineral va mahalliy o‘g‘itlar tuproq yuzasiga sepilib, pluglar yordamida tuproqni ag‘darish jarayonida ko‘miladi;
- bahorgi tuproqqa sayoz ishlov berishdan oldin maydonlar tekislanadi, dala nishabligi ta'minlanadi;
- tuproqqa sayoz ishlov berishda chizellar, tirmalar, molalar yordamida dalalar chigitni ekish jarayonlariga tayyorlanadi;
- tuproqni chigit ekishga tayyorligi agrotexnik talablarga mos bo‘lgan tuproq strukturasi, namligi darajalariga erishilgach ekish jarayoni amalga oshiriladi;
- g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalarga qarshi kurashish yengil aviasiya (planerlar) yoki dronlar yordamida bajariladi;
- paxta hosili texnikalar yordamida terib olinadi va xirmonga topshiriladi;
- g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olinib, DVP yoki DSP maxsulotlari shaklida mebel ishlab chiqarish korxonalariga yetkazib beriladi.
Paxta yetishtirishda bugungi kunning talabi - g‘o‘zani sug‘orishda “tomchilatib sug‘orish” texnologiyasi va texnikasidan foydalanish har tomonlama samarali, xarajatlar, jumladan suv, yonilg‘i moylash materiallari va mehnat sarfi kam, hosildorlik va foyda yuqori hamda qator oralariga g‘alla,
poliz (qovun, tarvuz, oshqovoq) ekinlari ekish, ularning hosili paxta ochilishidan oldin pishib yetilishi sababli, paxta terimigacha hosilni yig‘ishtirib olish agrotadbirlarini joriy etishni taqozo etmoqda.
Paxta yetishtirishda almashlab ekish texnologiyasini qo‘llash orqali tuproq unumdorligini oshirish imkoni mavjud bo‘lib, agrotexnik talablarga mos keladigan ekin turlarini bu sxemaga kiritilishi ham iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Yuqorida keltirilgan texnologik jarayonlarni bajaradigan qishloq xo‘jalik mashinalari, qurollari va moslamalari mavjud bo‘lib, ularni ishlatish uchun energetik moslamalardan foydalanamiz. Energetik manba sifatida traktor yoki elektrdvigatellar, ayrim holatlarda avtomobillar va aviasiya qo‘llaniladi. Energetik moslama bilan ish bajarayotgan qishloq xo‘jalik mashinasi birgalikda AGREGAT deb nomlanadi. Agregatni tanlash, o‘z vaqtida, agrotexnik talablarga mos ravishda, texnologik jarayonni bajarishda agregatdan unumli foydalana bilish, muhandisning bilim saviyasi va mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik muhandisi, har qanday texnologik ish jarayonida qo‘llaniladigan agregatlarni, agrotexnik talabda ko‘rsatilgan muddatlardan oldinroq ishga shay qilib qo‘yishi shart. Texnologik ish jarayoni bajarilayotgan davrda esa, ishning sifatli bajarilishini nazorat qilishi va sifat ko‘rsatkichlari uchun javobgar bo‘ladi. Chunki, muhandis tanlangan agregat bajarayotgan texnologik ish jarayoni agrotexnik talablariga mos bo‘lishi shart. Ishni bajarish davomida shu texnologik jarayonga qo‘yilgan shartlarni buzilmasdan, tegishli parametrlarni ta'minlanayotganligini nazorat qilib borishi muhandis zimmasiga yuklatiladi. Shuning uchun ham muhandisdan chuqur bilim, o‘quv va tajribaga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirishning asosi - agrotexnik talablariga rioya qilingan holatda barcha texnologik ish jarayonlarni o‘z vaqtida sifatli qilib bajarish hisoblanadi. Mo‘l-ko‘l hosil yetishtirishning sabablari ko‘p jumladan, sifatli urug‘, unumdor tuproq, yetarli suv, zarur o‘g‘itlar bilan ta'minlanganligidir, ammo bularning barchasi bor bo‘lgan taqdirda ham, texnologik ish jarayonlarini sifatli va agrotexnik talablarda ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkazilmas ekan, foyda o‘rnini zarar qoplab olishi aniq. Shuning uchun ham yetishtirilgan hosildan olingan foydaga qarab, muhandisga baho berish mumkin.
Shu o‘rinda T.S.Mal'sevning shamol erroziyasiga qarshi, tuproqqa asosiy ishlov berishning “ag‘dargichsiz korpusli plug” bilan ishlov berganligi natijasida bug‘doydan hosil olishga erishganligi (shu hududdagi boshqa xo‘jaliklar an'anaviy ag‘dargichli korpusli pluglardan foydalanganligi sababli hosil olishmaganligi) misol bo‘la oladi. Chunki tuproqning ag‘darilishi natijasida yuza qatlamga chiqib qolgan unumdor qatlam shamol bilan uchirib ketildi (bu holat shamol erroziyasi deyiladi). T.S.Mal'sev taklifini amalga oshirishning eng oson yo‘li, tuproqni ag‘darmasdan chuqur yumshatilganligi va shamol uchirib ketmaganligi, mo‘l hosil olinganligi “BILIM”ning qanchalik kuchga ega ekanligiga misol bo‘ladi.
Demak, muhandisning bilim darajasi nafaqat texnikalarning o‘zlashtirganligi bilan balki o‘zi faoliyat yuritayotgan hududning tuproq-iqlim sharoitini yaxshi o‘zlashtirganligiga ham bog‘liq bo‘lar ekan.
Download 57.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling