O‘zbekistonda gimnastikaning rivojlanishi har bir davlat va jamiyat jismoniy madaniyatning umumiy tarixi bo‘yicha aynan o‘ziga xos bo‘lgan an’analarga egadir


Download 16.62 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi16.62 Kb.
#1834398
  1   2   3
Bog'liq
Гимнастика тарихи


O‘ZBEKISTONDA GIMNASTIKANING RIVOJLANISHI
Har bir davlat va jamiyat jismoniy madaniyatning umumiy tarixi bo‘yicha aynan o‘ziga xos bo‘lgan an’analarga egadir.
Gimnastika bo‘lg‘usi sport turi sifatida o‘zgarib turgan tuzumlar sharoitidagi jismoniy tarbiyaning an’anaviy va noan’anaviy vositalari majmuiga asoslangan edi. O‘rta Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekistonda davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy madaniyatning elementlari va yo‘nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy ildizlariga egadir (Alpomish, Ibn-sino, Amir Temur va boshqalar). Ushbu sport turida jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchilarning katta guruhi murakkab mashqlar va kombinatsiyalarni yuksak texnik darajada bajarishni qisqa vaqt ichida o‘rgana olar edilar. Joylarda bolalar uchun sport maktablarining tashkil etilishi, gimnastikachilarning turli musobaqalardagi chiqishi, birinchi sport ustalarining eng yaxshi yutuqlari, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasida sportlarning yangi mavqei, yuksak natijalarga erishgan gimnastikachilar mahorati – bularning barchasi shu ajoyib sport tarixini tashkil etadi.
Jahonning taniqli sportchilari orasida O‘zbekiston gimnastikachilari qanday o‘ringa ega bo‘lishgan? Ular Respublika nufuzini ko‘tarishga qanday hissa qo‘shishmoqda? Mustaqillikka erishgach Respublika rahbariyati jahonda davlatimiz nufuzini ko‘tarishga ularning ham qo‘shayotgan hissalarini yuqori baholamoqda. Shuning uchun ham bizning gimnastikachilar haqidagi ma’lumotlar yurtimizda sodir bo‘layotgan ratsional o‘zgarishlarni yaqqol ko‘rsatib beradi. Fanning tarixiy qimmatini shu fan rivojlanish tarixi, o‘tmish xotiralari, xalq an’alariga hurmat, ma’naviy boylik, o‘quv mashg‘uloti uchun nazariya, talaba va tinglovchilarni o‘qitish uslubiyati tashkil etildi.
MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIMNASTIKA
Yetakchi trenerlar va gimnastikachilar yangi sharoitlarda ham katta yutuqlarga erishmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro maydonga chiqdi. Bu hol o‘zbek sportchilariga jahon birinchiligida ishtirok etish imkonini berdi. Jumladan, O‘zbekiston ginastikachilari Oksana Chusovitina va Roza Galiyeva sport gimnatikasi bo‘yicha jahon birinchiligida ishtirok etib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldilar. G.Shamray va E.Saadiy oltin an’anasini ikkita ajoyib sportchi O.Chusovtina va R.Galiyeva davom ettirdilar. Ular 1992-yilda Barselonada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida sport ginastikasi bo‘yicha chempionlik shoxsupasini egalladilar. Shuningdek, O.Chusovitina astoydil mashq qilishni davom ettirib Atlantadagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi. 1996-yilgi Olimpiya o‘yinlarida O.Chusovitina, A.Dzyundzyak va E.Valiyevlar ishtirok etishdi. O.Chusovitina musobaqalarda ko‘pkurash finalida jahonning 100 nafar kuchli gimnastikachilari orasida 10-o‘rinni egalladi. U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, treneri S.M.Kuznetsova esa O‘zbekiston Respublikasi fahriy yorlig‘i bilan taqdirlanishdi. 1994-yilda Xirosimada
Download 16.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling