O‘zbekistonda gimnastikaning rivojlanishi har bir davlat va jamiyat jismoniy madaniyatning umumiy tarixi bo‘yicha aynan o‘ziga xos bo‘lgan an’analarga egadir
Download 16.62 Kb.
|
Гимнастика тарихи
(Yaponiya) o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida O.Chusovitina sakrash va bruslarda bajariladigan mashqlarda 2 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. 1998-yilda Bangkokda o‘tkazilgan musobaqalarda Ye.Gordeeva, A.Dzyundzyak V.Boyatanova, S.Babayeva, S.Baxritdinova va O.Chusovitina kabi mahoratli gimnastikachi qizlar ishtirok etishdi. Respublikamizdagi sport murabbiylari malakasini oshirish maqsadida, 1998-yil sentabrda Toshkentda O‘zbekiston milliy tashkiliy qo‘mitasi tomonidan xalqaro toifadagi gimnastikachilarni tayyorlash mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston MOQ prezidenti S.Ro‘ziyev, O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasining texnik qo‘mita raisi S.Kuznetsova va boshqalar ma’ruzaga chiqdilar. Seminar yakunida uning ishtirokchilariga XOQ raisi Xuan Antonio Samaranch imzosi qo‘yilgan sertifikatlar topshirildi. Bundan tashqari gimnastikaning aktual masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalar muntazam ravishda o‘tkazib turiladi.
2001 yilning eng sara gimnastikachilari: A.Ochilova - sport ustasi dasturi bo‘yicha 1-o‘rin, A.Ninkova – sport ustasi nomzodi dasturi bo‘yicha 1-o‘rin, Yu.Agafonova - 1-o‘rin, 2004-yilgi Olimpiya rezervi qatoridan ayollar orasida V.Ochilova, N.Almatova, F.Xo‘jayeva, A.Kambekova, R.Nasibulina, A.Habibraxmonova, E.Valiyev, A.Markelova, A.Fokin, A.Karimjonov, R.Asilov, K.Xusanov va I.Raxmatov kabi sportchilar o‘rin olgan. O‘zbekiston gimnastikachilari barcha xalqaro musobaqalarda mustaqil ravishda ishtirok etishmoqda. Shu tariqa O‘zbekiston gimnastikachilari xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar. Bu esa katta masuliyat hisoblanadi. O‘zbekistonda Gimnastika Federatsiyasi 60 yildan ortiq vaqt davomida SSSR gimnastika federatsiyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi munosabati bilan sport gimnastikasi mustaqil federatsiya sifatida qayd etilgan. Xuddi shu yili Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi (FIJ) a’zoligiga qabul qilingan. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki Barselonadagi V-Olimpiya o‘yinlarida MDH terma jamoasi tarkibida O‘zbekistonlik 2 ta gimnastikachi qiz ishtirok etib, Mustaqil O‘zbekiston uchun dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdilar. 1993-yildan boshlab O‘zbekiston sport vakillari barcha xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, O.Chusovitina 1993-yilda jahon chempionatida, 1994-yilda “Yaxshi niyat o‘yinlari”da va Osiyo o‘yinlarida bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Hammasi bo‘lib bu mohir sportchi 15 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 1994-yilda O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasi Osiyo Gmnastika Assotsiatsiyasiga a’zo sifatida qabul qilingan. 1995-yil Respublika terma jamoasi Sabamda o‘tkazilgan jahon chempionatida birinchi bor ishtirok etib 17-o‘rinni egalladi va Atlantada Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan. 1996-yil sport gimnastikasining 3 vakili Atlantadagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdi – O.Chusovitina 10-o‘rin, A.Dzyundzyak finalga chiqdi va I.Valiyev ishtirokchi. 1997-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan davr ichida terma jamoa – 1997-yilgi jahon chempionatida Download 16.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling