Mantiqiy savol
O’zbekistonda ijro hokimiyatining tutgan o’rnini ko’rsatib bering . Uni huquqiy nuqtai nazardan muhokama qiling.
Javob:
Ijro etuvchi hokimiyat – davlat hokimiyatining mustaqil tarmog’i bo’lib, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlarining qarorlari, joriy qonunlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarining ijrosini va ularning nazoratini ta’minlab, ularga asoslanib boshqaruv vazifalarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi. Bu tizim qonun chiqaruvchi hokimiyatdan farqli ravishda yuqori va mahalliy organlar tizimidan iborat va iyerarxik tarzda pastdan yuqoriga qarab amal qilinadi. Ko’pchilik mamlakatlarda ijro hokimiyati Prezident tomonidan yoki bosh vazir boshchiligidagi hukumatning o’zi tomonidan, ba’zi paytlarda bu ikki organ tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. Hukumat yuqori ijro organidir.
O’zbekiston Respublikasining oliy ijro etuvchi va boshqaruvchi hokimiyati – bu Vazirlar Mahkamasi. U yuqori ijro organi bo’lganligi sababli, mamlakatning hukumatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |