“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli
2.2 Maktabgacha ta‟lim vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta‟lim muasssalarini tashkil etish mexanizmlari ―Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‗liga o‗tmoqdamiz. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‗lsak, uni aynan innovatsion g‗oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak‖. 12 O‗zbekistonda maktabgacha ta‘lim tiziminidagi islohotlarni rivojlantirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha ta‘lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‗yicha ko‗rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‗ishlab o‗tkazgan videoselektorida bog‗cha erlaridan foydalanmoqchi bo‗lgan ―xomxayol‖ tadbirkorlarni tanqid ostiga olindi. Jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‗chalar tarmog‗ini kengaytirish masalasini ko‗rib chiqiish asosida hududlarga biriktirilgan tijorat banklari va tadbirkorlar tomonidan 2018 yilda jami 222 ming nafar bolaga mo‗ljallangan 3 mingdan ziyod nodavlat bolalar bog‗chasini tashkil etish rejalashtirilib, shundan 1 ming 200 tasi yangi quriladigan binoda, 1 ming 360 tasi mavjud binolarda va 470 tasi uy bog‗chasi sifatida tashkil etilishi ko‗zda tutildi. SHu bois Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarga ishlamay turgan bog‗chalarni berish, binoni ta‘mirlab va jihozlab ishlatish vazifasini qo‗yish zarurligi, xususiy bog‗cha uchun yaxshi joydan er, bino va imtiyozli kredit olib, qurilgan yoki ta‘mirlangan binodan 1-2 yildan keyin boshqa maqsadda foydalanaman, degan ―xomxayol‖ bilan yurgan ―qo‗shtirnoq ichidagi tadbirkorlar‖ ham bor, deb, shu sababli hokimliklar xususiy bog‗chalar uchun er 12 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасидан 22.12.2017й. va bino ajratish, banklar esa kredit berish to‗g‗risidagi o‗z qarorlarida bunday binolardan kamida 15-20 yil davomida bog‗cha sifatida foydalanish zarurligi to‗g‗risidagi shartlarni nazarda tutish kerakligini ta‘kidlab o‗tildi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling