O‘zbekistonda ilk o‘rta asrlar davlatchiligi tarixi


Download 29.21 Kb.
bet5/7
Sana04.04.2023
Hajmi29.21 Kb.
#1328457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
birinchi ma\'ruza (1)

buxorxudotlar boshchiligida yashay boshladi . So‘g‘dda aholi juda gavjum yashardi. So‘g‘diylar xunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog‘dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edilar. Darg‘om, Naxripoy, Xarkon kabi yirik anhorlardan sug‘orilgan So‘g‘d yerlari juda xosildor edi. Sug‘orma dehqonchilik rivoj topgan bu diyorda g‘alladan tashqari, paxta va sholi ekilardi. Uning paxtasidan to‘qilgan surp va bo‘z matolaridan faqat so‘g‘diylargina emas, balki butun dasht aholisi kiyinardi. So‘g‘dning sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan, Samarqandning zarg‘aldoq shaftolisi Xitoy poytaxtida «Samarqandning oltin shaftolisi» nomi bilan dong‘i ketgan edi. Chorvachilikda mayda va yirik shoxli hayvonlar bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa So‘g‘dning xisori ko‘ylari va tulporlari juda mashhur edi. Buxoro, Kesh va Maymurg‘ yaylovlaridan uyur-uyur yilqilar muttasil Xitoyga xaydab borilardi.
Toxariston davlati. Toxariston hozirgi Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashgan. Bu mustaqil davlat Xuttalon, Chag‘oniyon, Termiz, Badaxshon, Kabodiyon, Vaxsh, Shuman, Shug‘non, Vaxon kabi 27 ta tog‘liva tog‘oldi viloyatlarini birlashtirgan. Ular har birining o‘z xokimi va chokarlari bo‘lgan. Masalan, Chag‘oniyon viloyatining xokimi «chag‘onxudot», Termizning xukmdori «termizshox», Xuttalonniki – «malik» yoki «sheri xuttalon» deb yuritilardi. Mahalliy xukmdorlarning eng kuchli va nufuzlisi Xuttalon, Shuman, Kabodiyon, Shug‘non va Vaxon viloyatlarining xokimlari bo‘lib, ular harbiy kuchlar zarur paytlarda 50 mingtagacha chokar to‘play olardilar. Toxariston avval eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligi tomonidan bo‘ysundiriladi. Manbalarda ta’rif etilishicha, VII—VIII asrlarda Toxariston aholisining yarmi maxalliy, yarmi esa turklar bo‘lgan. Uning bir qismi toxar, ikkinchisi turk, uchinchisi esa mahalliy tilda so‘zlashgan. Podshox, zodagonlar va fuqarolar budda diniga sig‘inganlar, qator ibodatxonalar va koxinlar bo‘lgan. 25 harfli yozuvi kundalangiga chapdan o‘ngga qarab bitilgan. Aholisiip va ipak matolardan kiyingan. Tog‘liklari po‘stin va jun chakmon kiyishgan. Erkaklar soch va soqollarini qirtishlab, ayollari esa uzun soch qo‘yib yurishgan.
Toxariston noyob tabiiy boyliklarga serob edi. U yerda qadimdan konchilik taraqqiy topgan. Birgina Badaxshonning o‘zidan la’l, lojuvard, aqiq kabi qimmatbaho toshlar va oltin, temir va jez kovlab olingan. Serjilo toshlar va ma’danlar zargarlik, chilangarlik va temirchilikda ishlatilgan. Bu o‘lkada ayniqsa kurolsozlik yuksalgan zdi. Chokarlar kamon, gurzi, chuqmor, xanjar va shamshir bilan qurollangan. Ularning qo‘lida ajoyib to‘qima Balx sovutlari bo‘lardi. Toxaristonda shishasozlik ham ancha rivoj topgan edi. Rangdor shishalardan surmadonlar, marjon va munchoqlardan tashqari xilma-xil shisha buyumlar yasalgan. VIII asr boshlarida Toxaristondan Xitoyga olib chiqilgan qizil va zumrad rangli shishalar xitoyliklarni lol qoldirgan.
Toxaristonda ayniksa to‘qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun va ipakdan rangli, guldor va yo‘l-yo‘l matolar to‘qilgan. Qimmatbaxo ipak va jun matolardan asosan zodagon dehqonlaru xukmdorlar kiyinishgan.
Xullas, Toxariston mustaqil ilk feodal davlatlar qatorida tursa ham, lekin hali bir oz bo‘lsa-da, markazlashmagan edi. Chunki uning hap bir viloyati o‘zining vorisiy sulolasiga mansub xokimlari tomonidan boshqarilgan. Ular alohida-alohida mayda davlatchalarni eslatardi. Hatto ularning har biri o‘zga yurtlarga elchilar yuborardi. Shunday qilib, Toxariston ilk o‘rta asrlardatashkil topgan mayda davlatchalar konfederatsiyasini tashkil etardi.

Download 29.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling