O`zbekistonda ilk o`rta asrlar davlatchiligi tarixi


Download 41.63 Kb.
bet2/2
Sana24.11.2023
Hajmi41.63 Kb.
#1796798
1   2
Bog'liq


ASHINALIYLAR: VI asrning boshlariga kelib Oltoyning janubiy viloyatlarida siyosiy munosabatlar jarayonining faollashishi yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Xitoy manbalariga ko‘ra, bunda haya qiluvchi o‘rinni Ashina sulolasi namoyandalari egallaganlar. Bu davrda mintaqadagi siyosiy manzarani to‘liq, tasavvur qilish uchun quyidagilarni eslash kifoya bo‘ladi. SHarqiy Tur-kiston, Farg‘ona, So‘g‘diyona, Xorazm, Baqtriya, SHimoliy Hindiston va SHarqiy eronni o‘z ichiga olgan hududda eftaliylar, hozirgi Mo‘g‘iliston va qisman SHimoliy Xitoy ustidan esa Jujan xonligi hukmronlik qilib kelardi. Aytilganidek, Oltoyning janubiy tomonida Ashina sulolasi xatti-harakatlari tufayli siyosiy jarayon yuksalish yo‘liga kiradi. Bundan tashqari zamonaviy tushunchadagi Xitoyning shimoliy qismida Vey (YUan-Vey) sulolasi (386—558) hukmdorlik qilar va bu xonadonning asli chiqib kelishi esa turkiy negiz bilan bog‘liq, edi. Demak, VI asr boshlarida Kas­piy dengizidan Uzoq SHarqgacha bo‘lgan katta hududud hayoti ko‘pdan-ko‘p turkiy tilli sulolalar faoliyati bilan bog‘liq, bo‘lgan.
Muganxon va uning avlodlari harbiy yutuqlarni davom ettira borib, yuqorida aytilganidek, Qora dengizdan Tinch okeangacha bo‘lgan ulkan hduddagi saltanatga asos solishga erishadilar. Lekin shu bilan birga qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra (masalan, saltanat maydonining haddan tatsshari kattaligi va uni boshqarishdagi murakkabliklar, tadbirkor, donishmand hukumdorlarning nisbatan kam bo‘lishi, Vi­zantiya, eron, Xitoy kabi qudratli davlatlar bilan doimiy raqobat va hokazo), avvaliga (VI asr oxiri) saltanat g‘arbiy va sharqiy xoqonliklarga bo‘linib, birinchisi VII asrning ikkinchi yarmida, ikkinchisi esa VIII asrda batamom barbod bo‘ladi.
Endi ashinaliylar hukmronligi yillaridagi boshqaruv masalasiga to‘xtalib o‘tsak, butun saltanat ustidan oliy hukmronlikni xoqon olib borgan. YUqorida zikr etilgan g‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘linishdan so‘ng har ikki tomon o‘z hoqoniga ega bo‘lgan. Hoqon aslida turkiy qag‘on unvonining arabiy jaranglashidan hosil bo‘lgan, Hoqonlik, ya’ni oliy hukumdorlik merosiy hisoblangan. Taxt otadan bolaga o‘tsin, qabilidagi qat’iy tartib bo‘lmagan. Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar bilan tanishish shu xulosaga olib keladi-ki, oliy hukmdorlik otadan bolaga, akadan ukaga yo
bo‘lmasa, manba tili bilan aytganda, biron-bir «qarindosh»ga nasib etishi mumkin bo‘lgan1. Bundan tashqari shunday hollar ham bo‘lganki, taxt sohibini «ulus oqsoqollari» tayinlagan. Hoqonni taxtga o‘tqazish marosimining aniq bir tartiblar silsilasi va doirasida amalga oshirilishi bu tadbirning uzoq vaqtdan beri qo‘llanib kelayotganidan dalolat beradi. Marosim esa quyidagicha kechgan: yirik amaldorlar taxt vorisini kigizga o‘tqazib, kuyosh harakati asosida, ya’ni sharqdan g‘arbga tomon to‘qqiz marta doira bo‘ylab aylantirganlar. To‘qqiz soni turkiy tilli xalqlarda aziz hisoblanadi. Har bir aylanishda marosimda ishtirok etuvchilar hoqonga ta’zim qilganlar va bu bilan o‘z itoatkorliklarini anglatganlar. SHundan so‘ng uni otga mindirib bo‘yni o‘zra ipak mato tashlab qattiq, siqqanlaru darhol bo‘shatib, undan necha yil hukumdor bo‘lishi haqida so‘raganlar. Aftidan, bu savol va u bilan bog‘liq, tadbir hukumdorning qat’iyligi, irodasi va jismoniy imkoniyatlarini sinash niyati bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Ashinaliylar davri o‘lkamiz boshqaruvi hakdda so‘z ketganda, ikki jihatga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, mamlakatimiz ham tobe bo‘lgan umuman Hoqonlikning boshqaruv tizimi va, ikkinchidan, mahalliy (an’anaviy) boshqaruv uslubining saqlanganligi. SHu ma’noda xitoylik mualliflarning quyidagi guvohliklari diqqatga sazovardir: «(G‘arbiy hoqonlikda) sifayan va xunda (mansabidagi) amaldorlar davlat ishlarini boshqarganlar; qolganlar esa (ya’ni qolgan mansabu martabalar) xuddi sharqiy mulklardagidek (ya’ni sharqiy xoqonlikdagidek)».
SHarqiy hoqonlikdagi mazkur masala xususida yana xitoy manbalariga murojaat qilamiz: «Oliy martaba­lar orasida eng ulug‘i shexu (jabg‘u), keyin dele, uchinchisi esa silifa, to‘rtinchisi tumafa, (dolgan) kichikroq darajadagi mansablarda 20 kishi band; ularning hammalarining mansablari merosiydir... kuriqchilarni esa fuli (ya’ni buri) deb ataydilar».
Qadimgi turkiy va xitoy manbalarida uchraydigan mansablardan shad (sha) va tutunni ko‘rsatish mumkin.
Jamiyag hayotini idora etishda ma’lum bir huquqiy usullarning mavjudlish shu jamiyagdagi madaniy-ma’naviy ahvol, ijtimoiy adolat darajasidan dalolag beradi. SHu ma’noda garIXiy-madaniy garadkhyogimiz uchun an’anaviy bo‘lmish qonunchilikning tuzukchiliq shakli o‘sha qadim zamonlardayoq ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topganligini aytib o‘tish lozim. Masalan, xitoy Tarixchisi So‘g‘diyona haqida so‘z yuritar ekan, boshqa masalalar qatori quyidagilarni ham kelgirib o‘tadi: «Ibodatxonada muxofazad guradigan turkiy tuzuklar (majmuaasi) bor. (Biron-bir) jazoni belgilashda ushbu tuzuklar (majmuasini) olib, unga asoslangan holda xukm chiqaradilar». Turkiy tuzuklar yo turolar mavjudligini biz tug‘ridan-tug‘ri qadimgi turkiy bitiklardan ham bilib olishimiz mumkin (Turk turosi, el turosi). CHunonchi, tuzuklarda quyidagi jazo normalari belgilanganligini aytib o‘tash mumkin: eng og‘ir jinoyat sodir qilinganda jinoyatchi butun urug‘-aymog‘i bilan qirib yuborilgan. Aftidan, isyonchi va sotqinlarga nisbatan shunday jazo qo‘llanilgan. Birovni o‘ldirgani, erlik xotin bilan buzuqlik qilgani, adashgan otni suiste’mol qilib olgani uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilgan. Agar birovga lat etkazilsa buyum yo boshqa biron-bir mol-mulk bilan tovon to‘langan. Tuzukchilik amaliy hayot bilan chambarchas ravishda shakllanib borganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, masalan, jinoyatchi biron kimsaning ko‘ziga ziyon etkazgan taqdirda, u holda belgilangan javobgarlikka ko‘ra ayblanuvchi jabrlanganga o‘z qizini, qizi bo‘lmasa ayolining mol-mulkini berishi shart qilib qo‘yilgan. Xullas, jamiyat va davlatni qonunlar asosida boshqarish an’anasi o‘z davriga xos ravishda davom etgan.
Ashinaliylar davrida o‘lkaning dehqonchilik, hunarmandchilik, quruvchiliq, savdo-sotiq, konchilik kabi sohalardagi taraqqiyoti to‘xtamagan. Buning sababi tushunarli, albatta. CHunki mamlakatimizning tabIIy, jo‘g‘rofiy, ko‘p asrlik tajribaviy imkoniyatlari nechog‘lik, bo‘lgani ham ma’lum. SHuning uchun yozma manbalarda, arxeologik kazishmalar natijalari orqali Farg‘ona, So‘g‘diyona, Xorazm, Baqtriya (Tohariston) kabi viloyatlarda dehqonchilikning barcha turlariga oid qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish mumkin. Dehqonlar mavjud suv resurslari hamda lalmikor erlar imkonlardan foydalanib bug‘doy, arpa, sholi, mosh, tariq, Nuhot, qovun, tarvuz kabi o‘simliklardan yuqori hosil olganlar. Paxtachiliq, pillachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik kabi sohalar ham o‘tgan asrlar kabi munosib darajada o‘sib borganini o‘rta asr Tarixchilari kayd etib o‘tganlar. Masalan, bir erda o‘lkada etishtiriladigan paxtaning yuqori sifat darajasi ta’kidlansa, boshqa bir erda uzumchilik, xususan, vinochilik borasidagi mirishkorlar tajribasiga an’anaviy bo‘lib qolgan tahsinlar o‘qiladi. Bog‘dorchiliqka ham munosabat xuddi shu qabilda. SHaftoli, o‘rik, olchaning bir necha turlari, yong‘oq, pista, bodom va boshqa qator meva navlaridan ham sifatli, ham yuqori hosil olingan yo manba tili bilan aytganda «(mevali) daraxtlar savlat to‘kib turgan». CHunonchi, ajnabiylarni Samarqandning «tilla shaftolisi» lol qoldirgani ma’lum5. SHifobaxsh o‘simliklardan ham keng foydalanilgan.
Siyosiy, iqtisodiy-savdo, xalqaro munosabatlarning yuksak saviyaga ko‘tarilishi mintaqa madaniy-ma’naviy hayotining yanada boyishiga sabab bo‘lishi muqarrar edi. Buni arxeologlar olib borgan tadqiqotlar natijalari misolida ham ko‘rish mumkin. Xorazm, So‘g‘diyona, Tohariston kabi tarixiy makonlarda olib borilgan khazishmalar kurilayotgan davrda haykaltaroshlik, o‘ymakorlik, ganjkorlik, naqqoshlik borasidagi yuksak san’at darajasidagi tadbirlar amalga oshirilganini yaqqol ko‘rsatib bergan.
YOzma manbalar, devoriy suratlar bu vaqtda o‘lkamizda musiqashunoslik, raqqoslik, teatrshunoslik kabi san’at sohalari rivojlanib borganini tasdiqlashi mumkin. Bu, albatta, ilgarigi asrlardan buyon davom etib kelayotgan an’analarning davomi hisoblanadi. «Katta va kichik chirmanda, besh torli ud, dumbira, nay, turli ruboblar» kabi o‘nlab musiqa asboblari-ning nomlarini keltirish mumkin. Raqqoslarning mahorati shu darajada yuksak bo‘lganki, hatto xorijiy davlatlarda, masalan, Xitoy saroylarida ham ularni g‘oyatda qadrlaganlar. CHunonchi, o‘lkamiz qo‘g‘irchoq teatri ustalarining san’ati xitoyliklarni lol qoldirib, qo‘g‘irchok, teatri Xitoyga bizning madaniyatimiz namunasi sifatida kirib borgani ham ma’lum6. Ajdodlarimizning ushbu davrdagi hayotlari qanchalik rang-barang kechganligi dalili sifatida o‘sha yillarda mavjud xat-yozuvlar haqida ham bir og‘iz to‘xtalib o‘tsa bo‘ladi. Xususan, aholi orasida turkiy, so‘g‘dcha, xorazmcha, buxorocha yozuvlar keng tarqalgan. SHunga o‘xshash har xillikni diniy e’tiqodlar borasida ham uchratish mumkin: otashparastlik, buddaparastlik, nasroniylik, tabiat kuchlariga sig‘inish va hokazo.
VII asrning o‘rtalarida arablarning mamlakatimizga tahdidi jiddiy tus oldi. Sosoniylardan bo‘lmish YAzdigar III ni quvib kelgan arablar 651 yili Marvni egallaydilar. SHundan keyingi 60 yildan ortiq vaq mobaynida ular mintaqaning boshqa yirik markazlarini ham bosib olishga harakat qiladilar. Faqat VIII asrning boshlariga kelibgina arablar birin-ketin Xorazm, Buxoro, Samarqand, SHosh va Farg‘ona kabi erlarni buysundira oldilar1. Albatta, arablarning mazkur muvaffaqqyati yurtimiz shahar-qshloqlarini talash, Vatan himoyasiga otlanganlarni qirish, asrlar davomida yaratib kelingan turli va ko‘plab madaniy-ma’naviy obidalarni (yozma manbalar, ibodatxonalar va xokazo) yakson qilish orqali amalga oshirilgan edi. CHunonchi, arablarning Xorazmga bosqnini ta’riflab Abu Rayxon Beruniy shunday yozgandi: «(arab lashkarboshisi) Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ular-ning xabar va rivoyatlarini (ya’ni tarixini — A. 3.) o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni xalok etib, butqo‘l yo‘q, qilib yuborgan edi»2. SHu tariqa o‘lkamiz milodiy 1-mingyillikda ilk bor tashqi tajovo‘zkor domiga tushib, evdi Arab xalifaligiga qaram bo‘lib qoldi. Demak, siyosiy mustaqillik, o‘z yurtida davlatni boshqarish erki yo‘qoldi.
Islom ta’limoti asosida mafko‘raviy jihatdan jamiyatda bir butunlikka erishilganini xisobga olmaganda bu galgi erkni yuqotish ham ajdodlarimiz uchun qimmatga tushdi. Madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan ancha orqda bo‘lgan arablarning o‘zoq asrlardan beri har taraflama obod va farovon o‘lkaga munosabati bun­dan kam yo ortiq bo‘lishi mumkin ham emasdi. SHu munosabat bilan ilmiy va boshqa doiralarda uchrab turadigan «o‘rta asr arab madaniyati (sivilizatsiyasi)» qabilidagi tushunchalardan (aslida esa tushunmovchiliqlardan) voz kechish payti keldi, deb o‘ylaymiz. Zero, yagona mafko‘ra va ma’lum davrgacha arab tili xukmronligini hisobga olmasa, bu davr fan va madaniyati mohiyat e’tibori bilan turonliklaru eronliklar sa’y-harakati ila jonlanib kelgan.



1 Karimov. SH., SHamsudtinov R. Vatan tarixi. T.: “O’qituvchi”, 1997. 114-bet

2 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: “SHarq”, 2001. 72-bet; Karimov. SH., SHamsudtinov R. Vatan tarixi. T.: “O’qituvchi”, 1997. 114-bet



3 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: “SHarq”, 2001. 72-bet. Karimov. SH., SHamsudtinov R. Vatan tarixi. T.: “O’qituvchi”, 1997. 114-bet

4 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: “SHarq”, 2001. 72-bet.



5 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: “SHarq”, 2001. 87-bet.

6 Batafsil kdrang: Razmenov M. O’zbek teatri (qadimgi zamonlardan XVIII asrga kedar), 1975, 152— 182-betlar.



Download 41.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling