O‘zbekistonda insin huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi Reja
Download 0.75 Mb.
|
O‘zbekistonda insin huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
birinchidan, O‘zbekiston fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurilishni o‘zini strategik bosh maqsadi sifatida e’lon qildi va davlat va jamiyat qurilishida, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy sohalarda ulkani yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi.
ikkinchidan, mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarining tobora chuqurlashib borayotganligi haqida bir qator ilmiy-nazariy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, tarixiy asarlar chop etildi va bu jarayon davom etmoqda. uchinchidan, mamlakatda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish amaliyoti va nazariyasini o‘rganish uchun barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek O‘zbekiston tarixi fanida ham ehtiyojlarning shakllanganligi va uni ustuvorlik kasb etganligi va bu muammolar va uning echimi Islom Karimov asarlarida va nutqlarida bayon etilganligi muhim o‘rin tutdi. to‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarini yanada chuqurlashib borish jarayonlarida turli muammolarni paydo bo‘lishi, ularning echimlarini topishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlar, yangi jamiyat qurish jarayonlarida xorijiy tajribalar va milliy an’analarni uyg‘unlashtirish talablari, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanish jarayonlarini ilmiytarixiy jihatlardan tadqiq etishga zaruriyatning paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. beshinchidan, Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish konsepsiyasining asosida tarixiy, milliy ma’naviy meros, xalqimizning asrlar davomida shakllangan axloq, odob, insonparvarlik an’analariga, qadriyatlariga, sharqona demokratiyaga asoslanishi turadi degan tarixiy-ilmiy yondashuv shakllanganligi va G‘arbdagi ba’zi siyosiy kuchlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni faqat salbiy nuqtai nazardan talqin qilishlarining asossizligini isbotlash, mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarini tobora chuqurlashib borayotganligini ilmiy tadqiq etish asosida ochib berish turadi. oltinchidan, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va yangi fuqarolik jamiyat qurish islohotlarini faqat rivojlangan mamlakatlarda shakllangan fuqarolik jamiyati, uning institutlarining kelib chiqishi va rivojlanishiga doir nazariyalar va an’analar asosida amalga oshirib bo‘lmasligi, bu sohadagi milliy qadriyatlar, an’analar va tajribalarni zamonaviy nazariyalar bilan uyg‘unlashtirish asnosidagina kuchli jamiyat qurishga erishish mumkinligi, buning uchun fuqarolik jamiyati qurishning milliy o‘ziga xos jihatlarini alohida tadqiq etishga nisbatan zaruriyatning oshib borayotganligi bilan belgilanadi. O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari - siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, parlamentning fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi o‘rni, demokratik saylovlar, ommaviy axborot vositalarining demokratik tamoyillar asosida rivojlanish jarayonlari, ma’rifiylik va dunyoviylikning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o‘rni beqiyosdir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling