O’zbekistonda inson huquqlari taminlanishi borasida mustaqilligimizning so’ngi yillarda amalga oshirilgan ishlar


Download 3.47 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi3.47 Kb.
#1749549
Bog'liq
shahzodbek tarix 9

O’zbekistonda inson huquqlari taminlanishi borasida mustaqilligimizning so’ngi yillarda amalga oshirilgan ishlar

O'zbekistonda inson huquqlarini rag'batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta'minlash sohasida aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda.

Amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o'zgartirmoqda. Jamiyatda «Yangi O'zbekistonni birgalikda barpo etamiz» degan ulug'vor maqsad shakllandi va «Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan yangi g'oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.

Inson huquqlari sohasida taraqqiyot

Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga bo'lgan ishonchini oshirish, «Xabeas korpus» institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.


Download 3.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling