O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi


-bob. Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish, bajarilishini monitoring qilish hamda moliyalashtirish mexanizmi


Download 106 Kb.
bet4/6
Sana18.11.2023
Hajmi106 Kb.
#1786057
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI

4-bob. Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish, bajarilishini monitoring qilish hamda moliyalashtirish mexanizmi
Milliy ta’lim dasturini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etadilar. Shuningdek, Milliy ta’lim dasturini amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya:
Milliy ta’lim dasturining barcha darajalarda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Milliy ta’lim dasturining ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida milliy va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etadi;
Milliy ta’lim dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish maqsadida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan muloqot o‘rnatish choralarini ko‘radi;
Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotni har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi.
Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Milliy komissiyaning ishchi organi — Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazga taqdim etadi.
Oliy Majlis palatalari vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har olti oyda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi.
Milliy ta’lim dasturining to‘liq va tizimli amalga oshirilishi seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar doirasida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi. Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida O‘zbekistonda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hamda ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tizimli ravishda xabardor qilib boriladi.
Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik doirasida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablag‘lari, grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar ham jalb qilinishi mumkin.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling